Yordamchi so’zlar
Komakchilar yordamchi sozlarning bir korinishi sifatida
Download 133 Kb.
|
1405849482 56817
- Bu sahifa navigatsiya:
- Komakchilarning shakliy xususiyatiga kora turlari.
- Kabi, singari yanglig’
Komakchilar yordamchi sozlarning bir korinishi sifatida. Turkiy tillarda (jumladan, ozbek tilida ham) komakchilar kop yillardan buyon tilshunoslarning tekshirish manbai bolib kelmoqda. Ozbek tilidagi komakchilarga birinchi bolib mukammal tarifni A.N.Kononov bergan: Komakchilar shunday bir gruppa sozlarki, ular ot bilan yoki obekt bilan predikat orasidagi qurol vosita, maqsad, sabab, payt, masofa, yonalish, oxshatish kabi munosabatlarning yaratilishida xizmat qiladi. Sh.Shoabdurahmonov ham ozining YOrdamchi sozlar asarida komakchilarga xuddi shunday tarif bergan: Komak-chilar obektning obektga yoki obektning predikatga bolgan turli grammatik munosabatlarini korsatuvchi yordamchi sozlardir. Darhaqiqat, komakchilar orasidagi tobe munosabatni ifodalash va kelishik manolarini aniqlash, toldirish uchun xizmat qiladi. Shu xususiyati bilan komakchi boglovchi va yuklamalardan farq qiladi. Komakchilar mano va vazifa jihatidan kelishik qoshimchalariga yaqin turadi. Shuning uchun bazan kelishik shakllaridan anglashilgan mano komakchi bilan ham ifodalanadi (Mashinada keldim - mashina bilan keldim. Ukamga oldim- ukam uchun oldim kabi). Lekin bular kelishik affikslariga qaraganda manoni aniq, konkret ifodalaydi.
Komakchilarning shakliy xususiyatiga kora turlari. Komakchilar shakliy va bajaradigan vazifasi jihatidan quyidagi turlarga bolinadi: a) sof komakchilar; b) yarim komakchilar; d) qoshimchasimon komakchilar. Nutqimizda tez-tez ishlatiladigan uchun, bilan, sari, qadar, kabi, singari, sayin, or- qali sozlari sof komakchilar bolib, ular tobe sozni hokim sozga boglashga xizmat qiladi. Sof komakchilar boshqa sozlarga birikkan holda turli munosabatlarni anglatadi. Jumladan, bilan komakchisi ozbek tilida asosan komakchi, bazan boglovchi vazifasida ishlatiladi. Shuning uchun bu ko’makchi turi bugungi kunda yordamchi so’zlardan birining o’rnida ikkinchisi qo’llanilishi nuqtayi nazaridan ko’makchi-bog’lovchi atamasi ostida ham o’rganilmoqda. Bilan yordam-chisining etimоlogiyasi haqida prof.A.N. Kononov, V.V.Radlov, J.Deni kabi qator turkiyshunoslarning fikrlarini etiborga olib, uning birlan sozidan kelib chiqqanini aytgan. Bilan yor-damchisining birla, birlan, bila, ila, -la shakllari vazn, qofiya va uslub talabiga kora koproq poeziyada uchraydi. Chunonchi, Baxt ila tolib-toshgan gozal oy deraza tagida osgan daraxt barglarida mudrab yotadi. (R.Tag.) Bu komakchi quyidagi manolarni bildiradi: 1) biror harakatning bajarilishida shaxs, predmetlarning birgaligini bildiradi: Kopchilik bilan odam ozini kuchli sezadi. 2) harakatni bajarishda vosita manosini bildiradi: Shu gapning ustiga Ismat bobo hassasi bilan eshikni ochib kirib keldi. (P.Qod.) 3) payt manosini ifodalaydi: Qongiroq chalinishi bilan oqituvchi sinfga kirdi. 4) sabab manosini bildiradi: Ular: Gulnor oz ajali bilan oldi , -deyishdi. (Oyb.) 5) harakatning bajarilishidagi holatni ifodalaydi: Onamning mehr bilan boqib turgan kozlarini bir umr unuta olmasam kerak. (Oyb.) Bilan komakchisi keng tarqalgan yordamchi sozdir. Uning bog’lovchilik, ko’makchilik tabiati olimlarimiz orasida tortishuvlarning bo’lishiga sabab bo’lgan. Shu bоisdan “… va, bilan, hamda, shuningdek so’zlari hozirgi o’zbek adabiy tilida teng bog’lovchilarning biriktiruv bog’lovchilari turiga kiradi” degan fikr ham ilgari surilgan. Ammo bu o’rinda shuni qayd etish kerakki, bog’lovchi vazifasidagi bilan ning va, ham biriktiruv bog’lovchilaridan farqlanadigan o’ziga xos xususiyatlari bor: - «birgalik» ma’nosi bilan yordamchisi uchun хоs: Chodir sahnasidan bir qiz bilan yigit chiqib oyin qildi (M.Ism.). Ushbu misoldagi bilan ornida va ni qollasak, yuqoridagi mano kelib chiqmaydi, balki qiz bilan yigitning alohidaalohida oynagani manosi ifodalanadi. - va, ham boglovchilari uyushib kelgan fel kesimlarni boglaydi, ammo bilan da bu imkoniyat chegaralangan. Qiyoslang: Lola ishlaydi va oqiydi. Lola ishlaydi ham oqiydi. Ammo Lola ishlaydi bilan oqiydi tarzidagi gap nutqda ishlatilmaydi. Bilan ning grammatik vazifasi boglovchi va komakchi vazifasida kela olishidir; shunga ko’ra, bilan boshqa ko’makchilardan farqlanadi. Shuning uchun bilan ko’makchisini ko’makchi–bоg’lovchi termini bilan ataganimizda uning barcha xususiyatlari namoyon bo’ladi. Bu ko’makchi turi gapda vosita ma’nosini bildirganda toldiruvchi, sabab, payt, harakatning bajarilish tarzini bildirganda hol vazifalarida keladi. Uchun komakchisi atalganlik (Yolchi uchun keltirgan tugunchak yodiga tushdi (Oyb.)), maqsad (Hamma xalq ochdan olmaslik uchun bir amaltaqal qilib turibdi (Oyb.)), sabab (Kampirning ahmoqligi yo dushmaningizning igvosi uchun shundoq deyishga qandoq tilingiz bordi? (A. Qah.)) evaz (Etibоringiz uchun rahmat) kabi ma’nolarda qo’llanilib, to’ldiruvchi, maqsad, sabab holi vazifalarida keladi. Kabi, singari yanglig’ ko’makchilari bir narsani boshqa narsaga o’xshatish, chog’ishtirish ma’nosini anglatadi. Masalan, Ukam men kabi bechora… gam chekib yotgandir (Oyb.). Kabi, singari komakchilari bilan -dek, -day qoshimchalarining manodoshlik xususiyati tilshunoslarimiz tomonidan qayd etilgan. Formal tilshunoslikda bu affikslar ravish yasovchi qoshimchalar sifatida berilgan. -dek, -day affikslari orqali yasalgan ravishlar harakat va holatning yasash asosida ifodalangan narsa yoki belgi-xususiyat bilan oxshashligini, qiyoslashni bildiradi: tog-dek, ot-dek, lochin-day, qadimgi-day, ilgarigi-dek, avvalgi-dek, burungi-day, gul-day kabi. Qalandarovertasiga kundagiday saharda idoraga chiqdi (A.Qah.). U goyo tugilib osgan qishlogini kormoqchiday boshini kotarib hayajon va soginch bilan uzoqlarga tikildi (Oyb.) Bu orinda ham til hodisalarini izohlashda zorma-zorakilik yuzaga kelgan. Natijada nutqimizda tez-tez ishlatiladigan ushbu qoshimchalar notogri talqin etilgan. Buni quyidagi oddiy qiyosda korish mumkin:
Download 133 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling