Vinochilik texnologiyasi va sanoat uzumchiligi


Download 0.83 Mb.
bet2/21
Sana09.05.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1448164
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
ulugbek hisobot

Etil spirti – xalq xo‘jaligini turli soxalarida keng qo‘llanilib kelinmoqda. Uning asosiy iste’molchi oziq-ovqat sanoati hisoblanadi. Etil spirti asosan kuchli spirtli ichimliklar tayyorlashda. sharoblarni quvvatlantirishda , uksus tayyorlash , xidbo’y maxsulotlar ishlab chiqarishda va boshqa maqsadlar uchun keng qo‘llaniladi. Tibbiyot sanoatida va meditsinada vitamin ishlab chiqarishda va dori darmon tayyorlashda ,dezinfekatsiya qilish maqsadida ishlatiladi. Etil spirti shuningdek kimyo sanoatida va boshqa sanoatlarda xam ishlatiladi .
Oziq-ovqat sanoati uchun ishlatiladigan spirt kraxmalli va qandli xom-ashyolardan olinadi. Buning uchun kraxmalli xom-ashyolar qayta ishlanadi va qandli moddlarga aylantiriladi. Kraxmalni qandli moddalarga aylantirish uchun amilotik fermentlardan foydalaniladi.
Don tarkibidagi kraxmal erimaydigan xolatda xujayra ichida joylashgani uchun, amilolitik fermentlar uni gidrolizlay olmaydi va xujayra qobig‘i unga to‘sqinlik qiladi.
Kraxmal oziq modda zaxirasi sifatida o‘simliklar tarkibida eng ko‘p tarqalgan uglevoddir. Bug‘doy kraxmali donachasi-yirikroq, kartoshka kraxmali esa qavatli tuzilishga ega bo‘lgan yirik donachadir.
Boshoqli o‘simliklar donalarida kraxmal eng ko‘p miqdorda bug‘doy (75% gacha), makkajo‘xori (72% gacha), shuningdek kartoshka tuganaklarida (24% gacha) bo‘ladi.
Spirt ishlab chiqarishni asosiy jarayonida – kraxmlni qandli moddalarga aylantirish va qandni etil spirtiga aylantirish biologik katalizatorlar orqali amalga oshiriladi . Shuning uchun bu bioximiyaviy jarayon xisoblanadi. Lekin qand achitqi yordamida spirtga aylantiriladi . Shuning uchun mikrobiologik texnologiya jarayonlariga xam kiradi. Shu bilan birga spirt ishlab chiqkarish mexanik , issiqlik va fiziko-ximyaviy jarayonlarni uz ichiga qamrab olgan fandir .
Spirt ishlab chiqarishda quyidagi ikkilamchi maxsulotlar xosil bo‘ladi: uglevod dioksid, barda ,sivuxa yog‘lari va efir aldegidli fraksiyasi. Uglevod dioksid spirtli bijg‘ish vaqtida hosil bo‘ladi. Uni yig‘ib tozalaniladi va suyuq yoki qattiq xolda aylantiriladi. Melassa brajkasidan spirtni haydashdan oldin achitqi ajratiladi va non mahsulotlari ishlab chiqariladi .
Etil spirt haydashda ajralib chiquvchi sivuxa yog‘lari (asosan izoamil, izobutil va n-propil spirtlarni aralashmasi ) va bosh fraksiya texnik maxsulot sifatida ishlab chiqarishga beriladi. Brajkani haydashda hosil bo‘ladigan qoldiq modda barda deyiladi. Don-kartofelli barda kraxmal va achitqidan tashqari xom-ashyo tarkibidagi kiruvchi barcha moddalarni saqlaydi .
Don va solod tarkibidagi azotli moddalarni oz qismi achitqini oziqlanishiga sarflanadi. Lekin achitqi to‘la qiymatli oqsil, ko‘pgina vitaminlar va boshqa biologik muxim moddalarni sintez qiladi. Shuning uchun don-kartofelli barda hayvonlar uchun yaxshi yem hisoblanadi. Ba’zi bir korxonalarda barda quritiladi.
O’zbekiston Respublikasi Mustaqil bo’lganidan so’ng oziq ovqat sanoatining ko’pgina tarmoqlarda katta o’zgarishlar sodir bo’ldi. Shu jumladan spirt ishlab chiqarish tarmog’ida ham Respublikamizda deyarli barcha viloyatlarida oziq – ovqat uyushmasiga qarashli barcha korxonalar o’z korxonalarning ishini qayta ko’rib chiqish davr talabiga javod beruvchi va raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarish uchun o’z imkoniyatlaridan foydalangan holda qo’shimcha korxonalar ochmoqdalar.
Respublikada spirt ishlab chiqarish uchun deyarli hamma sharoitlar mavjud. Korxonalarning ko’pchiligini mahalliy don mahsulotlaridan foydalangan xolda spirt ishlab chiqarishmoqda.
Xozirgi kunga kelib O‘zbekiston quyidagi spirt zavodlari mavjud.

O‘zsharobsanoat” AJning O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga beriladigan tashkilotlar ustav kapitallaridagi ulushlari


RO‘YXATI


Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling