Uzbekiston Respublikasi Xalk ta`limi vazirligi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Geografiya kafedrasi


-Bob. Gidrosfera. Tabiatda suvning aylanma xarakati. Aeratsiya va suvga


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/13
Sana28.09.2017
Hajmi1.01 Mb.
#16641
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13

7-Bob. Gidrosfera. Tabiatda suvning aylanma xarakati. Aeratsiya va suvga 

tuyingan mintakalar tushunchasi. Tog jinslari tarkibida suvning turlari. Tog 

jinslarining suvli fizik xossalari

 

 



1-Ma`ruza  Gidrosfera. Tabiatda suvning taksimlanishi. Tabiatda suvning aylanma xarakati 

2-Ma`ruza  Aeratsiya va suvga tuyingan mintakalar tushunchasi 

3-Ma`ruza  Tog jinslarida suvning turlari 

4-Ma`ruza  Tog jinslarining suvli-fizik xususiyatlari 

Nazorat uchun savollar 

 

1-Mavzu. Gidrosfera. Tabiatda suvning taksimlanishi. Tabiatda suvning 



aylanma xarakati

 

Suv tabiatda eng kup tarkalgan modda xisoblanadi va u turli xil kurinishlarda va xolatlarda 



uchraydi.  Erkin  xolatdagi  suvlar  er  yuzasi  okimlarini  va  xavzalarini,  er  osti  suvlarining  asosiy 

kismini, kattik xolatdagi suvlar esa muzlik, kor katlamlarini tashkil kiladi. Atmosferada suvlar bug, 

suyuk va kattik xolatda uchraydi. 

Suvlarning kattagina kismi er pustida boglangan suvlar kurinishida, minerallarning tarkibiga 

kirgan  kimyoviy  jixatdan  boglangan  kurinishda  va  tog  jinsi  zarralarining  yuzasida  molekulyar 

tortish kuchlari bilan ushlanib turadigan mayda zarralar kurinishida uchraydi. 

er  yuzasining  deyarli  71%  maydoni  suv  katlamlari  bilan  koplangan.  Bu  katlam  okean, 

dengiz,  mintakaviy  suv  xavzalari  va  muzliklardan  tashkil  topadi.  Bu  katlam  er  pustining  yukori 

kismida  joylashgan  er  osti  suvlari  bilan  birgalikda  gidrosferani  xosil  kiladi.  Gidrosfera  suvlari  er 

pusti  va  atmosfera  oraligida  joylashgan  bulib,  akademik  V.I.  Vernadskiyning  ta`kidlashicha, 

tabiatdagi  barcha  suvlar  uzaro  uzviy  boglangan  yagona  tizimni  tashkil  kiladi.  Gidrosferaning 

yukorigi chegarasi xozirgi zamon tasavvurlariga  kura 8-17 kilometr er  yuzidan balandlikda, pastki 

chegarasi esa er pustining asosiga tugri keladi deb ajratish mumkin. Gidrosferaning ana shu kismida 

taxminan  2,3  mlrd.km3  suv  resurslari  mavjud.  Agar  bu  xajmdan  kimyoviy  boglangan  suvlarni 

e`tiborga  olmasak,  bugungi  kunda  erda  taxminan  1,39  mlrd.km3  suv  resurslari  mavjud.  Bu 

suvlarning  asosiy  kismi  97,5%  -  okean  va  dengizlarda  joylashgan,  fakat  2,5%  kismi  chuchuk 

suvlarga tugri keladi. 

Atmosferada  suvlar  kam  mikdorda  joylashgan  va  erdagi  suvlar  zaxirasining  0,001%  ini 

tashkil  kiladi.  Lyokin  bu  suvlarning  aylanma  xarakatdagi  axamiyati  juda  kattadir,  chunki 

atmosferadagi  jarayonlar  suv  buglarini  okeandan  mintakalarga  olib  kelinishida  xal  kiluvchi  omil 

xisoblanadi. 



Suvlar er yuzida uta notekis taksimlangan va ularning asosiy kismi shur suvlardir. Bu suvlar 

avval ta`kidlanganidek Dunyo okeani bilan boglik va er sharining uchdan ikki foiz yuzasini tashkil 

kiladi. 

Chuchuk  suv  zaxiralarining  asosiy  kismi  muzliklar  va  kor  katlamlariga  tuplangan  bulib, 

erdagi chuchuk suvlar zaxiralarining 70% ini tashkil kiladi

Kullarda  tuplangan  suvlarning  umumiy  zaxirasi  176000  km

3

  ni  tashkil  kiladi.  Taxminan 



uning  yarmi  minerallashgan  suvlardan  iborat. Daryo  uzanlariga  joylashgan  suvlarning  zaxirasi  2,1 

ming km


3

 ni tashkil kiladi va boshka suvlarga nisbatan eng kup ishlatiladigan suv resurslari turiga 

kiradi. 

er  pustida  suvlar  turli  xil  kurinishlarda  va  xolatlarda  ya`ni  erkin  va  boglangan 

kurinishlarda gaz, suyuk va kattik xolatlarda uchraydi. Ularni er pusti kesimidagi taksimlanishi tog 

jinslarining  govakligi,  yoriklari,  va  chukurliklarining  ortishi  bilan  uzgaradigan  termodinamik  va 

fizikaviy-kimyoviy sharoitlar bilan boglik. 

Oxirgi  yillarda  utkazilgan  xisoblarga  kura  er  gidrosferasidagi  suvlar  mikdori  taxminan  0,9 

mlrd.km

3

 dan iborat va Dunyo okeani suvlari zaxirasining uchdan ikki kismini tashkil kiladi. 



 

 

60



60

Dunyo  suvlari  zaxirasiga  bu  suvlardan  fakat  er  pusti  yukori  kismining  chukurligigacha 

joylashgan  23,4  mln.km

3

  er  osti  suvlari  xamda  abadiy  muzlik  mintakalariga  joylashgan  300  ming 



km

3

 er osti muzlari kiritiladi. 



er  osti  suvlari  zaxiralarining  asosiy  kismini-10,5  mln.km

3

  -  er  pustining  500-600  m 



chukurligida joylashgan chuchuk suvlar tashkil kiladi. erdagi chuchuk suv zaxiralarining uchdan bir 

kismi er osti suvlarini tashkil etadi. 



Tabiatda  suvning  aylanma  xarakati.  Kuyosh  energiyasining  va  ogirlik  kuchining 

ta`siridan  tabiatda  suvning  abadiy  aylanma  xarakati  sodir  bulib  turadi.  Xaroratning  kutarilishi 

natijasida  dengiz,  daryo,  kul,  kuruklik  yuzasidan  va  usimliklardan  suv  buglanib  atmosferaga  bug 

kurinishida kutariladi. Xavo massasining uz urnini uzgartirishi natijasida suv bugi uzok masofalarga 

olib  ketiladi  va  ma`lum  xaroratli  sharoitda  tomchi  kurinishiga  utadi  va  er  yuziga  yomgir  yoki  kor 

kurinishida yogadi. 

er yuzasiga tushgan yogin suvlarining bir kismi daryo, dengiz va okeanlarga kuyiladi, ozrok 

mikdori  usimliklarni  ozukalantirishga  sarf  buladi,  kisman  yogin  suvlari  tuprok  orkali  tog  jinsi 

katlamlariga sizib utadi va yana bir kismi esa atmosferaga buglanishi mumkin. 

   


 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



28-rasm. Tabiatda suvning aylanma xarakati 

 

Shunday kilib suvning aylanma xarakatida atmosfera, er usti va er osti suvlari katnashadi va 



bular er osti suvlari resurslarini xosil kilishda xal kiluvchi ta`sir utkazadi. 

er  tarixining  turli  davrlarida  yoginning,  buglanishning  va  okimlarning  mikdori  turlicha 

bulgan.  Xozirgi  vaktda  bu  jarayonning  urganilish  darajasiga  karab  tabiatda  suvning  aylanma 

xarakati  kichik,  katta  (tashki)  va  ichki  buladi  deb  xisoblanadi. Tabiatda  suvning  katta  aylanma 

xarakatida,  dengiz  yuzasidan  buglangan  suv  bugining  bir  kismi  xavo  okimi  bilan  kuruklikka  olib 

ketiladi,  ma`lum  bir  sharoitda  kuyuklashadi  va  kuruklik  yuzasiga  yogin  (kor,  yomgir)  kurinishida 

tushadi.  Yogin  suvlari  er  yuzida  er  osti  va  sirti  okimlarini  xosil  kiladi  va  okean,  dengizlarga 

kaytadan kuyiladi. 



Suvning  kichik  aylanma  xarakatida  okean  va  dengiz  yuzasidan  buglangan  suvlarning 

ma`lum  kismi  xavo  okimi  bilan  olib  ketilmaydi  va  shu  xavzalarining  yuzasiga  yomgir  va  kor 

kurinishida kaytib tushadi. 

Suvning ichki aylanma xarakati kuruklikda sodir buladi. Kuruklik yuzasidan, daryo, kul va 

usimliklardan buglangan suvlar, shu erning uziga yogin kurinishida tushadi. 

Bu  yoginlar  yangidan  turli  okimlarga  buglanishga  sarflanadi  va  suv  bugi  kuruklikka  yogin 

kurinishida  kaytadi  (yogadi).  Tabiatda  suvning  aylanma  xarakatining  mikdoriy  ifodasi  suv 

muvozanati deyiladi.  Okeanlar  yuzasidan  yil mobaynida 505000 km

3

 suv buglanadi. Uning  asosiy 



kismi (458000 km

3

) okeanlar yuzasiga yogin kurinishida kaytib tushadi, lekin 47000 km



3

 yoki 9,3% 

xavo  okimi  tarkibida  olib  ketiladi  va  kuruklikka  yomgir  va  korlar  kurinishida  yogadi  xamda 

kuruklikdagi  suv  resurslarini  xosil  kiladi.  Okeanlarga  bir  yil  mobaynida  daryo  okimi  kurinishida 

45000 km

3

, er osti suv okimi kurinishida deyarli 2200 km



3

 suv kelib kuyiladi.  



 

                                                                        6-jadval 

 

 

61



61

er sharida suv muvozanati 

Atmosfera 

yoginlari 

er osti va yuza 

suvlarining 

umumiy yigindisi 

Buglanish 

Maydon 


Maydon, 

km

2



 

mm 


ming km

3

  mm 



ming km

3

  mm 



ming km

3

 



Kuruklik 

149000 


800 

119 


315 

47 


485 

72 


Dunyo okeani 

361000 


1270 

458 


130 

47 


1400 

505 


er sharida 

510000 


1130 

577 


1130 



577 

 

 



2-Mavzu. Aeratsiya va suvga tuyingan mintakalar tushunchasi

  

er pustining yukori kismi suvning taksimlanishi buyicha ikki mintakaga: aeratsiya va suvga 



tuyingan mintakalarga bulinadi. 

Aeratsiya mintakasi er yuzasidan sizot suvining satxigacha bulgan mintakani uz ichiga oladi. 

Aeratsiya mintakasi tog jinslarining govaklari xavo, suv bugi mustaxkam va bush boglangan xamda 

kapillyar suvlar bilan tuldirilgan. 

Bu mintakada gravitatsion suvlar fakat korlarning jadal erishi davrida va yogingarchilik kup 

davrlarda xosil bulishi mumkin. 

Aeratsiya mintakasining kalinligi tog jinslarining litologik xususiyatiga, er yuzasining past-

balandligiga  va  iklim  sharoitiga  boglik.  Uning  kalinligi  bir  necha  santimetrdan  yuz  metrlargacha 

uzgarib turadi. 

er  osti  suvlari  aeratsiya  mintakasi  orkali  atmosfera  bilan  boglanadi.  Yomgir  va  kor  suvlari 

aeratsiya  mintakasi  orkali  sizib  utadi  va  er  osti  suvi  resurslarini  ozukalantiradi.  Kuruk  iklimli 

mintakalarda aeratsiya mintakasi orkali er osti suvlarining satxi 3 metrdan yakin joylashganda jadal 

buglanadi. 

er  usti  suvlarining  sizib  utish  tezligi  va  buglanishi,  aeratsiya  mintakasi  tuzilishiga, 

jinslarning litologik tarkibiga va joyning fizik-geografik sharoitiga boglik. 



Suvga  tuyingan  mintakaning  yukori  chegarasi  sizot  suvlari  satxidan  boshlanadi,  pastki 

chegarasi  esa  suvning  kritik  xaroratli  (374-450

0

S)  chukurligigacha  davom  etadi.  Vulkon  faoliyati 



xozirgi  davrda  faol  bulgan  ulkalarda  8-10  km  ni,  kembriy  davrigacha  bulgan  burmalanish 

viloyatlarida 30-35 km ga etishi mumkin. 

Bu  mintakadagi  tog  jinslari  bushliklari  va  govaklari  erkin  xolatdagi  va  boshka 

kurinishlardagi suvlar bilan tuldirilgan buladi. 

Shuning  uchun  bu  mintakada  suvli  katlamlar  joylashgan. er  osti  suvlarining  mikdoriy 

taksimlanishi buyicha er pustining yukori kismi ikki kavatga bulinadi.   Pastki kavat, zichligi yukori 

bulgan,  metamorfizatsiyaga  uchragan,  granit,  gneys  va  slanetslardan  tashkil  topadi.  er  osti  suvlari 

esa tog jinslarining yorik va darzlariga joylashgan buladi va mikdori chegaralangan buladi. 

Yukori kavat-chukindi tog jinsi katlamlaridan tashkil topadi va bu erda er osti suvi xavzalari 

joylashgan buladi. Agar asosiy suvli katlamlar joylashgan er pustining yukori kismi uchun tik kesim 

tuzilsa,  kesimda  er  osti  va  usti  suvlarining  boglanish  darajasi  buyicha  uchta  gidrodinamik 

mintakaga ajratish mumkin (29-rasm).  

Birinchi  mintakada  er  osti  va  usti  suvlari  uchun  faol  suv  almashinuvi  xarakterlidir.  Bu 

mintakada  er  osti  suvi  okimlari  daryo  tizimlari  tomon  yunalgan  buladi.  Yirik  daryolar,  kullar 

kisman dengizlar er osti suvlari uchun faol tabiiy zovur vazifasini utaydi. Birinchi mintakadagi suv 

resurslari  tabiatdagi  umumiy  suv  aylanishi  xarakatida  faol  katnashadi,  uzining  xarakatchanligi  va 

mikdorining vakt davomida tuldirib turishligi bilan fark kiladi. 

Ikkinchi  mintaka  suv  xavzasining  erozion  uyilmasi  chukurligidan  pastda  joylashadi.  Bu 

mintaka yirik daryo va kullarning er osti suvi okimlariga tabiiy zovur sifatidagi ta`siri juda kuchsiz 

bulishi bilan birinchi mintakadan fark kiladi. er osti suvi okimlarining yunalishi, tabiiy tezligi va er 


 

 

62



62

osti suv xavzasi mintakaviy drenalanish bazisining joylashgan urni bilan boglik. Bu mintaka uchun 

chukurlik ortishi bilan er osti suvlarining atmosfera yoginlari xisobiga ozukalanishi kamayib boradi. 

Bu mintakada tarkalgan er osti suvlarining minerallashishi yukori (10-20 g/l gacha) buladi. 

  

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

29-rasm.  er  osti  suvlarini  tik  gidrogeologik  mintakalarga  bulinish  tasviri 

1 - mintakaviy suvlarning satxi; 2 - tuprok katlami; 3 - suvli jinslar; 4 - suv utkazmaydigan jinslar; 5 

-  er  osti  suvining  yunalishi;  I-almashinuv  faol  er  osti  suv  okimi;  II  -  almashinuv  syokinlashgan  er 

osti suv okimi; III - almashinuv uta sekinlashgan er osti suvi okimi. 

   

Uchinchi  mintaka  tarkalgan  er  osti  suvlari  800-1000  metrdan  ortik  chukurlikda  joylashadi. 

er  osti  suvlarining  xarakat  yunalishi  okimning  mintakaviy  bazisi  (dengiz,  okean)  va  katta 

chukurlikda tarkalgan yirik katta tektonik yoriklar bilan boglik. er osti suvlarining okimi tezligi juda 

kichik 0,05-0,1 m orasida uzgarib turadi. Shuning uchun er osti suvlarining tabiiy resurslari deyarli 

tiklanib turmaydi. Suvlarning minerallashishi juda yukori buladi. 

 

3-Mavzu. Tog jinslarida suvning turlari

 

Tog jinslari turli kurinishdagi suvlarni uz ichiga oladi. Bu masalani birinchilardan bulib rus 



olimi A.F.Lebedev (1930 yil) tajribalar yordamida isbot kilgan va tog jinslarida bir-birlaridan fizik 

xossalari  bilan  fark  kiladigan  kuyidagi  suv  turlarini  ajratgan:  1)  suv  bugi;  2)  gigroskopik  suv;  3) 



parda suvi; 4) erkin suvlar; 5) kattik xolatdagi suvlar (30-rasm). 

Keyingi  vaktlarda  A.F.  Lebedevning  fikrlariga  tuzatishlar  va  anikliklar  kiritildi. Bug 

kurinishidagi  suv  odatda  tog  jinslarining  erkin  suvdan  bush  govak,  yoriklarini  tuldiradi  va  xarorat 

yukori  joydan  past  tomonga  yoki  namlik  darajasi  katta  erdan  namligi  kichik  tomonga  karab 

xarakatlanadi. 

Bug  kurinishidagi  suvlarning  xarakati  turli  yunalishlarda  tik  yoki  gorizontal-yunalgan 

buladi.  Tog  jinslariga  bug  kurinishidagi  suvlar  atmosferadan  kirishi  mumkin  yoki  tuprok  va  tog 

jinslaridagi suvlarning buglanishidan xosil buladi. 

Suv bugi, zarralarning yuzasi bilan tortilishi va boglangan xolatga utishi mumkin. Bu xodisa 

shuni  kursatadiki,  suv  molekulalari  elektr  toki  utkazmaydigan  jismlar  emas,  u  ikki  karama-karshi 

ishorali kutblarga ega bulgan jismlardir. 

Suv  bugining  adsorbtsiyasi  natijasida,  tog  jinslari  zarralari  yuzasiga  joylashgan  ionlar  suv 

molekulalarini uziga tortadi va natijada suv molekulalari boglangan xolatga utadi. 

Bug  kurinishidagi  suvlar  usimlikni  ozukalanishida  katnashmaydi. Mustaxkam  boglangan 



yoki  gigroskopik  suvlar  zarralarning  yuzasida  juda  yupka  parda  kurinishida  va  katta  bosim  ostida 

(10000-atm.) ushlanib turadi. Bu suvni press yordamida ajratib olish mumkin emas, fakat tog jinsini 

kizdirgandagina  bug  xolatiga  utadi  va  xarakat  kiladi.  Gigroskopik  suv  pardasining  kalinligi,  suv 

molekulasining  bir  necha  diametriga  yakin  buladi  yoki  millimetrning  mingdan  bir  kismi  bilan 

ulchanadi. Gigroskopik suv ogirlik kuchi ta`sirida xarakatlanmaydi, fakat bugga aylanibgina xarakat 


 

 

63



63

kilishi  mumkin,  -78

0

S  da  xam  muzlamaydi,  elektr  tokini  utkazmaydi,  tuzlarni  eritish  xususiyatiga 



ega emas, xosil bulish jarayonida issiklik ajratib chikaradi va zichligi 1,2-2,4 g/sm

3

 urtasida uzgarib 



turadi. 

     Bush boglangan yoki xakikiy parda kurinishidagi suv gigroskopik suv pardasining govaklardagi 

xavoning  namligi  100%  teng  bulganda  yoki  govakdagi  xavo  suv  buglari  bilan  tuyinganida,  usishi 

natijasida xosil buladi. Parda suvlari elektrostatik yoki molekulyar kuchlar yordamida zarralar bilan 

ushlanib  turadi.  Uning  mikdori  mustaxkam  boglangan  suv  mikdoridan  turt  marta  kup  bulishi 

mumkin. 


     Bush boglangan suvning gigroskopik suvga nisbatan boglanish darajasi pastrok buladi va parda 

kurinishida  xarakatlanishi  mumkin.  Xarakat  kalin  pardaga  ega  bulgan  jins  zarralaridan,  yupka 

pardali  zarralar  tomoniga  karab  yunalgan  buladi  va  zarralar  atrofida  pardalar  kalinligi 

tenglashguncha  davom  etadi.  Pardaning  kalinligi  suv  molekulasining  bir  necha  yuz  molekulasi 

diametriga 

yoki 


millimetrning 

yuzdan 


bir 

kismiga 


teng 

buladi. 


     Bush boglangan suvning zichligi oddiy suvning zichligidan katta bulmaydi, ammo yopishkoklik 

darajasi yukorirok va shuning uchun tuzlarni eritish kobiliyati darajasi pastrok buladi. 

Bush boglangan suvlar ogirlik kuchi ta`sirida xarakat kilmaydi, aksincha uning  yunalishiga 

karama-karshi  xarakat  kiladi.  Tog  jinslaridagi  bush  boglangan  suvning  maksimal  mikdori 

jinslarning maksimal molekulyar namlik sigimiga tugri keladi. 

Bush  boglangan  suvning  yukori  kismidangina  usimliklar  ozukalanishi  mumkin.  Tuprokda 

bu  suvning  mikroorganizmlarning  rivojlanishiga  ijobiy  ta`sir  kursatadi.  Bush  boglangan  suvning 

mikdori  tog  jinslarining  granulometrik  va  mineralogik  tarkibiga  boglik,  masalan  montmorillonit 

tarkibli gillar, gilsimon yirik donali jinslardagi bush boglangan suvni tortib olish xususiyatiga ega. 

Janubiy  xududlarda  tarkibida  yaxshi  eruvchi  tuzlar  kup  bulgan  gilli  jinslar  keng  tarkalgan 

buladi.  Bunday  sharoitda  bush  boglangan  suvlar  tuz  kontsentratsiyasi  yukori  erdan  past  joylarga 

karab yunalgan buladi. 



   

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

30-rasm. Tog jinslarida suv turlari (A.F.Lebedev buyicha) 

1-jins zarralari;  

2-suv buglari;  

a-tulik bulmagan gigroskopik namlik; b-maksimal gigroskopik namlik; "v" va "g"-jins zarralaridagi 

parda kurinishida bulgan suvlar;  

4-jins zarrasi atrofidagi erkin suvlar. 

   

Kapillyar  suvlar  tabiatda  keng  tarkalib,  tog  jinslarining  mayda  govak  va  yoriklarini 



tuldiradi. Kapillyar suvlar molekulyar kuchlar bilan tog jinslarida ushlanib turmaydi. 

 

 

64



64

Shuning  uchun  ularni  erkin  suvlar  toifasiga  kiritiladi.  Kapillyar  suvlar  tog  jinslari 

govaklarida  suv  va  xavo  urtasida  rivojlanadigan  kapillyar  kuchlar  ta`sirida  ushlanib  turadi  va 

xarakatlanadi xamda ogirlik kuchi ta`siri ostida buladi. Uz xususiyati buyicha kapillyar suvlar erkin 

suvlarga  yakin.  Fakat  bu  suvlar  shisha  naychalarida  kutarilish  xususiyatiga  ega.  Agar  shunday 

naychalarni  suvli  idishga  tushirilsa  naychalarning  diametriga  karab  suv  turli  balandliklarga 

kutariladi. Diametri kichikrok naychalarda suv balandrok kutariladi. Tog jinslarida shunga uxshash 

xodisa ruy beradi. Ogirlik kuchi ta`siriga karshi  kutarilishi ma`lum chegaralargacha  yoki kapillyar 

kuchlar bilan ogirlik kuchi orasida muvozanat xosil bulganga kadar davom etadi va bu balandlikni 

kapillyar kutarilish balandligi deyiladi (31-rasm). 

Agar kapillyar suvlar er osti suvlari bilan boglangan bulsa, tog jinslarining kapillyar suvlar 

bilan tuyingan kismini kapillyar xoshiya deyiladi. Tog jinslarining kapillyar kutarilish balandligiga 

teng  bulgan  kapillyar  mintaka  kalinligi,  ularning  granulometrik  tarkibiga,  govakligiga,  tog 

jinslarining tuzilishiga, suvning yopishkokligiga, xaroratiga va minerallashuviga boglik. 

Kapillyar 

suvlarni 

urganish 

kishlok 


xujaligida 

katta 


axamiyatga 

ega. 


      Birinchidan  kapillyar  suvlar  usimlik  ozukalanadigan  asosiy  suv  xisoblanadi;  ikkinchidan 

kapillyar suvlar usimlik ozukalanadigan asosiy suv xisoblanadi; ikkinchidan kapillyar mintakaning 

balandligi er yuzasi bilan tenglashsa yoki yakin bulsa uning yuzasidan kup mikdorda suv buglanadi 

va tuprokni shurlantiradi yoki botkoklanishiga olib keladi. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

31-rasm. Kapillyar kutarilish sxemasi 

   


Erkin  (gravitatsion)  suvlar  tog  jinslarining  govaklari  va  bushliklari  suvga  tuyinganda  xosil 

buladi. 


Erkin  suvlarning  xarakati  asosan  ogirlik  kuchi  ta`siri  ostida  kiyalik  buyicha,  kisman  esa 

kapillyar kuchlar ta`sirida sodir buladi. Erkin suvlar gidrostatik bosim uzatish xususiyatiga ega. 

Bu  suvlar  asosan  er  osti  suvi  katlamlarini  xosil  kiluvchi  suvdir.  Nixoyat  tabiatda,  turli 

minerallarning tarkibiga kirgan tseolit, kristallizatsion va konstitutsion suvlar buladi.  

Tseolit  suvlar  opal  (SiO

2

*nH



2

O)  anal`tsim  (Na

2

Al

2



SiO

12

*nH



2

O)  turidagi  minerallar 

tarkibida uchraydi.  Ular minerallar bilan juda bush boglangan va +800S xaroratdan boshlab ajralib 

chika boshlaydi Kristallizatsion suvlar gips (CaSO

4

 2H


2

O) turidagi minerallarning tarkibiga kiradi. 

Bu turdagi suvlar minerallar bilan mustaxkamrok boglangan buladi. Minerallardan +300-400

0

S dan 



past  xaroratda  ajralish  mumkin. Konstitutsion  suvlar  -  minerallarning  tarkibini  xosil  kilishda 

katnashadi. Bu suvlar minerallar bilan mustaxkam boglangan buladi va +4000 - 1300

0

S dan yukori 



xaroratda minerallardan ajralishi mumkin. 

 


Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling