Yakuniy nazorat savollari 1-kazus // Mavzu: Oliy Majlis


Download 37.35 Kb.
bet9/9
Sana18.06.2023
Hajmi37.35 Kb.
#1587754
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Kons huquq uzb

19-kazus // Oliy Majlis

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining bir guruh deputatlari Bosh prokurorga “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi Qonunga asosan Qonunchilik palatasining keyingi oydagi navbatdagi majlisiga Bosh prokuror kelib, mamlakatda qonun ustuvorligi va qonuniylikni, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlat manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash bo‘yicha hisobot topshirishni so‘rab, so‘rov yuborishdi.


Bosh prokuror “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi Qonun 19-moddasiga muvofiq uning faqatgina Senatga hisobot topshirishi belgilanganligi, Qonunchilik palatasida bunday vakolat yo‘qligini aytib, kelib hisobot berish haqidagi so‘rovni rad etdi.
Deputatlar Qonunga asosan parlament nazorati boshqa shakllarda ham amalga oshirilishi mumkinligini bildirishdi.

20-kazus // Sud hokimiyati

Namangan viloyati Norin tumani jinoyat ishlari sudi sudyasi B.Hasanov 2022-yil 10-noyabr kuni fuqaro B.Berdiyevga nisbatan № 1-1411-2345/74-sonli jinoyat ishini ko‘rib chiqdi. Sudya sud hukmida e’tiborsizligi natijasida Jinoyat kodeksining 105-moddasi tegishli bandlarini xato qo‘llab, ayblanuvchiga og‘irroq jazo tayinlaydi.


Bu holatdan norozi bo‘lgan ayblanuvchi tomon advokati sudyaning qo‘pol xatosi ustidan Sudyalar oliy kengashiga va apellyatsiya instansiyasi sudlov hay’atiga murojaat qiladi.
Sudya B.Hasanov ayblanuvchinig advokatiga qonunchilikda sudyaning mustaqilligi va daxlsizligi kafolatlanganligini aytib, ushbu holatda unga nisbatan biror chora ko‘rilmasligini bildiradi.
Download 37.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling