Xalqaro valyuta-kredit va moliya bozorlari


Jahon moliya bozorining tarkibi va rivojlanish xususiyatlari


Download 53.37 Kb.
bet6/18
Sana05.01.2022
Hajmi53.37 Kb.
#226407
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
XVK 2

32.2. Jahon moliya bozorining tarkibi va rivojlanish xususiyatlari

Jahon moliya bozorining shakllanishi milliy ssuda kapitalining xalqaro operatsiyalar

orqali baynalmilallashuvi tufayli yuz berdi. Bu jarayon XX asrning 60-yillariga

to‘g‘ri keladi. Bungacha deyarli 40 yil davomida 1929-1933-yillardagi jahon iqtisodiy

inqirozi, Ikkinchi jahon urushi, valyuta cheklovlari, bozor, depozitlar bo‘yicha

stavkalar va boshqalar qattiq nazorat ostida boiganligi uchun moliya bozori deyarli

faoliyat ko'rsatmas edi. Buyuk depressiya davridan boshlab pul bozorlari qattiq

nazorat qilina boshladi. Masalan, AQSh da banklar depozitlari bo‘yicha foiz toiovlari

1 %dan 2,5 % gacha chegaralab qo‘yilgan edi. Bunda kreditlar bo‘yicha bozor

stavkalari ancha yuqori boiib, kapitallarni xorijiy banklarga qo‘yilishiga undardi.

Jahon moliya bozori rivojlanishining obyektiv sababi xo‘jalik aloqalarining xalqaro

darajaga ko‘tarilishi va milliy moliya bozorlarining xalqaro operatsiyalarni

amalga oshirish imkoniyatlarining cheklanganligi hisoblanadi. Jahon valyuta, kredit,

qimmatli qog‘ozlar va oltin bozorlari rivojlanishiga asosiy turtki raqobat muhiti

boigan. Aynan raqobat muhiti moliyaviy resurslarning xalqaro oqimi hajmini,

valyuta-moliya va toiov shartlarini nazorat qilib, qayta taqsimlab beradi.

509


Download 53.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling