Yakuniy nazorat savollari 1-kazus // Mavzu: Oliy Majlis
-kazus // Mahalliy davlat hokimiyati
Download 37.35 Kb.
|
Kons huquq uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- 12-kazus // Ma’muriy-hududiy tuzilish
1-kazus // Mahalliy davlat hokimiyati
Sirdaryo viloyati hokimi F.Sobirov 2023-yil 14-mart “Guliston shahri hokimi Z.Ergashevni egallab turgan lavozimidan ozod etish to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi. Shu kuni viloyat hokimi Guliston shahriga Z.Ergashev o‘rniga “J.Qobilovni yangi hokim sifatida tayinlash to‘g‘risida”gi qaror qabul qildi hamda xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi sessiyasi kun tartibiga ushbu ikki masalani tasdiqlash uchun kiritdi. Ammo xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputatlari viloyat hokimi F.Sobirov Guliston shahri hokimi Z.Ergashevni nohaq ishdan olgan deb hisoblab, viloyat hokimining Z.Ergashevni lavozimdan ozod etish to‘g‘risidagi qarorini tasdiqlashdan bosh tortishdi. Ular shuningdek, tuman hokimi tegishli xalq deputatlari Kengashi deputatlari orasidan tayinlanishi, yangi hokim J.Qobilov esa kengash a’zosi emasligini aytib, e’tiroz bildirishdi. Bunga javoban viloyat hokimi xalq deputatlari Guliston shahar kengashini tarqatib yuborishini aytib, sessiyani tark etdi. Shundan so‘ng, bir guruh tuman kengashi deputatlari viloyat ma’muriy sudiga bu qarorni bekor qilishni so‘rab murojaat qilishdi. 12-kazus // Ma’muriy-hududiy tuzilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Zarafshon shahri chegaralarini o‘zgartirish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga 2023-yil 30-mart kuni kelib tushdi. Qonunchilik palatasi ushbu taklifni ma’qullab, 11-aprelda palata qarorini qabul qildi va Senatga yubordi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan ushbu qaror va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi taklifi o‘rganilib, ushbu masala rad etildi. Senat bunga sabab sifatida hujjatlarga Navoiy viloyati hokimi iltimosnomasi ilova qilinmaganligini ko‘rsatdi. Vazirlar Mahkamasi vakili Senat majlisida Zarafshon shahrini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 04.06.2019 yildagi PF-5738-son “Respublika bo‘ysunuvidagi shaharlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga asosan Respublika bo‘ysunuviga o‘tkazilganligini bildirdi. Download 37.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling