Xalqaro valyuta-kredit va moliya bozorlari


32-BOB. XALQARO VALYUTA-KREDIT VA MOLIYA BOZORLARI


Download 53.37 Kb.
bet8/18
Sana05.01.2022
Hajmi53.37 Kb.
#226407
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
XVK 2

510

32-BOB. XALQARO VALYUTA-KREDIT VA MOLIYA BOZORLARI

hajmi astronomik ko‘rsatkichlarda hisoblanadigan darajada spekulyativ kengayishi

va kapital qo‘yilmalari hajmining ko‘payishi yuz berdi.

Ishlab chiqarish xarajatlari rivojlanayotgan mamlakatlardagi arzon ishchi kuchi

va resurslar hisobiga tovarlarning tannarxiga minimal darajada ta’sir ko‘rsata boshladi.

Moliya bozorlari tobora iqtisodiy reallikdan farqlanib borib, valyutalar va qimmatli

qog‘ozlarning narxlari ramziy ravishda sun’iy yaratilgan narxlar asosida shakllandi.

Moliya bozorida noaniqlikning yuzaga kelishi, xususan, valyuta va qimmatli

qog‘ozlarning kurslaridagi noaniqlik risklarni boshqarish mexanizmlarining rivojlanishiga

turtki berdi. An’anaviy moliyaviy dastaklar yangi turdagi qimmatli qog'ozlar

va majburiyatlar — boshqa qimmatli qog'ozlarning hosilasi hisoblangan derivativlar

bilan to‘ldirildi. Derivativlar valyutalar, aksiyalar va boshqa aktivlarning

kurslari o‘zgarishi hisobiga o‘ynash imkoniyatini ochib berdi. Ushbu bozorning

xususiyati shundan iboratki, moliyaviy operatsiyalar olib boradigan ayrim ishtirokchilarning

risklarini qayta taqsimlash va pasaytirish orqali uning faoliyati umumiy

tizimli riskning oshib ketishiga olib keladi. Derivativlar bilan olib boriladigan tranzaksiyalar,

amalda, huquqiy boshqaruv tizimiga bo‘ysunmas ekan, bu holat keng

miqyosdagi spekulyativ operatsiyalarga yo‘l ochib, moliya, valyuta-moliya sohasining

real iqtisodiyotdan ajralib chiqishi jarayonini jadallashtiradi.

Bu ajralish ular o'rtasidagi aloqaning susayganligini bildirmaydi. Aksincha,

bogiiqlik darajasi kengaydi, lekin oldindan aytib bo'lmaydigan xarakterga ega bo'lib

bordi. Moliyaviy operatsiyalar sohasida kapitalni akkumulyatsiya qilish darajasi

tobora o'sib bordi, natijada bunday akkumulyatsiya oqibatida to'g'ridan to'g'ri

investitsiyalarning spekulyativ aktivlarga aylanishi yuz berdi. Shunday qilib jahon

moliyaviy-iqtisodiyot dunyosida «Sovun pufagi» deb nomlangan fenomen yuzaga

keldi.


Katta hajmdagi kapitallarning nazoratsiz harakati, asosan, qisqa muddatli portfel

investitsiyalar shaklida yuz beradi va ularning moliyaviy spekulyatsiyalar sohasida

konsentratsiyalanishi butun moliya bozori tizimining beqarorlashuviga olib keladi.

Buning oqibatlarini biz davriy ravishda yuzaga keladigan valyuta-moliya inqirozlarida

ko'rishimiz mumkin.

XXI asr boshlarida sodir bo'layotgan voqealar global tendensiyalar bilan bog'liq

bo'lgan inqirozlarning tizimli xarakterga ega ekanligini tasdiqladi. 2008-yilning

ikkinchi yarmidan boshlab, butun xalqaro moliya bozori tizimini larzaga keltirgan

jarayonlar muomaladagi qimmatli qog'ozlar va pul massasi o'rtasidagi o'zaro bog'-

liqlik juda beqaror ekanligini ko'rsatib berdi.

O'zaro bir-biri bilan uzviy bog'liq bo'lgan va bu inqirozning kelgusidagi qaytarilishining

oldini olib bo'lmaydigan quyidagi muammolarni sanab o'tish mumkin:

• hosilaviy qimmatli qog'ozlar bozori bilan bog'liq bo'lgan muammolar;

• milliy valyuta tizimlari bilan bog'liq bo'lgan muammolar;

• jahon qarzdorlik inqirozi bilan bog'liq bo'lgan muammolar;

• tovar va xizmatlar bozorining ochiqlik darajasi bilan bog'liq bo'lgan muammolar.

Jahon moliya bozorini boshqaruvchi mavjud dastaklar yetarli emas va amalda

inqirozdan chiqishga yordam beradigan yoki kelgusida ro'y berishi mumkin bo'lgan

inqirozlarni oldindan aytib bera oladigan aniq retsept mavjud emas. Muammoni

hal qilish uchun butun jahon bo'yicha iqtisodiy va siyosiy jihatdan yuqori darajadagi

integratsiya bo'lishi kerak. Lekin, amalda jahon bozorida raqobatlashuvchi

Shimoliy Amerika, G'arbiy Yevropa, Janubi-Sharqiy Osiyo hududlari bo'yicha xalqaro

hududiy iqtisodiy bloklarning vujudga kelishi yuz bermoqda.


Download 53.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling