Boshqaruv va nazorat imkoniyatlariga ko‘ra jahon moliya bozorlari birja,
boshqariladigan bozorlar va birjadan tashqari boshqarilmaydigan bozorlarga bo‘-
linadi. Jahon moliya bozorida amalga oshirilayotgan operatsiyalarning taxminan
10-12 %nazorat ostida, boshqa operatsiyalar esa nazoratsiz amalga oshiriladi.
507
VIII BO'LIM. OCHIQ IQTISODIYOT
Jahon moliya bozorining tarkibini o‘rganishda moliyaviy operatsiyalar amalga
oshiriladigan joyni e’tiborga olish muhim ahamiyatga ega. Ushbu mezonga asosan
jahon moliya bozorida quyidagi ikki segmentni ajratish mumkin:
1. Xalqaro moliya markazlari (London, Nyu-York, Tokio, Frankfurt-na-Mayne,
Syurix, Singapur, Gonkong);
2. Offshor1 hududlar (Men orollari, Kipr, Kayman va boshqalar).
Jahon moliya bozori institutsional nuqtayi nazardan bu bozorda faoliyat ko‘rsatadigan
barcha subyektlar majmuyidir (32.1.1-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |