32.3. Jahon moliyaviy inqirozining vujudga kelish
sabablari va undan chiqish yoilari
Yuqorida qayd etilgan sabablar ta’sirida vujudga kelgan joriy moliyaviy inqiroz
va retsessiya jahon moliya bozorida deyarli o‘ttiz yil moboynida davom etayotgan
o‘sish sur’atlarining to‘xtatishiga olib keldi. Tahlillar ko‘rsatishicha, 2008-yilda
jahon moliyaviy aktivlari 16 trln. dollarga (8 %) qisqardi va 178 trln. dollarni tashkil
etdi. Dunyoning barcha yirik mamlakatlarida moliyaviy aktivlarning qisqarishi
yuz berdi, jumladan, eng katta pasayish Sharqiy Yevropa mamlakatlari (64 %),
Rossiya (40 %), Hindiston (23 %), Xitoyda (17 %) yuz berdi. Mutlaq ko'rsatkichlar
bo'yicha eng katta yo'qotish AQSh ga tegishli boiib, 2007-2008-yillarda mamlakat
moliyaviy aktivlari 5,5 trln. dollarga kamaydi (32.3.1-jadval).
32.3.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |