Xalqaro valyuta-kredit va moliya bozorlari


Jahon valyuta, kredit va moliya bozorlari: ishtirokchilari va tarkibi


Download 53.37 Kb.
bet2/18
Sana05.01.2022
Hajmi53.37 Kb.
#226407
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
XVK 2

Jahon valyuta, kredit va moliya bozorlari: ishtirokchilari va tarkibi

Milliy ishtirokchilar Bozorlarning tarkibi Xalqaro ishtirokchilar

Korporatsiyalar Valyuta bozorlari, shu jumladan

yevrovalyutalar bozori Xalqaro korporatsiyalar, TMK

Banklar va maxsus moliya-kredit

institutlari, shu jumladan sug'urta

kompaniyalari

Ssuda kapitallari bozori: Xalqaro banklar, TMB Maxsus

moliya-kredit institutlari,

shu jumladan sug'urta kompaniyalari

a) pul bozori;

b) kapitallar bozori;

d) yevrobozor.

Fond va tovar birjalari

Moliya bozorlari Yirik fond va tovar birjalari

Sug'urta bozorlari Davlat

Davlat Oltin bozori Xalqaro valyuta-kredit

va moliya tashkilotlari

Manba: Международные валютно-кредитные и финансовые отношения: Учебник / Под ред.

Л. Н. Красавиной. — 2-е изд., перераб. и доп. — М.: Финансы и статистика, 2002. С. 332.

Jahon moliya bozorining segmentlari o‘zaro bog'liq bo‘lib, ular o'rtasida doimiy

ravishda moliyaviy resurslarning oqib o'tishi sodir bo‘ladi.

Jahon moliya bozorlari tashkiliy jihatdan quyidagi turlarga ajratiladi:

1. Rasmiy tashkil etilgan yopiq moliya bozorlari. Ushbu bozorlarga kirish imkoniyati

cheklangan.

2. Norasmiy tashkil etilgan ochiq moliya bozorlari. Ushbu bozorlarga kirish imkoniyati

cheklanmagan.

3. Birlamchi bozor. Bu bozorda yangi chiqarilgan moliyaviy aktivlar savdosi amalga

oshiriladi.

4. Ikkilamchi bozor. Bu bozorda mavjud moliyaviy aktivlar savdosi amalga oshiriladi.

5. Doimiy bozor. Bu bozorlarda operatsiyalar maxsus xonalarda, uskunalarda va informatsion

texnologiyalar yordamida xohlagan vaqtda amalga oshiriladi va doimiy

bo‘lmagan bozorlar, masalan, kimoshdi savdolar (auksionlar) o'tkaziladi.

Miqyosiga ko‘ra moliyaviy bozorlar: milliy; hududiy va jahon bozorlariga bo'linadi.

506

32-BOB. XALQARO VALYUTA-KREDIT VA MOLIYA BOZORLARI



Jahon moliya bozori jahon bozorining raqobatchi subyektlari o‘rtasida tovarlar,

xizmatlar va kapitallarning harakatini ta’minlab beradi. Bundan tashqari moliya

bozorlari konyunkturaning holati to‘g‘risida menejerlarga zarur qarorlarni qabul

qilishda yordam beruvchi turli signallarni beradi.

Moliyaviy resurslar quyidagi kanallar bo‘yicha harakatlanadi:

• tovarlar (maxsus tovar — oltinni ham hisobga olgan holda) va xizmatlar savdosini

amalga oshirishdagi valyuta-kredit va hisob-kitob xizmatlari;

• asosiy va aylanma kapitallarga xorijiy investitsiyalar;

• kredit operatsiyalari;

• valyuta operatsiyalari;

• qimmatbaho qog‘ozlar va hosilaviy moliyaviy dastaklar bilan amalga oshiriladigan

operatsiyalar;

• rivojlanayotgan mamlakatlarga moliyaviy yordam hamda xalqaro tashkilotlarga

a’zolik badali shaklida milliy daromadning davlat byudjeti orqali qayta taqsimlanishi

va boshqalar.

Jahon moliya bozori turli milliy moliya bozorlari asosida yuzaga kelgan bo‘lib,

ular bir-biri bilan uzviy bogiangan.

Jahon moliya bozorining tarkibini o‘rganish va tahlil etish jahon moliya bozorining

mohiyatini tizimli o‘rganishda muhim ahamiyatga ega. Jahon moliya bozorining

tarkibini savdo qilinadigan moliyaviy dastaklar, boshqaruv va nazorat imkoniyatlari,

moliyaviy operatsiyalar amalga oshiriladigan joy va institutsionallik kabi

omillar asosida o‘rganish mumkin.

Institutsional nuqtayi nazardan esa jahon moliya bozorining tarkibi unda ishtirok

etish xarakteri, maqsadi va investorlarning turiga ko‘ra tahlil etiladi.




Download 53.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling