Yakuniy nazorat savollari 1-kazus // Mavzu: Oliy Majlis
-kazus // Mavzu: Sud hokimiyati
Download 37.35 Kb.
|
Kons huquq uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-kazus // Mavzu: Sud hokimiyati
4-kazus // Mavzu: Sud hokimiyati
Buxoro viloyati Jondor tumani hokimi tomonidan 2023-yil 20-fevral kuni Buxoro viloyati, xalq deputatlari Jondor tumani kengashining sessiyasi 2023-yil 25-fevral kuni soat 10:00da o‘tkazilishi belgilandi. Sessiya ko‘pchilik deputatlar va hisobot beruvchi davlat organlari xodimlari ish kunlarida band bo‘lishini inobatga olib, shanba kuniga rejalashtirildi. Ushbu majlis kun tartibiga Jondor tumani Jinoyat ishlari sudi raisi A.Sodiqov O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning 24-moddasiga asosan axborot berishi masalasi kiritildi hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi xodimlarning e’tiborsizligi sabab majlisga bir kun qolganda Jinoyat ishlari tuman sudi kanselyariyasiga elektron xat almashinuv tizimi orqali jo‘natildi. Tuman sudi raisi A.Sodiqov xatni elektron xat almashinuv tizimida ko‘rgach, Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyatiga qo‘ng‘iroq qilib, o‘z e’tirozini bildirdi. A.Sodiqov birinchidan xatni kech olganligini, ikkinchidan shanba barcha davlat tashkilotlarida dam olish kuni ekanligini, uchinchidan Xalq deputatlari tuman Kengashiga tuman sudi raisining axborot berishi Konstitutsiyada mustahkamlangan sudlar mustaqilligi prinsipiga zid kelishini ham aytib, ushbu majlis kun tartibidan bu masalani chiqarishni so‘radi. Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri esa agar sud raisi A.Sodiqov majlisda axborot bermasa, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashiga uning majlisga kelmaganligi, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning 24-moddasiga amal qilmaganligi haqida tegishli xat yuborilishini aytdi. 5-kazus // Mavzu: Sud hokimiyati 20 yildan ortiq vaqt davomida AQSHning Nyu-York shahrida yashovchi O‘zbekiston fuqarosi J.Fayziyev O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Senati, Markaziy saylov komissiyasi, Inson huquqlari bo‘yicha Ombudsmanga 20 dan ortiq yozma va elektron murojaatlariga asosli javob ola olmaganidan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga yozma murojaat qildi. U o‘z murojaatida O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi va Senati sayloviga doir qonunchilikdan nomzodlar uchun qo‘yilgan O‘zbekiston Respublikasi hududida 5 yil muqim yashash talabini Konstitutsiyaga muvofiqligini tekshirib, bekor qilishni so‘radi. Uning fikriga ko‘ra, ushbu 5 yil muqim yashash talabi Konstitutsiyada belgilangan barcha fuqarolarning tengligi prinsipiga hamda erkin harakatlanish huquqiga zid hisoblanadi. U shuningdek, ushbu masalada YXHTning bergan takliflarini ham asos qilib ko‘rsatdi va bu talabning bekor qilinishi xorijda yashayotgan minglab kuchli bilim va salohiyatga ega, tajribali kadrlarni davlat boshqaruvida ishtirok etishiga xizmat qilishini ta’kidladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi ushbu murojaatni “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonunning 34-moddasiga asosan ko‘rib chiqishni rad etdi hamda bu haqida fuqaroga javob xatida ma’lum qildi. Download 37.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling