32-BOB. XALQARO VALYUTA-KREDIT VA MOLIYA BOZORLARI
Birinchidan, 1995-2005-yillarda aksiya va obligatsiya bozorlari jadal sur’atlarda
rivojlandi, bank depozitlari ulushi esa qisqarib bordi. Ushbu tendensiya 2006-yilga
qadar davom etdi, ammo bank depozitlari odingi uch yilga nisbatan mutlaq qiymati
bo‘yicha o'rtacha ikki barobarga oshgan va depozitlar hajmining o'sish i, asosan,
AQSh ga to'g'ri kelgan. AQSh da aholi uy-joy qurilishining jadal sur’atlarda
rivojlanishi sababli aksiyalardan tushgan tushumlarni qurilishga sarflashdi. Inqiroz
esa vaziyatni sezilarli darajada o'zgartirdi va bank depozitlarining istiqboldagi o'sishi
Xitoy iqtisodiyotining rivojlanishi bilan bog'liq bo'lib qoldi. Chunki bu mamlakatda
depozitlar — jamg'arishning asosiy manbayi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |