Vi bob. Bolalar va о‘smirlarning ratsional ovqatlanishi
Download 1.92 Mb.
|
BO\'G 6-9- boblar
Insolyasiya va quyoshdan himoyalash uchun zaruriy sharoitlarni yaratish maqsadida guruhli maydonchalarda radiasiya rejimi bо‘yicha keskin farqlanuvchi ikkita – ochiq va soyalangan hududlar yaratiladi. Guruhli maydonchalarni izolyasiyalash uchun yashil butalardan iborat bо‘lgan va kengligi 0,75 – 1 m keladigan bir qator tо‘siqdan foydalaniladi. Yashil tо‘siqning balandligi 0,8 m bо‘lishi tavsiya etiladi.
Guruhli maydonchalar kengligi 1,5 m bо‘lgan halqasimon yо‘laklar bilan birlashtiriladi, ularni binoga eltuvchi yо‘lga ulab yuborish mumkin. Guruhli maydonchalarni birlashtiruvchi halqasimon yо‘lakka ustuncha qoqiladi va bolalarni kо‘cha – yо‘l harakati qoidalariga о‘rgatuvchi belgilar о‘rnatiladi. Shahar qurilishlari, kо‘chalar, piyodalar yо‘laklari, yо‘lni kesib о‘tish joylari, chorrahalarni ulovchi yо‘l tarmoqlarini ifodalovchi kо‘rgazmali – fazoviy muhit paydo bо‘ladi. Eng kichik bolalar va 1-chi kichik guruh о‘ynaydigan guruhli maydoncha boshdan-oyoq maysazor bilan qoplangan bо‘lishi kerak, bundan faqat soyabonli ayvonchalar va qumxonalar atroflari mustasnodir. Soyabonli ayvonchalar va о‘rindiqlar oldida qattiq tosh qoplama yotqiziladi, chunki muntazam topilgani sababli bu joylarda о‘t о‘smaydi va chuqurcha bо‘lib qoladi, oqibatda yomg‘ir suvlari tо‘planib, kо‘lmakka aylanadi. Qum tо‘kilgan maydonchalar atrofiga kengligi 1-1,5 m bо‘lgan toshtaxtalar yotqiziladi. Guruhli maydonchalarda mahalliy iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda bolalarni yog‘in – sochinlardan yoki quyosh nurlaridan himoya qiluvchi maydoni 40 m 2 keladigan soyabonli ayvonchalar о‘rnatilishi kerak. Ayvonchalar bolalarning yugurishi, о‘ynashi va mashg‘ulotlar о‘tkazishlariga halaqit bermasligi lozim, shuning uchun g‘am ularni guruhli о‘yin maydonchasining chekkasidagi maysalar orasiga о‘rnatish kerak. Ayvonlarni bir – biridan tо‘sib quyish, shuningdek, ulardan tо‘siq о‘rnida foydalanish, perimetr bо‘yicha joylashtirish mumkin. Yasli guruhlarining soyabonlarini binoga taqab о‘rnatish va ulardan ayvoncha о‘rnida foydalanish tavsiya etiladi. Soyabonli ayvonchalar tuzilishi jihatidan yengil, oson biriktiriladigan va foydalanishda ishonchli bо‘lishi lozim. Soyabonlar sifatida pergollar, tent qoplamalaridan kengroq foydalanish tavsiya etiladi. Soyabonlar ichida qо‘zg‘olmas mebel va jihozlar joylashtirilishi mumkin. Zaruriy element – о‘yinchoqlar uchun qо‘zg‘olmas shkafdir. Soyabonli ayvonchalarning chetlari yog‘in – sochinlarda ifloslanmasligi uchun ularni yer sathidan 10 sm. balandlikda kо‘tarib qо‘yish tavsiya etiladi. Download 1.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling