Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Rimda siyosiy kurashning keskinlashuvi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet236/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

4. Rimda siyosiy kurashning keskinlashuvi. Mil.avv. I asr-
da Italiyada ittifoqchilar urushi bo‘lib o‘tdi. Rimning italiyalik 
ittifoqchilari rimliklar bilan birga, harbiy xizmatning barcha 
majburiyatlarini o‘tab, bundan hech qanday yengillik, foy-
da olmadilar. Provinsiyalarda shaharlarning katta qismi ma-
halliy ishlarda bir qism o‘z-o‘zini boshqarish huquqidan («sosi 
– ittifoqchilar») foydalanar edilar. Bunday shaharlar qatorida 
keng avtonomiyadan foydalanuvchi erkin shaharlar ham bor 
edi. Rim provinsiyalarini bunday boshqarishda «bo‘lib tashla 
va hukmronlik qil» («dividt et impera») siyosatidan foydalandi-
lar. Dehqonlar yerga egalik qilish kafolatlariga muhtoj edilar. 


518
Yersiz dehqonlar va qo‘shinda harbiy xizmat muddatini o‘tagan 
veteranlar yer ulushi olish, shahar plebey esa turli xayr-ehson, 
oziq-ovqat mahsulotlarini tekin olish ilinjida edilar. 
Italiya aholisining turli toifalari Rim fuqaroligiga ega bo‘lishga 
harakat qildilar. Respublikaning I asrlarida Rim davlat hokimi-
yati ittifoqchilarning ancha qismiga Rimga ko‘chib o‘tib, uning 
fuqarolari bo‘lish huquqini berdi. Vaqt o‘tishi bilan bunday im-
koniyatlar cheklandi. Rimning O‘rtayer dengizi davlatiga aylani-
shi bilan Italiya federatsiyasi kamroq rol o‘ynadi. Rimda Italiya 
aholisiga past nazar bilan qarash an’anasi kuchaydi. 
Xalq tribuni Appuley Saturnin mil.avv. 103-yilda rim aho-
lisiga favqulodda arzon narxlarda rim fuqarolariga davlat to-
monidan non sotish to‘g‘risidagi qonunni o‘tkazdi. Saturnin 
dasturida G.Mariy veteranlarini yer bilan ta’minlashni ham 
ko‘zda tutdi. Nobillarning qattiq qarshiligiga qaramay, Satur-
ninning agrar qonuni qabul qilindi. G.Mariy siyosiy hokimiyat-
ga erishish va yangi konsullikga saylanish uchun populyarlar-
ni qo‘llab-quvvatladi. Saturnin qonuni qabul qilingan bo‘lsa-da, 
uni amalga oshirish mumkin bo‘lmadi. Demokratik harakatning 
keng ko‘lamga aylanib ketishi suvoriylarni qo‘rqitib yubordi. Nati-
jada suvoriylar nobilitet bilan birlashdi. Mil.avv. 100-yildagi siyo-
siy kurash qurolli to‘qnashuvga aylanib ketdi. G.Mariy ham nobil-
lar tomoniga o‘tdi va senatdan favqulodda vakolatlar olib, qo‘zg‘o-
lonni bostirdi. Saturnin agrar qonuni mayda va katta yer egaligi 
o‘rtasidagi kurashning yangi bosqichi bo‘ldi. 
Italiyadagi vaziyat juda keskin edi. Yetarlicha siyosiy 
tajriba ga ega bo‘lgan nobillarning ba’zi bir vakillari faqat o‘z 
vaqtida o‘tkarilgan islohotlar norozilikni oldini olishi mum-
kin deb hisob lar edilar. Bu islohotlarni o‘tkazish tashabbusi 
bilan mil.avv. 91-yilda xalq tribuni lavozimiga saylangan op-
timat Kichik Liviy Druz chiqdi. U Rim fuqarolari va italiya-
liklarning keng qatlamlariga suyangan holda senat obro‘ini 
mustahkam lash, shu bilan bir vaqtda kuchayib ketayotgan 
suvoriylarni zaifl ashtirish maqsadini ko‘zladi. U bir necha 
qonun loyihalarini taklif qildi: 
1. Barcha italiyaliklarga fuqarolik huquqini berish. 
2. Kampaniya va Sitsiliyadagi hali taqsimlanmagan jamoa yer -
lari da Rim fuqarolari koloniyalarini tashkil qilish. 
3. Senatorlarning sud komisiyasiga provinsiya noiblari suiis- 
te’mollari to‘g‘risidagi ishlarni berish, shu bilan birga, se natni 300 
suvoriy bilan to‘ldirish.


519
4. Eng kambag‘al fuqarolarga arzon non sotishni ko‘paytirish. 
Birinchi qonun loyihasi keskin qarshilikka uchradi. Ittifoq-
chilar to‘g‘risidagi masala muhokama qilinadigan xalq ken-
gashidan bir kun oldin Liviy Druz o‘ldirildi.
Liviy Druzning o‘ldirilganligi, uning qonun loyihasi rad etil-
ganligi haqidagi xabar Rimga qarshi ittifoqchilarning urushini 
keltirib chiqardi (mil.avv. 91– 88-yillar). Katta yer egaligining 
o‘sishi Italiya aholisi foydalanib kelgan yerlarni okkupatsiya 
qilinishiga olib keldi. Italiya aholisi rim fuqaroligini olish uchun 
kurashdi. Rim bu urushga bor kuchini to‘pladi. Eng yaxshi 
sarkardalar Gay Mariy, Lutsiy Korneliy Sulla, Litsiniy Krass 
va hatto ozod qullar ham qo‘shinga safarbar qilindi. Urush 
davomida rimliklar yon berishga majbur bo‘ldilar. Rim fuqa-
roligini barcha italiyaliklarga va Rimga sodiq qolgan etrusk va 
umbrlarga berish to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi. Keyin esa 
ikki oy davomida qurolini topshiradigan qozg‘olonchi ittifoqchi-
larga ham fuqarolik va’da qilindi. Faqat shundan keyingina 
qo‘zg‘olonchilar o‘rtasida ajralish boshlandi. Urushni oxiriga-
cha davom ettirmoqchi bo‘lgan mars va boshqa qabilalarning 
shahar va qishloqlari kultepaga aylantirildi. Ittifoqchilar urushi 
qator muammolarni hal qildi. Urush quyidagi asosiy natijalar 
bilan tugadi: 
- Rim rasmiy jihatdan ham jamoa-davlat sifatida yashashni 
to‘xtatdi;
- Ittifoqchi jamoalar mahalliy o‘z-o‘zini boshqaruvini saqlab 
qolgan yagona davlat tarkibiga kirgan shahar-munisipiylarga 
aylandi;
- Munisipiylar ichki qurilishda Rim tartiblarini o‘zlashtira 
oldilar. O‘z-o‘zini boshqaruvning bosh organi xalq yig‘ini say-
lagan sobiq magistrantlar, 100 dekurionlardan saylangan se-
nat (kuriya) edi. Senat a’zolari, odatda, boy shaharliklar, o‘rta 
yer egalari – quldorlar edi;
- Italiyani Rim fuqaroligi bilan yagona davlatga birlashuvidan 
birinchi navbatda, boy italiyaliklar foyda ko‘rdilar. Jumladan, 
dekurionlar toifasi shu vaqtdan boshlab hukmron sinfning iqti-
sodiy va siyosiy jihatdan kuchli guruhi sifatida o‘rin egallay 
boshladi;
- Italiya iqtisodiyotida quldorlik munosabatlari jamoalararo 
doiradan chiqib, yanada jadal rivojlana boshladi;
- Asosan yersizlikdan azob chekkan Italiya dehqonlari vete-
ranlar sifatida provinsiya yerlarini egallash imkoniga ega bo‘l-


520
dilar. Provinsiyalarda italiyalik savdogarlar, sudxo‘rlar, ija-
rachilar hamda hunarmandlar keng faoliyat ko‘rsata boshladi-
lar. Eng kambag‘al italiyaliklar legionerlar va davlat yordamini 
oladigan Rim yo‘qsillari safini to‘ldirdilar.
Rim fuqarolari sonini 400 mingdan ikki milliongacha o‘sishi 
ijtimoiy-toifaviy ziddiyatlarni tugatmadi, balki yanada kuchay-
tirdi. Ittifoqchilar urushida rimliklarning g‘alabasi juda qim-
matga tushdi. Italiya shahar va qishloqlari vayron qilindi. Juda 
ko‘p qurbonliklar berildi. Iqtisodiy tushkunlik boshlanib, pul 
qadrsizlandi. Iqtisodiyotdagi tushkunlik rim jamiyatida ijtimoiy 
ziddiyatlarni keskinlashuvi bilan birga bordi. Tashqi siyosat-
da bu vaqtda jiddiy muammolar tug‘ildi. Rim respublikasi-
ning og‘ir vaziyatidan foydalangan Pont podshosi Mitridat VI 
Yevpator Rimning Osiyodagi provinsiyalariga bostirib kirdi. Mil.
avv. 88-yilda Rim respublikasi chuqur ijtimoiy-siyosiy tanglik 
va qonli tashqi urushlar davriga kirdi. Oqibatda, Respublika 
tizimi zaiflashdi, demokratik tuzumdan mutlaq hokimiyat to-
moniga jadal siljish boshlandi. Agrar masala, Italiya shaharla-
rining huquqsizligi, oddiy xalq-plebsning ahvolini yomonlashuvi 
hamda hukmron tabaqalar o‘rtasidagi kurash respublika tuzumi 
asoslarini zaiflashtirdi. Rim respublikasi o‘z halokati tomon jadal 
yurishni boshladi. 

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling