Xalqaro valyuta-kredit va moliya bozorlari
Download 53.37 Kb.
|
XVK 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchinchidan
- To‘rtinchidan
- Beshinchidan
Ikkinchidan, jahon moliya bozorining «moliyaviy chuqurligi» ortdi. «Moliyaviy
chuqurlik» tushunchasi makroiqtisodiyotda 1980-yillarda Jahon banki tomonidan iqtisodiy o'sish sur’atlari va iqtisodiyotning pul resurslari bilan to'yinganligi, moliya, pul-kredit tizimlarining murakkabligi va keng tarmoqliligi o'rtasidagi bog'liqlikni ifodalash uchun joriy etilgan. Makrodarajada bu ko'rsatkich moliyaviy bozorning kapitallashish darajasi (qarz yukining monetizatsiya darajasi)ning yalpi ichki mahsulotga nisbati orqali topiladi. Mikrodarajada esa kompaniyaning bozordagi kapitallashish darajasining kompaniya kapitaliga nisbati sifatida baholanadi. Jahon moliya bozorining «moliyaviy chuqurligi» ko'rsatkichi 2006-yilda 345 %ga teng bo'lgani holda 2007-yilda 359 %ga yetdi va asosan aksiya, obligatsiyalar bozori, ba’zi hollarda davlat qarzining ortishi yoki aktivlar bozorini noto'g'- ri baholash hisobidan yuz berdi. Moliya bozorining «chuqurligi» ularning likvidligini oshirdi, qarz oluvchilar uchun kredit olish imkoniyatlarini yaxshiladi, moliyaviy aktivlarni1 samarali baholashga yordam berdi va iqtisodiy o'sishni jadallashtirdi. Davlat qarzlaridan tashqari barcha turdagi aktivlar hajmi ortib bordi. Jumladan, 1990-yilda moliyaviy aktivlar hajmi 33 ta mamlakatda YalM hajmidan oshib ketgan bo'lsa, 2006-yilga kelib ularning soni 72 taga yetdi.
bozorlarining bir-biriga bog'liqligini yanada kuchaytirdi. Axborot olish tezligi, yangi texnologiya va kommunikatsiyalar global banklar hamda moliyaviy vositachilarni vujudga keltirdi. Ko'plab mamlakatlar xorijiy kapital harakati yo'lidagi to'siqlarni kamaytirdi, xorijiy investorlar uchun ichki bozorlarni ochib, o'z fuqarolari va kompaniyalariga xorijga kapital chiqarish uchun ruxsat berishdi. To‘rtinchidan, investorlar o'z mamlakatlarining ichki bozorlariga qaraganda tashqi bozorlarga ko'proq kapital sarflay boshlashdi. Tahlillar ko'rsatishicha, xorijiy investorlar 1990-yilda jahon korporativ obligatsiyalarining 7 %ga egalik qilgan bo'lsalar, 2007-yilda bu ko'rsatkich 21 %ga yetdi. Beshinchidan, xorijiy qarzlar va kreditlar hajmi jadal sur’atlarda ko'paydi. 2002-2006-yillarda xorijiy qarzlar va kreditlar hajmi 4 baravarga oshib, jahon moliya bozorining yirik segmentiga aylandi. 2006-yilda xorijiy obligatsiyalarga kapital qo'yish hajmi 2,5 trln. dollarni tashkil etib, ushbu bozorning ikkinchi segmentiga aylandi. Investorlar davlat obligatsiyalariga emas, balki korporatsiyalarning obligatsiyalariga mablag' sarflay boshlashdi. Natijada davlat obligatsiyalari ulushi obligatsiyalar bozorining uchdan bir qismigacha qisqarib, korporativ obilagsiyalar ulushi ikki baravarga ortdi. Xorijiy aksiyalarga investitsiyalar 2006-yilda 926 trln. dollarni tashkil etib, moliya bozorining 11 %ni tashkil etdi. Jahon moliya bozorining geografik tarkibida rivojlangan mamlakatlar yetakchi mavqega ega. AQSh qimmatli qog'ozlar bozori jahondagi eng yirik bozor 1 Moliyaviy aktivlar— jahon moliya bozori aktivlarining bir qismi bo'lib, o‘zida bank depozitlari va qimmatli qog'ozlar kabi moliyaviy resurslarni ifoda etadi.
VIII BO'LIM. OCHIQ IQTISODIYOT hisoblanadi. Yevrozona, Buyuk Britaniya va Yaponiya bozorlari keyingi o‘rinlarni egallaydi va ularning bu bozordagi ulushi ortib bormoqda (32.2.1-rasm). Download 53.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling