Xalqaro valyuta-kredit va moliya bozorlari
Download 53.37 Kb.
|
XVK 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- VIII BOLIM. OCHIQ IQTISODIYOT Pul bozori
- Spekulyantlar
- Arbitrajchilar
- «Moliyaviy chuqurlik»
- Mikrodarajada «moliyaviy chuqurlik»
Asosiy tushunchalar
Jahon moliya bozori — mamlakatlar o‘rtasida kapital resurslarini jam lash va taqsimlashni ta’minlab beruvchi bozor munosabatlari yig‘indisi. Xalqaro ssuda kapitali bozori — bo‘sh turgan pul kapitallarning to‘planishi va mamlakatlar o‘rtasida qayta taqsimlanishi bo‘yicha munosabatlar majmuasi. 521 VIII BO'LIM. OCHIQ IQTISODIYOT Pul bozori — xalqaro savdoga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq qisqa muddatli operatsiyalar bozori. Kapitallar bozori — uzoq muddatli operatsiyalar bozori. Derivativlar — biror-bir moliyaviy dastakning hosilaviy shakli hisoblanadi. Offshor — kredit tashkilotlari (milliy va xorijiy) norezidentlar bilan chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshiruvchi jahon moliya markazi. Xedjerlar — valyuta kurslarining kelgusida salbiy tomonga o‘zgarishidan ko‘- riladigan moliyaviy zararning oldini olish bilan shug‘ullanuvchi ishtirokchilar. Spekulyantlar — moliyaviy instrumentlarning kurslaridagi farq hisobiga foyda olishni ko‘zlagan ishtirokchilar. Treyderlar — moliyaviy instrumentlarning kurslari o‘zgarishidan foydalangan holda bir yoki bir nechta shartnomalar asosida foyda olishni ko‘zlagan jahon moliya bozori ishtirokchilari.
moliyaviy resursni sotib olish va sotish orqali foyda ko‘radigan jahon moliya bozori ishtirokchilari.
oshiruvchi jismoniy shaxslar. Institutsional investorlar — jamoaviy investitsiyalash bilan shug‘ullanuvchi moliya institutlari guruhi. «Moliyaviy chuqurlik» — iqtisodiy o‘sish sur’atlari va iqtisodiyotning pul resurslari bilan to‘yinganligi, moliya, pul-kredit tizimlarining murakkabligi va keng tarmoqliligi o‘rtasidagi bog‘liqlik.
darajasining (qarz yukining monetizatsiya darajasi) yalpi ichki mahsulotga nisbati. Mikrodarajada «moliyaviy chuqurlik» — kompaniyaning bozordagi kapitallashish darajasining kompaniya kapitaliga nisbati. Nazorat savollari 1. Jahon moliya bozori nima va u operatsiyalar obyektiga ko‘ra qanday segmentlarga ajratiladi? 2. Jahon bozorlari tashkiliy jihatdan qanday turlarga ajratiladi? 3. Jahon moliya bozorining institutsional tarkibi qanday? 4. Jahon moliya bozorining ishtirokchilari qaysi mezonlarga ko‘ra guruhlanadi? 5. Jahon moliya bozorining tarkibi qanday va rivojlanish xususiyatlari nimalardan iborat?
6. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining vujudga kelish sabablari nimalardan iborat? 7. Xalqaro ssuda kapitali bozori deganda nima tushuniladi. U o‘z ichiga qaysi bozorlarni oladi? 8. 0 ‘zbekistonning xalqaro moliya munosabatlariga integratsiyalashuv xususiyatlari nimalardan iborat? 522 Download 53.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling