Yakuniy nazorat savollari 1-kazus // Mavzu: Oliy Majlis
-kazus // Jamoat birlashmalari
Download 37.35 Kb.
|
Kons huquq uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- 16-kazus // Jamoat birlashmalari
- 17-kazus // Jamoat birlashmalari
- 18-kazus // Ommaviy axborot vositalari
15-kazus // Jamoat birlashmalari
“Toshshahartrans” davlat unitar korxonasida ming nafardan ortiq xodimlar faoliyat olib boradi. Xodimlarning bir qismi ushbu korxonada tuzilgan kasaba uyushmasi faoliyatini qoniqarsiz baholab, uning a’zoligidan chiqish va yangi kasaba uyushmasini tuzish taklifini bildirishdi. Ushbu taklifni tashkilot rahbariyati ma’qullamadi va ularni bu fikrdan qaytarish uchun qat’iy ogohlantirdi. Tashkilot yuristi esa ularga qonunchilikda bir tashkilotda faqat bitta kasaba uyushmasi tuzishga ruxsat berilganligini aytdi. 16-kazus // Jamoat birlashmalari Fuqaro R.Saidov “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi a’zosi. U universitetni tamomlab, bir qator davlat tashkilotlariga ishga kirish uchun murojaat qildi. Unga ishga kirish uchun suhbatda siyosiy partiyaga a’zoligini to‘xtatmasa, ishga qabul qilinmasligini ma’lum qilishdi. Bundan xabar topgan R.Saidov “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi a’zoligidan chiqish uchun partiya bo‘limiga yozma ariza bilan murojaat qildi. 17-kazus // Jamoat birlashmalari Ko‘kdala tumani 2022-yilda tashkil etildi. Ushbu tuman aholisi tuman markazi Yettitomda yangi masjid qurish tashabbusi bilan chiqishdi. Ular viloyat hokimining sayyor qabulida yangi masjid ochish uchun yordam berishni so‘rashdi. Viloyat hokimi tuman fuqarolarga amaliy yordam berish bo‘yicha tuman hokimiga topshiriq berdi. Ammo oradan bir yil o‘tsa ham, ushbu masalada hech qanday ijobiy o‘zgarish bo‘lmadi. 2023-yil mart oyida fuqarolar tuman hokimidan yangi masjid tashkil etilishida takroran yordam so‘rashganda, tuman hokimi bu masala uning vakolatiga kirmasligini aytgan. 18-kazus // Ommaviy axborot vositalari “Qalampir” internet nashrining jurnalisti S.Karimov “Malika” maishiy texnikalar savdo majmuasida qonun buzilishi holatlarini videotasvirga olish paytida majmua rahbari uning qo‘lidan telefonni olishga harakat qilgan. Keyinroq uni majmua rahbari xonasiga olib keltirgan va ushlab turgan. Majmua rahbari xonasida jurnalistning telefon qurilmasidagi videoyozuvlar o‘chirib tashlangan. Jurnalist o‘zining huquq-erkinliklari qo‘pol buzilishi borasida huquqiy baho berishni so‘rab, Bosh prokuraturaga murojaat qildi. Jurnalist faoliyatiga to‘sqinlik qilib, jurnalistga qo‘pol munosabatda bo‘lgan shaxs esa bu yerda o‘zining aybdor emasligini, o‘sha kuni savod majmuasida anglashilmovchilik ro‘y berganini aytib, fuqarodan og‘zaki uzr so‘radi. Download 37.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling