Yakuniy nazorat savollari 1-kazus // Mavzu: Oliy Majlis


-kazus // Ommaviy axborot vositalari


Download 37.35 Kb.
bet7/9
Sana18.06.2023
Hajmi37.35 Kb.
#1587754
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Kons huquq uzb

13-kazus // Ommaviy axborot vositalari

Respublikada ko‘plab obunachilarga ega “Shifo plyus” gazetasining 2022-yil 6-apreldagi 20-sonida tez va zararsiz ozish uchun olma sirkasidan foydalanish haqida maqola chop etilgan.


Ushbu maqolani o‘qigan 17 yoshli 11-sinf o‘quvchisi B.Suyunova olma sirkasini ichib, oshqozon yarasi va o‘tkir zaharlanish tashxisi bilan Toshkent shahar 17-son shifoxonasining reanimatsiya bo‘limiga yotqiziladi.
B.Suyunovaning ota-onasi gazetada berilgan ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi, ushbu maqoladagi ma’lumot farzandining sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetkazilganligini ko‘rsatib, bosh prokuraturaga shikoyat bilan murojaat qiladi.
Sud majlisida gazetaning yuristi berilgan ma’lumotlar internet manbasidan olinganligi, bu holat uchun gazeta javobgar emasligini aytib, fuqaroga yetkazilgan moddiy zararni to‘lashdan bosh tortdi.
14-kazus // Ommaviy axborot vositalari

Telegramda 400 ming obunachiga ega “Telegram yangiliklari” kanali admini B.Soipov 2022-yil avgust oyida o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini yoritish maqsadida “Paxtakor” stadionida tashkil etilgan pavilion hududiga foto-video kameralari bilan keldi.


U imtihon o‘tkaziluvchi hududga kirmoqchi bo‘lganda, Milliy gvardiya xodimlari tomonidan to‘xtatildi. DTM xodimi undan nima maqsadda ushbu hududga kirmoqchiligini so‘radi.
Fuqaro B.Soipov o‘zini jurnalist deb tanishtirdi. Undan Milliy gvardiya xodimlari shaxsini tasdiqlovchi xizmat guvohnomasi yoki beydjikni ko‘rsatishni so‘rashdi. U o‘zida bunday hujjat yonida yo‘qligini aytdi. Bunga javoban Milliy gvardiya va DTM xodimlari uni imtihon hududiga kirishiga ruxsat berishmadi.
Bundan jahli chiqqan fuqaro B.Soipov imtihonlar halol, xolis va shaffof o‘tkazilmayotganligi, bunga misol o‘zining imtihon hududiga jarayonlarni yoritish uchun kiritilmaganligini aytib, o‘z telegram kanalida videomurojaat va fotolarni joyladi.
Ushbu video internetda turli shov-shuvlar va noroziliklarga sabab bo‘ldi. Shundan so‘ng fuqaro B.Soipovni ichki ishlar bo‘limiga chaqirishdi.



Download 37.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling