Yakuniy nazorat savollari 1-kazus // Mavzu: Oliy Majlis
-kazus // Mavzu: Saylov tizimi
Download 37.35 Kb.
|
Kons huquq uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9-kazus // Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari
8-kazus // Mavzu: Saylov tizimi
Uzoq yillardan beri Kanadaning Toronto shahrida yashovchi O‘zbekiston fuqarosi, migratsiya masalalari bo‘yicha huquqshunos R.Tohirov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga elektron murojaat qilib, unda quyidagi 2 ta taklifni bildirdi. Birinchi taklif, Qonunchilik palatasiga saylovlarda 150 nafar deputatlardan eng kamida 5 nafari xorijdagi vatandoshlar vakili sifatida saylanishi kerakligi, buning uchun nafaqat Respublika hududida, balki xorijiy davlatlarda ham alohida saylov okruglarini tuzish taklifini bildirdi. U bugun butun dunyoda migratsiya jarayonlari shiddat bilan rivojlanayotganligi, migrant vatandoshlar esa Vatanimizga juda katta foyda keltirayotganligini asoslab, ularning ham alohida saylagan vakillari Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida bo‘lishi zarurligi hamda ular manfaatlarini himoya qilishi, ular bilan doimiy uchrashuvlar, muloqotlar olib borishi, ularning manfaatlariga mos qonun loyihalarini tayyorlashi kerakligini bildirdi. Ikkinchi taklif esa saylovlarni elektronlashtirish, raqamli imzo tizimi bilan ovoz berish usullarini amaliyotga joriy etish bo‘lib, R.Tohirov bugungi kunda AQSH, Kanada, Estoniya, Shveytsariyada bu usuldan foydalanilayotganligini yozadi. Ushbu takliflar bir guruh deputatlarga ma’qul kelib, ular birgalikda yangi qonun loyihasini tayyorlashdi. Ammo Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida ushbu qonun loyihasi 1-o‘qishda ko‘rib chiqilib, loyihaga zaruriyat yo‘q deb topilib, qonun tashabbuskorlariga qaytarildi. 9-kazus // Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari Farg‘ona viloyati, Rishton tumani “Kulolchilar” mahallasi fuqarolar yig‘ini raisi S.Mahkamov 2000-yildan beri ushbu mahalla oqsoqoli bo‘lib xizmat qilib keladi. U mahalla nomidan 2022-yilda dekabr oyida tuman hokimligi tomonidan mahalla hududida qilinayotgan ishlar bo‘yicha mahalla aholisiga hisobot berishni so‘rab murojaat qildi. U bunday huquq o‘zini o‘zi boshqarish organlarida borligini oldin qayerdadir o‘qigan, ammo yodidan ko‘tarilgan edi. Ammo tuman hokimi tuman hokimligi faoliyati haqida hisobot berish to‘g‘risida so‘ralgan murojaatga javoban, mahalla raisini tuman hokimligi majlisiga chaqirib, hammaning oldida qattiq koyidi va mahalla raisini o‘z vazifasidan ozod qilinganligini ma’lum qildi. Download 37.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling