Yakuniy nazorat savollari 1-kazus // Mavzu: Oliy Majlis
-kazus // Mavzu: Konstitutsiyaviy burchlar
Download 37.35 Kb.
|
Kons huquq uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7-kazus // Mavzu: ma’muriy-hududiy tuzilish
6-kazus // Mavzu: Konstitutsiyaviy burchlar
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati V.Nodirov xorijda ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolari topayotgan daromadlaridan O‘zbekiston Respublikasida ham daromad solig‘iga tortilishi kerakligini aytib, ushbu taklifni Soliq kodeksida aks ettirish taklifini ilgari surdi. Deputatning fikriga ko‘ra xorijda ishlayotgan shaxs voyaga yetguniga qadar davlat yaratib bergan maktab, yo‘llar, shifoxonalardan tekinga foydalangan. Uning oila a’zolari, jumladan farzandlari hozir ham O‘zbekistonda bepul maktabga boradi, yo‘llardan yuradi, shifoxonada tekinga emlanadi yoki davolanadi, xavfsiz yashashi uchun armiya har doim xizmatga shay. Ushbu taklif bildirilgach, ko‘pchilik fuqarolarning fikrlari ikkiga ajraldi. Ayrim fuqarolar “migrantlarning oila a’zolari nega davlatga soliq to‘lamay mazza qilib yashashi kerak”, - desa, ikkinchi tomon esa davlat migrantlarning xorijda topgan daromadlarini soliqqa tortish o‘rinsiz ekanini aytdi. Shundan so‘ng, V.Nodirovning bildirgan taklifi asosida bir guruh deputatlar qonun loyihasini tayyorlash ustida ishlarni boshlashdi. 7-kazus // Mavzu: ma’muriy-hududiy tuzilish Surxondaryo viloyati, Qiziriq tumani, Paxtakor qishlog‘i aholisi viloyat hokimining sayyor qabulida undan ushbu qishloqni aholiga qulaylashtirish, hududga e’tiborni oshirish maqsadiga ikkiga ajratishni taklif qilishdi. Viloyat hokimi sayyor qabuldan so‘ng, yig‘ilish bayoni (protokol)da viloyat mas’ullariga ushbu masalani tegishli tartibda ko‘rib chiqib, hal etish topshirig‘ini berdi. Oradan bir oy vaqt o‘tgach, Xalq deputatlari viloyat Kengashi sessiyasida ushbu masala ko‘rib chiqilib, qishloq ikkiga ajratildi hamda yangi Saroy qishlog‘i tashkil etildi. Ammo Qiziriq tumani hokimi qishloqning ikkiga ajratilishiga qarshi ekanligini, bu masalada u bilan kelishilmaganligini aytib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kengashning ushbu qarorini bekor qilishni so‘rab murojaat qildi. Download 37.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling