Yordamchi so’zlar
Bog’lovchi va uning shakliy ko’rinishlari
Download 133 Kb.
|
1405849482 56817
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bazan
Bog’lovchi va uning shakliy ko’rinishlari. Bog’lovchilar ham ko’makchilar kabi sintaktik alоqa vositasi sanalib, ulardan tobe munosabatni ifodalashdan tashqari teng munosabatni ham hosil qilishi bilan ajralib turadi. Bog’lovchilar gap bolaklari, qoshma gapning sodda gapga teng qismlari orasidagi turlicha aloqalarni, grammatik munosabatini korsatadi. Boglovchilarning mohiyati, ozbek adabiy tilidagi boglovchilarning turlari, bu turlarga oid sozlar tilshunosligimizda kеng o’rganilgan. Mavjud adabiyotlarda bog’lovchilarning turlari va bu turlarga qaysi so’zlar mansubligi masalasida turlicha nuqtayi nazarlar bor, ya’ni bir ishda bog’lovchi deb berilgan birlik boshqa ishda yuklamalar qatoriga kiritiladi, ko’makchi deb berilgan birlik bog’lovchi deb tan olinadi. Bog’lovchilarga oid so’zlarning aniq belgilanmaslik sababi ularning lisoniy jihatdan o’rganilmagan-ligida bo’lsa kеrak.
Bog’lovchilarni ham ko’makchilar singari shakliy jihatdan uch guruh (sof bog’lovchilar, nisbiy bog’lovchilar, qo’shimcha-simon bog’lovchilar) ga ajratib o’rganish lоzim. Sof bog’lovchilar guruhiga faqat bog’lovchi vazifasida qo’llaniladigan va, hamda, yo, yoxud, yoki, ammo, lekin, biroq, chunki, shuning uchun, agar, ya’ni kabi yordamchi sozlar xos. Qoshimchasimon bog-lovchilar guruhiga -ki (-kim) va ham boglovchi, ham yuklama vazifasida kela oladigan -u (-yu), -da, -mi qoshimchalari mansubdir. -u (-yu), -da qoshimchalarining boglovchi vazifa-sini tola-tokis bajarishi qator manbalarda qayd etilgan, -mi qoshimchasida ham boglovchilik xususiyati borligini Yomgir yogdimi, hamma joy nam boladi, Karim keldimi, topolon boshlanadi tipidagi gaplar tasdiqlaydi. Ushbu gaplarda qollan-gan -mi qoshimchasi takid manosini voqelantirgan holda sodda gaplarni bir-biriga boglash funksiyasini bajaryapti. Nisbiy boglovchilarga mustaqil soz turkumlaridan osib chiqqan, oraliq uchinchi tabiatiga (ham mustaqil, ham yordamchi) ega bolgan bazan, bir, vaqtida, hali goh, (goho) kabi sozlarning takroriy shakli misol boladi. CHunonchi, 1.Bazan Qoratoyning ishxonasida, bazan choyxonada tunab yurdi. (Oyb.) 2.Ikki kundan beri goh savalab, goh shiddat bilan yogayotgan yomgir hammayoqni ivitib yubordi. (A.Qah.) 3. Vaqtida qor yogadi, vaqtida yomgir. Bu gaplarda qollanilgan bazan, goh (goho), vaqtida sozlarining vazifalari boglovchilarga juda yaqin. Download 133 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling