Vi-bob. Korxonaning mehnat resurslari


 Mehnat resurslarining tarkibi va tuzilishi


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/21
Sana05.04.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1273919
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
6-BOB. KORXONANING MEHNAT RESURSLARI (3)

6.2. Mehnat resurslarining tarkibi va tuzilishi 
Mehnat resurslarini shakllantirish -bu insonning jismoniy va aqliy salohiyatini 
uzluksiz tiklash va ushlab turish, uning kasb-malaka va ta’lim darajasini muttasil 
oshirib borishdir. Ana shu xususiyat ham alohida shaxsga, ham korxonada yollanib 
ishlayotgan xodimlar guruhiga taalluqlidir. Mehnat resurslarini shakllantirish odatda 
to’rt bosqichni bosib o’tadi (6.1-rasm).
6.1-rasm. Mehnat resurslarini shakllantirishning bosqichlari 
Mehnat resurslarini shakllantirish maktabdan boshlanadi, bu o’rta maxsus 
ta’lim muassasalari va oliy o’quv yurtlarida, ish joyida amaliyotni o’tash, malaka 
oshirish kurslaridadavom etadi. 
Ana shu bosqich, shuningdek quyidagilarni ham qamrab oladi:
• xodimlarda mehnat faoliyatini amalga oshirishga qodir bo’lgan jismoniy va 
aqliy salohiyatlarni tiklash; 
1. Mehnat 
resurslarini 
shakllantirish
kuchini shakllantirish
2. Mehnat 
resurslarini 
taqsimlash 
3. Mehnat 
resurslarini 
аyirboshlash 
4. Mehnat 
resurslaridan 
foydalanish 


• ishlab chiqarishni tark etayotganlar (pensiyaga chiqayotganlar) o’rniga, 
shuningdek yangi tashkil etilayotgan ish joylariga yangi xodimlarni yollash; 
• ish bilan bandva yangi yollanganxodimlarning qayta tayyorlash va malakasini 
oshirish. 
Mehnat resurslarini shakllantirish turlicha amalga oshirilishi mumkin (6.2-
jadval). 
6.2-jadval 
Mehnat resurslarini shakllantishning turlari 
Mehnat resurslarini 
shakllantirishning 
usullari 
Mehnat resurslarini shakllantirish turlarining mohiyati 
Ekstensiv 
Mehnatga layoqatlixodimlarningsonini ularningmehnat potensialini 
o’zgartirmagan holda amalga oshirish 
Intensiv 
Xodimlarning potensialini bevosita ta’lim va kasbiy tayyorgarlik 
orqali oshirish 
Oddiy 
Xodimlarning mehnatga jamlanma potensiali saqlanib turadi, ya’ni 
mehnat faoliyatiga qodir bo’lganlarning soni va ularning potensiali 
o’zgarmaydi, natijada ishlab chiqarish hajmi barqaror bo’ladi 
Toraytirilgan 
Xodimlarning mehnatga jamlanma potensiali ham mehnat faoliyatiga 
qodir bo’lganlarning soni ham kamayadi, ham ularning kasbiy 
tayyorgarlik darajasi yomonlashadi 
Kengaytirilgan 
Xodimlarning mehnatga jamlanma potensialiortadi. Bunda mehnatga 
jamlanma qobiliyatning ortishiekstensiv yoki intensiv tarzda bo’lishi 
mumkin 

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling