Xalqaro valyuta-kredit va moliya bozorlari


VIII BO'LIM. OCHIQ IQTISODIYOT


Download 53.37 Kb.
bet7/18
Sana05.01.2022
Hajmi53.37 Kb.
#226407
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
XVK 2

VIII BO'LIM. OCHIQ IQTISODIYOT

Lekin shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, raqobat muhiti har doim ham kutilgan

natijani beravermaydi. Shuning uchun bozor nazorati hukumat va hukumatlararo

nazorat tizimlari bilan birlashadi. Hukumatlar va xalqaro tashkilotlar jahon

moliya bozorini nazorat qilishlaridan ko‘zlangan maqsad bu sohada inqiroz holatlari

yuzaga kelishining oldini olishdan iborat.

Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi, xomashyo manbalari, foydali

investitsiyalar, yangi bozorlarga boigan raqobat kurashining rivojlanishi jadal

sur’atlar bilan moliyaviy resurslarning bir mamlakatdan boshqasiga oqib o‘tishiga,

bunday resurslar milliy xarakterining tobora yo‘qolib borishiga olib keldi. Milliy

moliya bozorlari o‘zlarining nisbiy mustaqilligini saqlab qolishgan bo‘lsa-da,

lekin jahon moliya bozorlari bilan chambarchas bogianib bormoqda. Jahon moliya

bozorlarining barqaror sur’atlarda o‘sishi tufayli keng imkoniyatlarning mavjudligi

va tobora mobillashib borishi xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimidagi muhim

sohalardan biriga aylandi.

Ma’lumki, bugungi kunda jahon iqtisodiyoti chuqur tizimli inqiroz sharoitida

bo‘lib, fond va bank tizimining inqirozga uchrashi tufayli iqtisodiyotning barcha

tarmoqlariga ta’sir ko‘rsatdi.

Jahon xo‘jaligining moliyaviy sektoriga ko‘rsatayotgan ta’siri inqirozning milliy

iqtisodiyotga ta’sirini minimallashtirish maqsadida markaziy banklar tomonidan

moliya bozorini doimiy ravishda kuzatib, tahlil qilib borishini talab etmoqda.

Global moliya bozori xalqaro masshtabda kapitallarning harakatini ta’minlab

berishi bilan jahon iqtisodiyotining muhim elementi boiib xizmat qiladi. XX asrning

60-yillarida jahon moliya bozorining vujudga kelishi ssuda kapitallari bozori

xalqaro operatsiyalarining baynalmilallashuvi asosida ro‘y berdi. Bu davrga qadar

bir qator sabablar — 1929-1933-yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi, Ikkinchi jahon

urushi, mavjud valyuta cheklovlari va bozorning qattiq nazorat etilishi tufayli xalqaro

savdo faol boimay, to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar va moliyaviy operatsiyalar

deyarli yo‘q edi.

Bretton-Vudsda shakllantirilgan institutlarga (XVF va Jahon banki) kapitallar

oqimini xalqaro miqyosda kengaytirish va jadallashtirish orqali jahon savdosi

rivojlanishiga turtki berish maqsadida asos solingan edi. Jahon banki to‘g‘ridan

to‘g‘ri investitsiyalar tanqisligini toidirib turishi, Xalqaro valyuta fondi esa savdodagi

disbalansni bartaraf etish uchun moliyaviy kreditlarga bolgan talabni qondirishi

kerak edi. Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda asta-sekin tashqi savdo

va valyuta cheklovlarini bekor qilish siyosati olib borildi. Jahon moliya bozoridagi

operatsiyalarga davlatning aralashuv shakli hamda darajasi har bir mamlakatning

valyuta-kredit tizimi va iqtisodiyotining holatidan kelib chiqqan holda o‘zgarib turar

edi. Integratsion jarayonlar yagona foiz stavkalari tizimining shakllanishi va muomaladagi

valyutalar doirasining qisqarishiga olib keldi. Yirik milliy kompaniyalar

va banklarning transmilliylashuvi sodir boidi. Aynan shular qo‘shimcha daromad

olish maqsadida bo‘sh turgan aktivlarni xorijdagi ishlab chiqarish va moliya strukturalarini

investitsiyalashga turtki berib zarurat tugilganda jahon moliya bozoridan

qo'shimcha kapital qarzga olinar edi.

Yuqori axborot texnologiyalarining rivojlanishi turli moliya bozorlarining birbirlariga

bogiiqligi hamda ularning barchasining AQSh iqtisodiyoti va moliyasiga

bogiiqligini kuchaytirib yubordi.

0 ‘ziga xos rivojlanish sur’atlariga ega bolgan integratsiyalashgan global moliya

bozori shakllandi. Uning ichida kapitallarning doimiy harakati ro‘y berib, qisqa

muddatli qo‘yilmalar o‘rta va uzoq muddatli kreditlarga aylandi, qimmatli qog‘ozlar

emissiyasi o‘rnini oddiy bank zayomlari egalladi. Qimmatli qog‘ozlar bozori


Download 53.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling