Xalqaro valyuta-kredit va moliya bozorlari
‘zbekistonning xalqaro moliya munosabatlarga integratsiyalashuvi
Download 53.37 Kb.
|
XVK 2
32.4. 0 ‘zbekistonning xalqaro moliya munosabatlarga integratsiyalashuvi
0 ‘zbekiston Respublikasining jahon xo‘jaligiga integratsiyalashuvida uning hududiy va global darajadagi raqobatbardoshligi bo‘yicha qiyosiy ustunligi, tashqi iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish va uni amalga oshirish bilan ko‘p jihatdan bog‘liq. Amalga oshirilayotgan tarkibiy islohotlar bo‘yicha qizg‘in munozaralarning mavjudligiga qaramasdan, tashqi iqtisodiy siyosatni ishlab chiqishda, hukumat mamlakatning geografik, ishlab chiqarish va texnologik, mehnat resurslaridan foydalanish samarasini inobatga olmoqda. Xalqaro mehnat taqsimotining kuchayishi xalqaro moliyaviy munosabatlar ishtirokchilaridan yuqori darajadagi raqobatbardoshlikni talab etadi. Shu jihatdan jahon xo‘jaligida 0 ‘zbekiston qo‘shni MDH mamlakatlaridan o‘zining quyidagi xalqaro ustuvorliklari bilan ajralib turadi: • qadimiy boy madaniyat, tarixiy va diniy yodgorliklar xalqaro turizm sonoatini rivojlantirish uchun qulay imkoniyatlarni yuzaga keltiradi; • qulay tabiiy iqlim va tabiiy boyliklar — ishlab chiqarish, qurilish va qishloq xo‘jaligi sohasida raqobatbardosh muhitni shakllantiradi; • «Buyuk ipak yo‘li»da joylashganligi xalqaro integratsiyada Yevropa bilan Osiyoni bog‘lovchi «ko‘prik» vazifasini bajarishga yetarlicha imkoniyatni vujudga keltiradi; • 0 ‘zbekiston Respublikasi yetarli darajada malakali mutaxassislar bilan ta’minlangan. Zamonaviy texnologiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini barpo qilish bu sohadagi imkoniyatlarni kengaytiradi; • mamlakat hukumati tomonidan ichki ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish va eksportni rag‘batlantirish siyosatining yuritilishi. 0 ‘zbekiston Respublikasining xalqaro moliya munosabatlaridagi ishtirokida xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik muhim ahamiyat kasb etadi. 519
Download 53.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling