Uzbekiston Respublikasi Xalk ta`limi vazirligi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Geografiya kafedrasi


-Bob. Minerallar xakida asosiy ma`lumotlar


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/13
Sana28.09.2017
Hajmi1.01 Mb.
#16641
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13

2-Bob. Minerallar xakida asosiy ma`lumotlar

 

1-Ma`ruza  Umumiy ma`lumotlar 



2-Ma`ruza  Minerallarning xosil bulish sharoitlari 

3-Ma`ruza  Minerallarning fizik xususiyatlari 

4-Ma`ruza  Minerallarning tasnifnomasi 

Nazorat uchun savollar  

 

1-Mavzu. Umumiy ma`lumotlar

 

Kimyoviy  elementlar  er  pustida  sof  xolatda  deyarlik  uchramaydi,  ular  doimiy  tarkibga  ega 



bulgan  kimyoviy  birikmalar  xosil  kiladi.  Tarkibi  va  tuzilishi  bir  xil  bulgan,  er  pusti  ichkarisida  va 

yuzasida  sodir  buladigan  turli-tuman  jarayonlar  natijasida  xosil  bulgan  kimyoviy  birikmalar  xosil 

kiladi. Tarkibi va tuzilishi bir xil bulgan, er pusti ichkarisida va  yuzasida sodir buladigan turli-tuman 

jarayonlar natijasida xosil bulgan tabiiy kimyoviy birikmalar minerallar deyiladi. Minerallar sun`iy yul 

bilan  xam  olinishi  mumkin.  er  pustining  turli  kismlarida  ma`lum  fizik-kimyoviy  sharoitlarda-bosim, 

xarorat va turli mikdordagi eritmalar ta`sirida va ishtirokida xosil bulgan minerallar, fakat shu sharoit 

uchun uzgarmas va barkaror xisoblanadi. Kupgina xollarda sharoit uzgarishi bilan ular uzgaradi  yoki 

yangi sharoitga xos bulgan yangi mineral birikmalarini xosil kiladi. 



Minerallar yakka kimyoviy elementdan (oltingugurt, olmos, grafit, sof, tugma, mis) yoki kator 

elementlarning (kvarts, slyuda, ortoklaz) kimyoviy birikmalaridan tashkil topishi mumkin. 

Xozirgi  vaktda  5000  dona  mineralning  nomi  ma`lum.  Ulardan  taxminan  2500  tasi  mustakil 

minerallar  xisoblanadi,  kolganlari  esa  ularning  boshka  kurinishlariga  yoki  sun`iy  yul  bilan  olingan 

kimyoviy  birikmalarga  kiradi.  Bu  minerallarning  kupgina  kismi  er  pustida  kamdan-kam  uchraydi  va 

fakat 50ga yakini keng tarkalgan va tog jinslarini xosil kiluvchi minerallar xisoblanadi. 



2-rasm. Mineral kristallarining shakli va ularning usish turlari 

                                 

   

   


 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

I-  izometrik  kristallar:  1-rombik  dodekaedr  (granat);  2-rombik  dodekaedr  (galenit);  3-

pentagondodekaedr 

(pirit); 



oktoedr 

(olmos); 

5-tetraedr 

(sfalerit); 



II-bir  yunalishda  usgan  kristallar:  6  -  ustunsimon  (barit);  7  -  kichik  ustunsimon  (korund);  8-

kirkilgan  dipiramidal`  (korund);  9-piramidasimon  (oltingugurt);  10-bochkasimon  (korund); 



III-ikki  yunalishda  usgan  kristallar:  11-tugmacha  shaklida  (grafit);  12-romboedr  (kal`tsit);  13-

tugmacha shaklida (pirrotin);  



IV-kristallarning 

usish 

turlari: 

14-pirrotinning 

kiyofadoshi;  

15-arsenopiritning kiyofadoshi; 16-stavrolitning kiyofadoshi; 17-gipsning kiyofadoshi; 18-kal`tsitning 

kiyofadoshi. 

Kattik  minerallarning  aksariyat  kupchiligi  kristall  xolatida,  ozgina  kismi  esa  amorf  xolatda 

uchraydi.  Kristall  va  amorf  xolatlarining  farki  shundan  iboratki,  kristallik  minerallardagi  ionlar  shu 


 

 

10



10

jism  uchun  ma`lum  anik  bir  tartibda  joylashadi  va  struktura  panjarasini  xosil  kiladi.  Amorf 

minerallarda esa ionlarning joylashishida konuniy tartib bulmaydi. 

Kristallik  va  amorf  jismlarning  ichki  tuzilishidagi  bunday  fark  ularning  fizik  xossalariga 

(issiklik  utkazuvchanligi,  ulanishi,  kattikligi  va  boshkalarga)  ta`sir  utkazadi.  Shuning  uchun  ularni 

anizotrop jismlar deyiladi. Amorf jismlarda esa ularning fizik xossalari xamma yunalishlar buyicha bir 

xil buladi. Bu jismlarni izotrop deyiladi. 

Minerallar  uch,  turt,  olti  kirrali  prizmalar  yoki  piramidalar,  boshkalari  kublar,  oktaedrlar 

kurinishiga ega buladi.  

Kristallning  chegaralanish  yuzasi  uning  yonlari,  yonlar  kesishgan  chizikni  uning  kirrasi, 

kirralar kesishgan nuktani uning uchi (chukkisi)  deyiladi. Masalan kubning 6 tomoni, 12 kirrasi  va 8 

uchi bor (2-rasm). 

   

 

2-Mavzu. Minerallarning xosil bulish sharoitlari



 

Turli  geologik  jarayonlar  natijasida  paydo  bulgan  minerallar,  ularni  xosil  kilgan  energiya 

manbaiga kura uchta: endogen, ekzogen va metamorfik minerallarga (genetik guruxlarga) bulinadi. 

Endogen  jarayonlar  er  pustining  yukori  xarorat  (1200-1300

0

S)  va  yukori  bosim  3000-8000 



atm.)  xukmron  bulgan  katta  chukurliklari  bilan  boglik.  Magmaning  chukurlikda  yoki  erning  yuzida 

sovushidan  xosil  bulgan  minerallar  magmatik  minerallar  deyiladi.  Magma  tarkibida  kup  mikdorda 

engil  (uchuvchan)  komponentlar  bulgan  murakkab  tarkibli  silikat  eritmadir.  U  litosferaning  ostki 

kismida  plastik  xolatda  yotadi.  Magmatik  tog  jinslari  mineralogik  tarkibining  xilma-xilligi,  turli 

chukurlikda joylashgan, xilma-xil tarkibdagi magmaning mavjudligini taxmin kilishga asos buladi. 

engil-(uchuvchan)  gazsimon  va  bugsimon  moddalar  magmada  sodir  buladigan  kimyoviy 

jarayonlarda  faol  katnashadi  va  ularning  kristallanish  kobiliyatini  oshiradi,yopishkokligini 

kamaytiradi. 

Bu moddalar minerallarning erish darajasini pasaytirib, natijada ularning eritmadan chukmaga 

tushish tartibini uzgartiradi. engil (uchuvchan) birikmalar eritmada tashki bosim magmadagi bosimdan 

katta bulgan sharoitda ushlanib turadi. Tashki bosim pasayishi bilan ular intruziyalarni urab turgan tog 

jinslari  yoriklari  orkali  yukoriga  xarakat  kiladi  va  uzi  bilan  kurgoshin,  kalay,  rux,  kumush,  vol`fram, 

berilliy va temir kabi ogir metallarni engil xarakatlanuvchi birikmalar kurinishida olib chikadi. 

Magmaning  35-80%  mikdorini  kremniy  kislotasi  (SiO



2

)  tashkil  kiladi.  Uning  urtacha  mikdori 

buyicha magmalar nordon (65-75%) urta (52-65%) va asosiy (40-52%) turlarga bulinadi. 

Magmalarda  sodir  buladigan  jarayonlar  uta  murakkab  va  ular  oxirigacha  urganilgan  emas. 

Ayniksa magmaning parchalanishi yoki differentsiatsiyasi katta axamiyatga egadir. 

Differentsiatsiya,  magmada  sodir  buladigan  barcha  fizikaviy,  kimyoviy  jarayonlarning 

majmuasi  bulib,  birlamchi  magmani  bir-biridan  fizik-kimyoviy  xolatlari  bilan  fark  kiladigan  kator 

ikkilamchi  magmalarga  parchalanishiga  olib  keladi.  Parchalanish  jarayoni  esa  nixoyatda  barcha 

ma`lum magmatik tog jinsi va minerallarini xosil bulishiga olib keladi. Differentsiatsiya magmatik va 

kristallizatsion turlarga ajratiladi. 

Magmatik  differentsiatsiya  jarayonida  dastlabki  eritma  uz  tarkibiga  va  solishtirma  ogirligiga 

karab  bir-necha  aralashmaydigan  kismlarga  bulinadilar.  Mana  shu  ayrim  joylarda  bulingan 

magmalardan  ma`lum  xaroratda  va  bosimda  avvalo  kiyin  eriydigan  sungra  tez  eriydigan  minerallar 

kristallana boshlaydi va kristallizatsion differentsiatsiya boshlanadi. Bunday yul bilan xosil bulgan tog 

jinslarida  ayrim  minerallarning  donalari  anik  tugri  shakllangan  (anik  ifodalangan)  buladi,  boshkalari 

esa  ularning  oraligida  bushliklarni  kotishma  (tsement)  bilan  tuldiradi.  Bunday  tartibli 

differentsiatsiyadan  tashkari,  bir  vaktning  uzida  magmatik  eritmadan  ikki  va  undan  ortik 

komponentlarning tulik kristallanishi mumkin. 

Xosil  buladigan  kristall  donalarning  fazoviy  joylashishida  ularning  solishtirma  ogirligi  katta 

axamiyatga  ega.  Bunda  ogirrok  birikmalar  pastga  chukadi,  engil  va  tarkibida  uchuvchan  birikmalar 

bulgan zarralar yukoriga kutariladi. 

Yoriklar  oraligidan  xarakat  kilayotgan  magma  uz  yulida  turli  tog  jinslarini  uziga  kushib  olib, 

eritib  va  uzlashtirib  magmaning  va  magmatik  jinsning  yangi  turlarini  xosil  kiladi. Magmaning 



 

 

11



11

kristallanish  jarayoni  asosan  tugagandan  sung,  soviyotgan  keng  tekis  erning  chekka  kismlarida  turli 

uchuvchan  elementlar  xlor,  ftor,  bromlar  bilan  boyigan  (koldik)  magmaning  ma`lum  mikdorlari 

tuplanadi. Bu birikmalar ilgari xosil bulgan mineral va tog jinslariga ta`sir kursatadi va ularning urnida 

yangi  birikmalar  pegmatitlarni  xosil  kiladi.  Bu  jarayon  er  yuzidan  3-8  km  chukurlikda  va  300-900

0



xaroratda sodir buladi. Bunday sharoitda gigant "juda yirik" minerallar xosil buladi. 

Keyinchalik  tashki  bosimning  pasayib  borishi  bilan  intruziyalardan  gazli  eritmalar  ajralib 

chikishi va atrofidagi tog jinslarining tolasimon yoriklarida moddalarni xaydash jarayoni tufayli uziga 

xos  yangi  maxsulotlar-pnevmatolitlar  (pnevmo-gaz)  xosil  kiladi.  Bu  eritmalar  xlor,  ftor,  brom, 

fosforlarga  juda  boy  bulganliklari  tufayli  juda  engil  va  xarakatchan  buladi.  Fakat  shunday  yul  bilan 

xosil  bulgan  mineral  tuplamlarini-pnevmatolitik  minerallar  deyiladi.  Bu  jarayon  3-6  km  chukurlikda 

400-6000S xaroratda vujudga keladi deb taxmin kilinadi. 

Mineral  xosil  bulishining  gidrotermal  boskichi  magmatik  uchok  evolyutsiyasining  sungida, 

xarorat  374

0

S  dan  past  bulganda  va  bosim  kichik  bulgan  sharoitda  yuz  beradi.  Gidrotermal 



jarayonlarda  minerallar  kaynok  mukammal  yoki  kolloid  eritmalardan  xosil  buladi.  Bu  jarayonni 

kuyidagicha tasavvur kilish mumkin.          Magmadan ajralib chikkan suv bugi bilan erigan kimyoviy 

birikmalar, (komponentlar)  yoriklarda xarakat kilib, uzok masofalarga olib ketiladi. Xarorat va bosim 

kichik  muxitga  tushishi  bilan  ular  soviy  boshlaydi,  suyuladi  va  kaynok  eritmalar  -  gidrotermalarni 

xosil kiladi. Yukori xarorat va nisbatan katta bosimda bu eritmalar kimyoviy jixatdan juda faol buladi. 

Magmatik  uchokdan  uzoklashishi  (er  yuzidan  4-6  km  chukurlikda)  va  asta-sekin  sovushi  bilan, 

gidrotermalarning  eritish  kobiliyati  pasayadi  va  ilgari  erigan  birikmalarning  bir  kismi  turli-tuman 

mineral tuzlar kurinishida chukmaga tushadi va jins yoriklarini tuldiradi. 

Ekzogen (gipergen) jarayonlar er pustining past xaroratli va bosimli yukori kismi bilan boglik 

buladi.  er  yuzasida  mavjud  bulgan  murakkab  jarayonlar  birlamchi  magmatik  jins  va  minerallarning 

buzilishiga  olib  keladi.  Bu  buzilishlar  sof  mexanik  tarzda  sodir  bulishi,  ya`ni  yaxlit  tog  jinslari  turli 

kattalikdagi  va  shakldagi  bulaklarga  (parchalarga)  aylanadi  va  keyingi  kayta  uzgarishlar  jarayonida 

chukindi sinik jinslarni xosil kiladi. Tog jinslari va minerallarga atmosfera, gidrosfera va biosferaning 

turli  xil  kimyoviy  agentlarining  ta`siri  ularning  tarkibini  uzgarishiga  va  muayyan  sharoit  uchun 

barkaror  yangi  mineral  birikmalarining  paydo  bulishiga  olib  keladi.  Bunday  yul  bilan  xosil  bulgan 

minerallar va tog jinslari chukindi minerallar va tog jinslari deyiladi va xosil kiluvchi asosiy  omiliga 

kura, kimyoviy va organik turlarga bulinadi. 

Shunday  kilib,  ekzogen  kuchlar  ta`siri  natijasida  birlamchi  jinslar  murakkab  uzgarishlarga 

uchrab ikkilamchi chukindi tog jinslarining xosil bulishiga sabab buladi. Xosil bulgan chukindi jinslar 

esa kaytadan er yuzasida va ichkarisida turli uzgarishlarga uchrashi mumkin. 

 

 

 

3-Mavzu. Minerallarning fizik xususiyatlari

 

Minerallar  fizik  jism  sifatida  rangi,  kattikligi,  yaltirokligi,  solishtirma  ogirligi  kabi  xilma-xil 



xususiyatlarga ega. 

Kimyoviy  tarkibi  va  kristall  strukturasiga  boglik  ravishda,  bunday  xususiyatlar  xar  xil 

minerallarda turlicha namoyon buladi. Xar kanday mineral uziga xos biron bir aloxida xususiyati bilan 

xarakterlanadiki,  ana  shu  xususiyatga  karab  uni  doimo  boshka  minerallardan  ajratib  olish  mumkin. 

Kuyida biz muxim diagnostik axamiyatga ega bulgan xususiyatlar, minerallarning kiyofasi,shaffofligi, 

rangi,chizigining  rangi  (kukunining  rangi),  yaltirokligi,  ulanish  tekisligi,  sinishi,  kattikligi, 

pachoklanuvchanligi,  kayishkokligi,  solishtirma  ogirligi,  magnit  tortishi,  radiofaolligi  va  boshka 

xususiyatlari tugrisida tuxtalib utamiz. 



Minerallarning  kiyofasi.  Bu  xususiyat  uning  ichki  tuzilishi  va  xosil  bulish  sharoiti  bilan 

boglik.  Erkin  usgan  anizotrop  mineral  yakkol  ifodalangan  kristallik  shaklga  ega  buladi.  Odatda 

minerallar kristall agregatlar va usishmalari kurinishida uchraydilar. 

Kristall  agregatlari  deb,  minerallarning  ichki  tuzilishi  va  fazodagi  shakli  bilan  boglik  bulgan 

turli  shakldagi  mineral  donalarning  yigindisi  (tudasi)ga  aytiladi.  Donalarning  kattaligini  xisobga  olib 



 

 

12



12

minerallar  yirik donali (donalar kattaligi 5 mm.dan katta), urta donali (2-5 mm) va berk kristalli (0,5 

mm  dan  kichik)  turlarga  bulinadi. Kristall  agregatlari  donali,  ustunsimon,  tolasimon,  yapolok, 

tangachasimon shakllarda uchraydi. 

Minerallar tabiatda druza, konkretsiya, sekretsiya va boshka kurinishlarda uchraydi. Druzalarda 

-  ayrim  kristallarning  usishmalari  betartib  (konuniyatsiz)  usgan.  Kristallar  bir  tomonlari  bilan  birorta 

yuzaga maxkamlangan (kvarts, flyuorit). Kristallarning uch tomoni (ochik bushlik tomonga karab uchi 

usgan)  yakkol shakllangan. Konkretsiyalar:  yumalok va notugri shakldagi mineral kotishmalari radial 

yoki puchok xolatda joylashgan. 

Oolitlar-kontsentrik-puchok 

tuzilishiga 

uxshash 


bulgan 

nuxotga 


uxshash 

mineral 


yigindilaridir. Sekretsiyalar-tog  jinslaridagi  bushliklar  mineral  moddalar  bilan  tuldirilganda  xosil 

buladi.  Okma  shakllar-ayrim  yuzalarni  mineral  jismlar  asta-sekin  koplashi  natijasida  xosil  buladi. 

Bunday  shakllarning  xosil  bulish  jarayonida-kolloid  birikmalar  asosiy  rolni  uynaydi.  Bu  xolda 

kurtaksimon va shingilsimon kurinishdagi agregatlar stalaktit va stalagmitlar xosil kiladi. 

Mineral moddalarning tolasimon yoriklarda tez kristallanishidan dendritlar-tolasimon daraxtga 

uxshash kristallar xosil buladi. 



Psevdomorfozalar - bunday shakllar tog jinslaridagi ayrim minerallar yuvilishidan xosil bulgan 

bushliklar mineral kristallari bilan tuldirilganda xosil buladi. 



Minerallarning  shaffofligi.  Moddalarning  uzidan  nur  utkazish  kobiliyati  ularning  shaffofligi 

deb ataladi. Bu xususiyatga karab tabiatdagi minerallarni kuyidagi turlarga bulinadi: 

1. Shaffof minerallar, tog xrustali,island shpati, topaz va boshkalar. 

2. Yarim shaffof - zumrad, sfalerit, kinovar va boshka minerallar. 

3. Shaffof bulmagan minerallar - pirit, magnetit, grafit va boshkalar. 

 

 Rangi.  Kupgina  minerallarning  nomi  uning  rangiga  karab  berilgan.  Masalan:  xlorit  (grekcha 



xloros - yashil), rubin (lotincha "ruber" - kizil), rodonit (grekcha "rodon" - pushti), gematit (kondek - 

grekcha, gematikos"), al`bit (lotincha "al`bus" - ok). Kupgina minerallar tabiiy xolatida doimiy rangga 

ega  buladilar.  Buning  sababi  shundaki,  bunday  minerallarning  tarkibida  rang  beruvchi  kimyoviy 

elementlar  doimo  mavjud.  Bunday  rang  beruvchi  kimyoviy  elementlarga  (xromoforlarga)  Ti,  V,  Mn, 



Co, Ni ba`zan W, Mo, N, Cu elementlari kiradi. Masalan: mineral tarkibidagi xrom unga kuyuk rang- 

kizil (pirop, rubin), och-yashil (uvarovit, zumrad, fuksit) binafsha rang (rodoxrom) beradi.  

Doimiy  rangli  minerallarga  magnetit  (FeO*  Fe

2

O

3

  )  doimo  kora  rang,  pirit  (FeS



2

)  jezsimon 

sarik rang, kinovar` (HgS) tuk kizil rang, malaxit yashil rang, azurit kuk rangli minerallar kiradi. 

Bulardan  tashkari  aksariyat  bir  mineral  bir  necha  rangda  xam  uchrashi  mumkin.  Masalan, 

odatda  rangsiz,  kupincha  butunlay  shaffof  kristallar  sifatida  topiladigan  kvarts  (tog  xrustali),  kurkam 

binafsha rangli (ametist), pushti, sargish-kungir (temir oksidlari bulgani uchun), tilla rang (tsitrin), kul 

rang  yoki  tutun  rang  (rauxtopaz),  tuk  kora  (morion),  nixoyat  sutdek  ok  xam  bulishi  mumkin.  Xuddi 

shunga uxshash osh tuzi-galit -ok, kulrang, kungir, pushti va ba`zan kuk rangli bulishi mumkin. 

Minerallarning  bunday  xilma-xil  rangliligi,  tarkibidagi  mayin  zarrachalar  bulib  tarkalgan 

mexanik  aralashmalar  biror  rangga  buyalgan  xromoforlar  (rang  beruvchilar)  bilan  boglik.  Bu  rang 

beruvchi moddalar xam anorganik va organik moddalardan iborat bulishi mumkin. Ular oz mikdorda 

bulganda xam rangsiz minerallarni tuk rangga buyash uchun kifoya kiladi. Minerallarning rangi fakat 

xromofor  moddalarning  mikdorigagina  boglik  bulmay,  balki  ularning  disperslik  (maydalanganlik) 

darajasiga xam boglikdir. 

Ayrim shaffof minerallarning rangi ba`zan xilma-xil bulib tovlanib turadi. Bu xodisa suv ustida 

suzib  yurgan  kerosin,  yog  va  neftning  xar  xil  "kamalak"  rangidek  tovlanib  turadigan  pardasida 

kurganimizdek  bizga  tanishdir.  Bu  shaffof  moy  pustining  ostki  (suvdan  ajratib  turadigan)  va  ustki 

(xavo  bilan  cheklangan)  yuzalaridan  kaytgan  yoruglik  nurining  interferentsiyalanishi  bilan  boglikdir. 

Masalan:  labradorit  mineralini  ma`lum  burchakka  burab  karaganda  kuk  va  yashil  bulib  tovlanib  - 

chaknab  turadi.  Xuddi  shunday  limonit  minerali  (kungir  temir  tosh)  ning  buyraksimon  yuzalarida, 

gematit minerali (temir yaltirogi) yuzalari binafsha rang va kuk rang bulib tovlanadi. 

Minerallar chizigining rangi. Ayrim minerallarning rangi, ularning kukunining rangidan fark 

kiladi.  Mineral  kukunining  rangini  sirlanmagan  (xira  biskvit)  chinni  taxtachaga  chizib  aniklash 

mumkin. 


 

 

13



13

Kupinchalik  minerallarning  rangi  chizigining  rangi  bilan  bir  xil  buladi.  Masalan  kinovarning 

uzi xam, chizigi (kukuni) xam kizil, magnetitda - kora, lazuritda kuk va x.k. 

Tabiatda  ma`lum  bulgan  minerallarning  rangi  va  chizigining  (kukunining)  rangi  orasidagi 

farkni gematitda (mineralning rangi pulat - kulrang, chizigi kizil), piritda (mineralning rangi jezsarik, 

chizigi kora) kurish mumkin. 

Shaffof yoki yarim shaffof rangli minerallar kupchiligining chizigi rangsiz (ok) yoki och rangli 

buladi. Shuning uchun mineral chizigining rangi shaffof emas yoki yarim shaffof tuk rangli birikmalar 

uchun katta diagnostik axamiyatga ega. 

Tabiatda kupincha bir mineralning uzi gox zich massa, gox kukunsimon massa xolida uchraydi. 

Shuning  uchun  ularning  rangi  xam  bir-biridan  fark  kiladi.  Bunga  limonitni  (temir  gidrooksidi)  zich 

massa  bulgani  kora,  kukunsimon  xili  esa  sargish  kungir;  gematitni  (temirning  suvsiz  oksidi)  - 

kristallangan xillari deyarli kora, kukunsimon xili esa tinik kizil va x.k. misol bulishi mumkin. Boshka 

xollarda minerallarning rangi kristallangan zich massalarida xam, kukunsimon xolatida xam bir xildir. 

Chizigining rangi aniklanayotgan mineralning kattikligi 6 balldan ortik bulmasligi kerak. 

Minerallarning  yaltirokligi.  Minerallardagi  bu  xususiyat  uning  yuzasiga  tushgan  nurning 

kaytarilishi bilan boglik. Yaltirashning kuchliligi, ya`ni kaytgan nur mikdori shu nurning kristallangan 

muxitga  utish  paytidagi  tezligi  yoki  sindirish  kursatkichi  orasidagi  fark  kanchalik  keskin  bulsa, 

shunchalik  ortik  buladi.  Minerallar  yaltirokliklariga  karab  ikki  guruxga  bulinadilar.  Birinchi  guruxga 

metallsimon  va  metallga  uxshab  yaltiraydigan  minerallar.  Metallsimon  yaltirash  yangi  singan  metall 

yuzasining  yaltirashini  eslatadi.  (pirit,  galenit).  Metallga  uxshab  yaltirash  metallning  singan  yuzasini 

xiralashib yaltirashini eslatadi (grafit). Ikkinchi guruxga nometall yaltirokligiga ega bulgan minerallar 

kiradi.  Nometall  yaltiroklikning  olmosdek  yaltirash  (olmos)  shishadek  yaltirash  (slyuda),  ipaksimon 

yaltirash (asbest), xira yoki yaltiramaydigan (kremen) va boshka turlari buladi. 

Minerallning  ulanish  tekisligi  va  sinish  yuzalari.  Minerall  kristallarining,  ular  sindirilganda 

ma`lum yunalish buyicha ajralib xosil kilgan tekis, yaltirok yuzalariga ulanish tekisligi deb aytiladi. Bu 

xususiyat  fakat  kristallik  minerallar  uchun  xos  bulib  uning  fakat  ichki  tuzilishi  bilan  boglik.  Bunday 

xususiyat fakat shu mineralning uzigagina xos bulganligi uchun muxim diagnostik belgi bulib xizmat 

kiladi. Masalan: ortoklaz singanda tugri burchakli ulanish tekisligi xosil kiladi. 

Ulanish  tekisligining  kay  darajada  namoyon  bulishini  kursatish  uchun  besh  darajali  shkala 

kabul kilingan. 

1.Ulanish  tekisligi  uta  mukammal  (slyuda,  xlorit)  kristallar  yupka  varakachalarga  ajralish 

kobiliyatiga ega. Ulanish tekisligidan boshka yunalish buyicha sindirish juda kiyin. 

2.Ulanish  tekisligi  mukammal  (kal`tsit,  galenit,  galit).  Bunday  minerallar  sindirilganda,  ular 

ulanish tekisligi buyicha ajralib, kurinishi birlamchi kristallni eslatuvchi bulaklar xosil kiladi. Masalan: 

galenit sindirilganda mayda tugri kubchalar, kal`tsitni maydalaganda tugri romboedrlar xosil buladi. 

3.Ulanish  tekisligi  urtacha  minerallar  (dala  shpatlari,  magniyli-kal`tsiyli  silikatlar).  Mineral 

bulaklarida  ulanish  tekisligi  xam  tasodifiy  yunalishlar  buyicha  notekis  yuzalar,  xam  anik  kurinib 

turadi. 

4.Ulanish  tekisligi  nomukammal  (apatit,  kassiterit,  sof  tugma  oltingugurt,  olivin)  bulgan 

minerallar.  Ulanish  tekisligi  yakkol  kurinib  turmaydi,  uni  mineral  parchasi  yuzidan  kidirib  topishga 

tugri keladi. Singan yuzalari odatda notekis buladi. 

5.Ulanish darajasi uta mukammal bulmagan (yoki ulanish tekisligi yuk) minerallar (kvarts). 

Kupincha  bitta  minerallning  uzida  bir  necha  yunalishlar  buyicha  utgan  ulanish  tekisliklari 

mukammallik darajasiga kura xar xil buladi. Ulanish tekisliklari (yuzalari) bir yunalishli (slyuda), ikki 

yunalishli  (ortoklaz)  uch  yunalishli  (kal`tsiy,galenit,  galit),  turt  yunalishli  (flyuorit),  olti  yunalishli 

(sfalerit) buladi. 

Ulanish  tekisligini  makroskopik  yul  bilan  aniklash  imkoniyati  bulmagan  xollarda  sinish 

yuzalarining  tuzilishi  urganiladi.  Singan  yuzalar  tuzilishi  chiganoksimon  (kremen`,  oltingugurt), 

tolasimon, zinasimon, gadir - budur (notekis), uzun ustunsimon kurinishlarda bulishi mumkin. 



Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling