Xalqaro valyuta-kredit va moliya bozorlari


VIII BO'LIM. OCHIQ IQTISODIYOT


Download 53.37 Kb.
bet9/18
Sana05.01.2022
Hajmi53.37 Kb.
#226407
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Bog'liq
XVK 2

511

VIII BO'LIM. OCHIQ IQTISODIYOT

Bloklarni shakllantirish jahondagi iqtisodiy holatning beqarorlashuviga qarshi

o‘ziga xos himoya reaksiyasi hisoblanadi. Shu bilan birga Xitoy va Hindiston singari

mamlakatlarning jahon iqtisodiyotidagi ahamiyati ortib, ularning yaqin kelajakda

hududiy bloklar bilan tenglashtiriladigan iqtisodiy tizimlarga aylanishi kutilmoqda.

XX asr oxiri XXI asr boshlariga kelib jahon moliya bozori miqyosi juda katta

hajmga ega boidi. Xalqaro hisob-kitoblar Banki va XVF ma’lumotlariga ko‘ra, muomalaga

kiritilgan xalqaro obligatsiyalarning qiymati 2,3 trln. dollarni, butun mamlakatlarning

tashqi qarz majburiyatlari esa 3,2 trln. dollarni tashkil qilar ekan. 70-yillarning

oxirida yuzaga kelgan hosilaviy moliyaviy dastaklar bozori jadal sur’atlar

bilan rivojlanib kelmoqda. Ulardan eng muhimlari hisoblangan foiz svoplari

va opsionlari hamda zayomlar bo‘yicha valyuta svoplarining umumiy qiymati

40 trln. dollardan oshib ketgan. Bu esa, biznesning naqd puldagi operatsiyalarning

muddatli operatsiyalarga va real sohadagi operatsiyalarning moliyaviy sohadagi

operatsiyalarga ko‘chib o‘tishini ko‘rsatadi.

Jahon moliya bozorining zamonaviy tarkibi kredit resurslari operatsiyalarining

oxirgi ishtirokchilari — kreditor va qarzdor — turli mamlakatlarning rezidentlari

bo‘yicha qayta taqsimlashni taqozo etar edi. Institutsional nuqtayi nazardan bozor

ishtirokchilari — bu xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasida ssuda kapitallarining

harakatini ta’minlab beruvchi kredit-moliya tashkilotlaridir. XXI asr boshlarida

kapitallarning iste’molchilari (asosiy qarz oluvchilari) hisoblangan korporatsiyalar

va banklarning kapital tarkibida qarz dastaklarining ulushi oshib ketdi. Qarz oluvchilarning

jahon moliya bozoriga kirishi ancha soddalashtirildi, operatsiyalar olib

borishga kam xarajatlar talab etilar va axborot berish masalasida talablar soddalashtirilgan

edi. Bir vaqtning o‘zida yirik qarzlarni hukumatlar olardi. Lekin ular o‘zlarining

statusiga ko‘ra jahon moliya bozoriga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qila olmaydilar

va bu masala aksiyadorlik jamiyatlari orqali amalga oshirilar edi.

Moliyaviy bozorlardagi oxirgi o‘n yillikning muhim tendensiyalaridan biri —

jamoa investitsiyalash bo'yicha institutsional investorlaring yoki moliyaviy institutlarning

miqdoriy va sifat o'sishi sodir boiishi hisoblanadi. Sug‘urta kompaniyalari,

pensiya va paychilik fondlari, investitsion kompaniyalarning roli o‘sib borib,

investitsiyalar uzoq muddatli xarakterga ega boigan fond boyliklariga qaratilishi

jarayoni ro‘y berdi.

Valyuta zaxiralarining intensiv ravishda jamlanishi jahon moliya bozorida markaziy

banklarning investor sifatidagi o‘rni va ahamiyatining oshishiga olib keldi.

Jahon amaliyoti ko‘rsatishicha, Markaziy banklar mamlakatning moliyaviy resurslarini

samarali boshqaradi va valyuta intervensiyasini yuritadi. Har bir markaziy

bank o‘zining investitsion siyosatini olib boradi. Hozirda moliyaviy dastaklar doirasi

juda keng, o‘z navbatida, markaziy banklarning invetitsion portfeli differensiatsiyalashmoqda.

Hosilaviy moliyaviy dastaklar bilan savdo dinamik ravishda o‘sib bordi. Bu esa

tez o‘zgaruvchi xalqaro iqtisodiy munosabatlar sharoitida moliya bozorining rivojlanishini

ta’minlashga qaratilgan yangi turdagi dastaklarning jadal sur’atlarda paydo

boiishiga olib keldi.

Global moliya tizimining hosilaviy moliyaviy dastaklar bozori jahon moliyaviy-

iqtisodiy tizimini izdan chiqaruvchi manba boiib qoldi.

Jahon moliya bozorining rivojlanishidagi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroziga

qadar quyidagi tendensiyalarni ajratish mumkin1:

1 Фролова E. В. Мировой финансовый рынок: до и после кризиса. //ЭКО, №6, 2010. С. 163-164.

512


Download 53.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling