U. Masharipova, M. Umarova, D. Baynazarova ona TiLi


Download 2.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/90
Sana21.10.2023
Hajmi2.38 Mb.
#1714337
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   90
Bog'liq
ona tili 1 metodika

32-mashq. bu mashq multimedia ilova asosida amalga oshiriladi yoki qu-
yidagi usuldan foydalanish mumkin. 
«ona tabiat» mavzusida hikoya tuzish. o‘quvchilarga rasmni kuzatish va 
rasmdagi predmetlar nomini aytish topshirig‘i beriladi. 
Ular jilg‘a, jiyda, jayron, jar, jala kabi j tovushli va harfli so‘zlar aytadilar. 
o‘qituvchi rasm yuzasidan tayyorlagan savollari orqali uning mazmunini 
hikoya qildiradi, hikoyada bolalarning rasmdagi kichik detallarga ham ahamiyat 
berishlariga e’tibor qaratish lozim. Savollar va ularning javoblari taxminan 
quyidagicha bo‘lishi mumkin:
1. rasmda qayer tasvirlangan?
(Rasmda o‘rmondagi jar yoqasi tasvirlangan.)
2. tabiatning ko‘rinishi sizga yoqdimi? nima uchun yoqdi?
(Tabiatning ko‘rinishi yoqdi, hamma yoq yam-yashil.)
3. tabiat bizga nima beradi?
(Tabiat bizga hamma narsani beradi, suv, ovqat, kiyim-kechak.)
4. Siz ham shunday joylarda bo‘lganmisiz?
… .
5. kim shu rasmga qarab hikoya tuza oladi?
… .
Shundan so‘ng darslikdagi savollarga javob olinadi.
Rasmda ona tabiat tasvirlangan. Havo ochiq. Kun issiq. Yoqimli shabada 
esmoqda. Jilg‘a yoqasida jiyda daraxti o‘sib turibdi. Jar yon bag‘rida jayron 
o‘tlayapti.
Har bir tuzilgan gap doskaga yozib boriladi. o‘quvchilar daftarlariga 
yozadilar, j harfining tagiga chizadilar, bu tovushi ikki xil tovushni ifodalashini 
aytadilar. 
o‘quvchilar bilan quyidagicha suhbat o‘tkaziladi:
– Siz nima yozdingiz?
– Gaplar yozdik.
– nechta gap yozdingiz?
– Beshta.
– bu gaplaringiz mazmuni biri-biri bilan bog‘liqmi?
– Gaplarning mazmuni bir-biri bilan bog‘liq.
– Ular jamlanib nimani hosil qiladi?


38
– Matn yoki hikoyani.
– rasm asosida nima tuzdingiz?
– Hikoya tuzdik.
– Hikoyada nechta gap bor?
– …
– Hikoya nimalardan tuziladi?
– Gaplardan.

Download 2.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling