Xalqaro valyuta-kredit va moliya bozorlari
32-BOB. XALQARO VALYUTA-KREDIT VA MOLIYA BOZORLARI
Download 53.37 Kb.
|
XVK 2
520
32-BOB. XALQARO VALYUTA-KREDIT VA MOLIYA BOZORLARI Yuqoridagi tabiiy imkoniyatlardan kelib chiqqan holda respublikaning xalqaro moliya munosabatlari va jahon xo‘jaligiga integratsiyasi majmuyi aniq belgilangan m aqsadlar ham da ularni amalga oshirishga qaratilgan asosiy tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Birinchidan, respublika milliy iqgisodiyotining kuchli eksport bo‘g‘inini tashkil etuvchi va uning jahon bozorida munosib o‘rinni egallashini ta’minlovchi bo‘- g‘inlarni aniqlash; Ikkichidan, iqtisodiyotning eksport sohasida davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash usulidan keng foydalanish. Bu usullar quyidagilardan iborat: • eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishni kengaytirish uchun imtiyozli foizlar bo‘- yicha uzoq muddatli kreditlar ajratish, moijallangan investitsiyalarni sug‘urtalash; • eksportyorlarga m illiy ishlab chiqarish va uning xorijiy raqobatchilari ishlab chiqarishi xarajatlari o‘rtasidagi farqni qoplash; • davlat tomonidan respublikaga ilg‘or texnologiyalar, tajribalar va bilimlarning kirib kelishi uchun subsidiyalar ajratish; • eksport va importni litsenziyalash yoki chetga mol chiqarishga va chetdan uni olib kelishga ruxsatnom alar berish; • ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi, xorijdan keltirilgan xomashyo va materiallar, asbob-uskunalar hamda jihozlar ulushini bosqichma-bosqich kamaytirish va boshqalar. Shu bilan birga xalqaro moliya sohasidagi siyosat milliy valyutani mustahkamlash va uni boshqa valyutalarga erkin alm ashuvini ta’m inlashni, ichki narxlarni jahon bozori narxlariga yaqinlashtirish maqsadida baholar islohotini tugallashni, tashqi iqtisodiy faoliyatning m e’yoriy-huquqiy asoslarini xalqaro talablar darajasiga yetkazishni nazarda tutadi. 0 ‘zbekiston uchun bu sohadagi asosiy strategik maqsadlar quyidagilardan iborat: • 0 ‘zbekiston Respublikasining jahon iqtisodiy tizimi integratsiyasiga qo‘shilib borishini ta’minlash; • eksport potensialini rivojlantirish; • import va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish; • investitsiya siyosatini takomillashtirish; • xorijiy investitsiyalarni jalb qilish; • eksport m ahsulotlari ishlab chiqarish zonalari va erkin iqtisodiy hududlarni rivojlantirish; • tashqi iqtisodiy faoliyat infratuzilm asini rivojlantirish. M am lakatning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvining muhim tarkibiy qismi — davlatlarning turli xalqaro mintaqaviy birlashmalari, xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan aloqalarni rivojlantirishdan iborat. 0 ‘zbekiston mintaqaviy xalqaro tashkilotlar, chunonchi, Yevropa Ittifoqi, YeXHT, NATO, EKO, OIK va boshqalar bilan ham samarali hamkorlik qilmoqda. Bular orasida Yevropa Ittifoqi alohida o‘rin tutadi. 1996-yilda Yevropa Ittifoqi bilan 0 ‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishda bir qancha muhim ishlar amalga oshirildi. Download 53.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling