Yakuniy nazorat savollari 1-kazus // Mavzu: Oliy Majlis
-kazus // Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari
Download 37.35 Kb.
|
Kons huquq uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11-kazus // Vazirlar Mahkamasi
10-kazus // Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari
Andijon viloyati, Bo‘ston tumani “Zamin” mahallasi fuqarolar yig‘ini raisi S.Barakayev huzuriga 2022-yil 10-iyun kuni mahallada yashovchi fuqaro L.Azimova kelib, undan 2 yoshga to‘lmagan bolasi uchun nafaqa tayinlashni so‘radi. S.Barakayev hozirda mahalla yig‘ini bola nafaqalarini tayinlash masalasi bilan shug‘ullanmasligini aytib, moddiy yordam olish uchun tuman hokimligiga murojaat qilishni so‘radi. L.Azimova esa undan moddiy yordam emas, farzandi nafaqasini tayinlashni so‘rayotganligini aytib, rais o‘z vazifasini bajarmay, uning va farzandining konstitutsiyaviy huquqlarini buzayotganligini ta’kidladi. S.Barakayev esa fuqaro L.Azimovaga bu masalada yordam bera olmasligini aytib, undan uni to‘g‘ri tushunishini so‘radi. 11-kazus // Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar va suv masalalari qo‘mitasida doimiy asosda ishlovchi senator Z.Tursunov Prezident farmoniga asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Shundan so‘ng, Senat Kengashi B.Tursunovni “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi Qonun 4-moddasiga asosan vakolat muddatini muddatidan ilgari tugatish masalasini ko‘rib chiqdi va qaror qabul qildi. Z.Tursunov esa “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra ayni bir shaxs bir paytning o‘zida Senat a’zosi va Qonunchilik palatasi deputati bo‘lishi mumkin emasligi, ammo bu qoida hukumat a’zosiga nisbatan Konstitutsiya va qonunlarda belgilanmaganligini ta’kidlab, o‘zining bir vaqtning o‘zida hukumat va Senat a’zosi sifatida ushbu lavozimlarda qolishga haqqi borligini aytib, e’tiroz bildirdi. Z.Tursunov ushbu masala yuzasidan Konstitutsiyaviy sudga Konstitutsiya va tegishli qonunlarga sharh berishni hamda Senat Kengashi qarorini bekor qilishni so‘rab murojaat qildi. Download 37.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling