Yordamchi so’zlar
Download 133 Kb.
|
1405849482 56817
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yordamchi so’zlarning shakliy xususiyatlariga ko’ra turlari
Yordamchi so’zlarRеjа: Yordamchi so’zlarning shakliy xususiyatlariga ko’ra turlаri. Ko’makchi. Bog’lovchi. Yuklama. Yordamchilarni sozlarga quyidagilar yaqinlashtiradi: a) shaklan alohida ajralib turish; b)lugaviy manoning mavjudligi (sifat komakchilar, ot komakchilar, fel komakchilarda ); v)kopincha ularning mustaqil sozlarga yaqinlashishi, ulardan kelib chiqishi. Yordamchi sozlarning grammatik morfemalarga oxshash tomoni ularning morfemalar kabi mustaqil nominativ funksiya bajarmasligi (ammo, va, sayin, kabi), qoshimchasimon shaklda bolishi (-u, -yu, -da; -ki (-kim); -dek (-day), -cha) va boshqalar. Biroq yordamchi sozlarning grammatik morfemalardan farqli tomoni shundaki: 1) ular gap bolagi, soz birikmasi, gap sathida sintaktik xarakterdagi vazifa bajaradi. Bu xususiyat komakchilar uchun xos. Chunonchi, 1. Yaxshi bilan yursang etarsan murodga, YOmon bilan yursang qolarsan uyatga (Maq.) 2. Tolqinlarning kuchli narasi, Yulduzlarga qadar etardi. (Uyg.) 2) gap bolaklari yoki gaplarni ozaro boglaydi. Bunday funksiyada, asosan, boglovchilar va yuklamalar keladi: 1. Xonaga baland boyli, biroq oriqqina yigit salom berib kirdi. (S.A) 2.Saida bu gapni aytdi-yu, chiqib ketdi. (S.Ahm.) 3) soroq, inkor va sh.k. gap manolarini ifodalashga xizmat qiladi (yuklamalar). YOrdamchi sozlar mustaqil sozlar va soz-gaplar оralig’ida «оraliq uchinchi» maqоmini оladi. O’z navbatida, yordamchi so’zlar ham o’z ichida umumiy bеlgilariga ko’ra оraliq uchinchini ajratib chiqaradi. Ya’ni bоg’lоvchilarda bоg’lash, yuklamalarda gap mundarijasiga ta’sir qilish mоhiyatni bеlgilash darajasida bo’lsa, ko’makchilarda sanalgan har ikki bеlgi mushtarakdir. Bu ularning «оraliq uchinchi»lik mavqеini ko’rsatadi. Yordamchi so’zlarning shakliy xususiyatlariga ko’ra turlari. Yordamchi so’zlar shakliy хususiyatariga ko’ra: a) qo’shimchasimon yordamchi sozlar; b) sof yordamchi sozlar; v) nisbiy yordamchi sozlar. Qoshimchasimon yordamchi sozlar har uchala yordamchi sozlar tarkibida uchraydi. Komakchilar orasida -dek/-day,-cha, boglovchilar orasida ki/-kim; -u, -yu,-da affikssimon yuklama - boglovchilar, yuklamalar orasida -mi, -chi, -a, -ya, -ku,-o q (-yo q), -da, -gina kabi qoshimchaga oxshash yordamchi sozlarni uchratish mumkin. Qoshimchasimon yordamchi sozlar shaklan qoshimchaga oxshaydi, ammo yordamchi sozlarning vazifasini bajaradi. Chunonchi, 1.Po’latdek (kabi) dadil bir yigit bu ishdan hayiqsa, uyat bo’ladi. (O.Muх.) 2.Shu payt o’g’ilchasi eshikdan yugurib keldi-da (va), dadasining quchog’iga otildi. (Oyb.) 3.Bazmga Gulnoragina (faqat) kelmadi. (S.Ahm) Sof ko’makchilar sirasiga avvaldan malum uchun, bilan, sari, qadar, kabi, singari, sayin, orqali sozlari; sof boglovchilar sirasiga va, hamda, ammo, lekin, biroq, balki, yo, yoxud, goyo, agar, basharti kabilar; sof yuklamalar qatoriga xuddi, faqat, axir, hatto, naq, atigi sozlari kiradi. Nisbiy yordamchi sozlar atamasi ostida boshqa turkumga mansub bolgan sozning yordamchi vazifasida qollanilishi (old, orqa, avval, boylab, boshlab ) yoki tabiatida shakldoshlik mavjud bolgan birliklar tushuniladi. Masalan, yolgiz sifat turkumiga oid soz yuklama ornida (YOlgiz senga suyanaman) ishlatiladi. Yoki Vaqtida yomgir yogadi, vaqtida qor gapida vaqtida sozining vazifasi boglovchilarga yaqindir. Bunga oxshash misollar nutqimizda kop uchraydi. Yordamchi sozlarning shakliy xususiyatlariga kora turlarini quyidagi jadvalda umumlashtirish mumkin: Download 133 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling