Vii sinf jahon tarixidan savol-javoblar
Download 107.62 Kb.
|
363fe8d03d0a6669c5b04c5e5e37a064 VII SINF JAHON TARIXIDAN SAVOL-JAVOBLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- 14 – PARAGRAF
13 – PARAGRAF
1. Guptalar sulolasining asoschisi kim ? Chandragupta I 2. Chandragupta I ning hukm surgan davri ? 320-340-yillar 3. Guptalar davlatining asoschisi kim ? Chandragupta I 4. Guptalar davlatining poytaxti qayer bo’lgan ? Pataliputra 5. Guptalar davlati qaysi asrlarda gullab yashnagan ? IV asr oxiri V asr boshlarida 6. Hindistonda mulkchilik munosabatlari nechanchi asrlarda vujudga keladi ? IV asr oxiri V asr boshlarida 7. Hindistonda yirik yer egalari tabaqasi nechanchi asrlarda shakllangan ? IV-V asrlarda 8. Hindistonda qaysi tabaqa vakillari soqollarini o’zi olishi, kirlarini o’zi yuvishi taqiqlangan edi ? Braxmanlar 9. Guptalar imperiyasi kimlarning hujumlari natijasida parchalanadi ? Eftaliylarning (VI asrda) 10. VII asrda Hindistonda bo’lgan qaysi tarixchi u yerda 70 ga yaqin katta-kichik knyazliklar bo’lganini aytadi ? Syuan Szyan 11. Hindistonda knyazlarni nima deyishgan ? Roja 12. “Grass” nima ? (bo’lak yoki qultum) in’om etilgan yer 13. Hindistonda qanday yer olgan shaxs harbiy xizmat o’tab bergan ? Grass 14. “Patta” nima ? (yorliq yoki yorliqqa olingan yer) 15. Hindistonda ma’lum muddatga foydalanishga berilgan yer nima deyilgan ? Patta 16. XI asr boshlarida Hindiston shimoliga 17 marta bosqinchilik qilgan kim ? Mahmud G’aznaviy 17. Sharq xalqlari ertaklarida afsonaviy boyliklar mamlakati qaysi ? Hindiston 18. Hidnistonda qaysi eng yirik port shahri hokimini dengiz xo’jayini deyishgan ? Kalikut 19. Ilk o’rta asrlarda kimlar Hindiston bilan savdoda yetakchi o’rinda bo’lgan ? Arab savdogarlari 20. Mil.avv. II asrdan milodiy VII asrga qadar g’or ichida o’yib ishlangan Markaziy Hinistondagi eng mashxur ibodatxona qaysi ? Ajanta ibodatxonasi 21.Ajanta ibodatxonasi necha xonadan iborat bo’lgan ? 29 ta 14 – PARAGRAF 1. III asrda inqirozga uchragan Xan quldorlik imperiyasi o’rnida qaysi davlatlar vujudga keladi ? Vey , Shu , U 2. Xitoyda yerga egalik munosabatlari nechanchi asrdan shakllangan ? III asrdan 3. VI asrning ikkinchi yarmida Xitoyning birlashuviga nima turtki bo’ladi ? Turk xoqonligi istilosi xavfi 4. Xitoyda Suy sulolasi hukm surgan davr ? 589-618-yillar 5. Dayanta minorasi qayerda va qachon qurilgan ? Siyan shahrida 652-yilda 6. Xuanxe va Yanszi daryolari oralig’idagi hududlarni savdo – sotiq munosabatlariga tortish uchun qurilgan kanal qaysi ? Loyan buyuk kanali 7. Tan sulolasiga kim asos soladi ? 618-yilda Li Yuan 8. Tan sulolasi hukm surgan davr ? 618-907-yillar 9. Xitoyda nechanchi yilgi qabul qilingan qonunga ko’ra , har bir xo’jalik uy hovlisi o’rnidan tashqari 80 mu gacha yer olish huquqiga ega bo’ladi ? 624-yilgi 10 1 mu necha sotixga teng ? 6 sotix 11. Loyan buyuk kanalini qurilishida qancha odam qatnashgan ? 2 mln 12. Buyuk Xitoy devorini qurilishida qancha oam qatnashgan ? 1 mln 13. Xitoyda ilk o’rta asrlarda a’yonlarga unvon va lavozimlariga qarab qancha yer berilgan ? 500 mu dan 10000 mu gacha 14. Xitoyga ilk o’rta asrlarda xarbiylarga alohida hizmatlari uchun qancha yer berilgan ? 300 mu dan 6000 mugacha 15. Xanchjou, Kayfin, Yanchjou shaharlari nechanchi asrdan yuksalgan ? VII asrdan 16. Ilk o’rta asrlarda Xitoyda shahar darvozasidan kechasi oshib o’tganga qancha darra urilgan ? 70 darra 17. Nechanchi asrlardan Xitoyda tog’ konchilik sohasi, chinni va sopol buyumlar ishlab chiqarish yuksaladi ? VII-VIII asrlardan 18. Ilk o’rta asrlarda Xitoydagi eng yirik bozor qaysi bo’lgan ? Yanchjoudagi bozor 19. Xitoyda yangi pul birligi “siyan” qachon joriy etilgan ? VII asrda 20. Xitoyda joriy etilgan siyan pulining o’rtasidagi teshiklar nimaga xizmat qilgan ? Pulni ipga tizib yurishga 21. 640-yilda Xitoy qo’shinlari qaysi davlatni bosib oladi ? Gaochan davlatini 22. Xitoy qo’shinlari Turk xoqonligiga qarshi nechanchi yillarda urush olib boradi ? 657-679-yillarda 23. Xitoy qo’shinlari Koreyaga qarshi qachon urush boshlaydi ? 668-yilda . Poytaxt Pxenyanni egallaydi 24. Xitoyda U Day sulolasi hukm surgan yillar ? 907-960-yillar 25. Xtoyda Sun sulolasi hukm surgan yillar ? 960-1279-yillar 25. Xitoyda Xanlin akademiyasiga nechanchi asrda asos solinadi ? VIII asrda 26. Xitoyliklar qachon selitradan porox olishni kashf etadi ? X asrda 27. Xitoyliklar nechanchi asrdan boshlab poroxdan harbiy maqsadlarda foydalana boshlaydi ? XI asr boshlaridan 28. Xitoyda qaysi sulola davrida yaratilgan 500 jillik salnoma bizga qadar yetib kelgan ? Sun sulolasi davrida 29. Pekinda “Poytaxt axboroti” gazetasi nechanchi asrdan chiqa boshlagan ? VIII asrdan 30. “Poytaxr axboroti” gazetasida qanday habarlar berilgan ? Imperator farmonlari va muhim habarlar 31. Dastlabki “pantamimo” ya’ni imo teatri qayerda tashkil etilgan ? Xitoyda 32. Xitoyda qaysi sulola davrida budda dini keng yoyiladi ? Tan sulolasi davrida Download 107.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling