Vi-bob. Korxonaning mehnat resurslari
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
6-BOB. KORXONANING MEHNAT RESURSLARI (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mutaxassislik
Kadrlar (xodimlar) — bu muayyan kasbni egallash bo’yicha tayyorgarlikni
o’tgan, amaliy tajriba va mehnat ko’nikmasiga ega, ishlab chiqarish sohasida ish bilan band bo’lgan kishilardir. Kadrlarga bo’lgan talabni aniklash, ularni tayyorlash va kayta tayyorlash, ulardan oqilona foydalanish, kadrlarning mehnati bo’yicha rejalashtirish va xisobga olish va boshqa yo’nalishlar bilan mujassamlashtirish uchun xodimlarni guruhlarga ajratish, ya’ni tasniflash zarur. Ishlab chiqarish, xo’jalik faoliyatida qatnashishiga qarab sanoat tarmog’ida band bo’lgan barcha kadrlar ikki guruxga bo’linadi: 1. sanoat ishlab chiqarishi xodimlari; 2. nosanoat ishlab chiqarishi xodimlari; Mahsulot ishlab chiqarish doirasida band bo’lgan xodimlarning barchasi sanoat ishlab chiqarishi xodimlari guruhiga kiradi. Sanoat ishlab chiqarishi xodimlari, o’z navbatida, bajaradigan funksiyasining tavsifiga qarab quyidagi kategoriyalarga bo’linadi: 1. Ishchi xodimlar; 2. Muhandis-texnik xodimlar; 3. Xizmatchilar; 4. Ish bajaruvchi kichik xodimlar; 5. Qorovullar va o’t o’chiruvchilar, ya’ni korxonani qo’riqlaydigan va yong’indan muhofaza qiluvchi xodimlar. Sanoat ishlab chiqarishi xodimlarning eng muhim va juda ko’p qismi ishchilar bo’lib, ular mahsulot ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko’rsatish)da bevosita katnashadilar, jixozlarni ta’mirlaydilar, mehnat buyumlari va tayyor mahsulotni bir yerdan ikkinchi joyga tashiydilar va nixoyat ta’mirlash - qurish ishlarini bajaradilar. Ishchilardan keyingi o’rinda muhandis-texnik xodimlar turadi va ular rahbar xodimlar hisoblanadi. Ularga direktorlar, boshqaruvchilar, ularning muovinlari, bosh mutaxassislar, xizmat ko’rsatish bo’limlarining rahbarlari kiradi. Xizmatchilar kategoriyasiga xujjatlarni tayyorlovchi, ularni rasmiylashtiruvchi, hisob va nazorat ishlarini bajaruvchi, xo’jalik xizmatini bajaruvchi (agentlar, kassirlar, ish yurituvchilar, kotibalar, statistlar va boshqa)lar kiradi. Tarmoq va korxona faoliyatini rejalashtirish va taxlil etishda, ayniqsa, mehnat unumdorligini hisoblash, o’rtacha ish haqini, kadrlar qo’nimsizligini aniklash uchun xodimlarning o’rtacha soni ko’rsatkichi ko’p ishlatiladi. Kadrlar salohiyatini mikdoriy baxolash bilan birgalikda ularni sifat jixatdan xam tavsiflash kerak bo’ladi. Bu jixatlar xodimlarning professional va malakaviy fazilatlari bilan belgilanadi. Bu borada, birinchi o’rinda «mutaxassislik», «ixtisoslik», «malaka» degan tushunchalar yuzaga keladi. Mutaxassislik — bu, ma’lum bir yoki bir necha turdagi ishlarni amalga oshirish uchun insonga zarur bo’lgan bilimlar va malakalar yig’indisi. Masalan, iqtisodchi, marketolog, vositachi, moliyachi, buxgalter yoki texnika soxasida — muxandis, mexanik, energetik va h.k.lar Ixtisos — insonning hosil kilgan bilimlar va amaliy ko’nikmalari majmui. Ixtisos kishiga hayotning moddiy va ma’naviy soxasida muayyan ishni bajarish imkoniyatini beradi. Malaka — muayyan mutaxassislik va ixtisoslik bo’yicha murakkab ishni bajarish uchun zarur bulgan bilim va ilm xamda mehnat ko’nikmasining darajasidir. Kadrlarning malaka darajasini baholash uchun o’rtacha koeffitsiyent va o’rtacha tarif koeffitsiyenti razryadi belgilanadi. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling