Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti kondensirlangan muhitlar fizikasi


-rasm. Yorugʼlikning kichik burchakka chetlanishi (ogʼishi) holida prizma orqali nur yoʼli


Download 3.33 Mb.
bet8/35
Sana09.10.2023
Hajmi3.33 Mb.
#1696251
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   35
Bog'liq
ЯЎФ kompleks23 магистр

2.1-rasm. Yorugʼlikning kichik burchakka chetlanishi (ogʼishi) holida prizma orqali nur yoʼli.

soʼng δ — burchakka ogʼadi, bunda nurning sinish burchagi nurning prizmadan chiqishidagi sinish burchagiga teng boʼlganda, n-ni oʼlchashda eng katta aniqlikka erishiladi:


(2.6)

Bu holda δ — burchak eng kichik boʼladi. Shuning uchun prizma usuli odatda kichik burilish (ogʼish) usuli deb yuritiladi. Nur sindirish koʼrsatkichi quyidagi tenglama bilan topiladi:




(2.7)

Tekshirishlar bu usul bilan yarimoʼtkazgichlarda nur sindirish koʼrsatkichining 0,01% aniqlik bilan oʼlchash mumkinligini koʼrsatdi.


Yutilish koʼrsatkichi ( ) ni yoki yutilish koeffitsienti (a) ni n2˃˃ 2 boʼlganda plastinka shaklidagi namunalarning shaffoflik koeffitsientini oʼlchash bilan aniqlash mumkin,
(2.8)

bu yerda: (d – namuna qalinligi, a – yutilish koeffitsiyenti), δ – namunadan yorug’lik bir marta o’tganidagi faza o’zgarishi (faza siljishi)


(2.9)
bilan ifodalanadi (φ — plyonkada nurning sinish burchagi), ψ — namunadagi yorugʼlikning — E va H vektorlari orasidagi fazaviy burchagi boʼlib,
(2.10)
bilan aniqlanadi. Аgar interferentsiya kuzatilmasa (namuna sirtidagi nuqsonlar tufayli yoki yorugʼlik toʼlqin uzunligining katta boʼlishi tufayli), T, R ni a — orasidagi bogʼlanishlari soddalashadi va
(2.10a)
boʼladi. n2˃˃ 2 boʼlganda, yaʼni 1 da shaffoflik koeffitsientining (1-R)/(1+R) dan 10% gacha boʼlgan oʼzgarish sohasida shaffoflik koeffitsienti quyidagi tenglamadan aniqlanadi:
(2.10.b)

Taʼkidlash kerakki, bu soddalashgan tenglama bilan a ni aniqlash uchun katta hisob qilish talab qilinadi. Shuning uchun odatda a ni aniqlashda har xil R larga mos kelgan nomogrammalardan foydalaniladi. Shaffoflik koeffitsienti n2˃˃ 2 boʼlganda (T<10% boʼlsa) 1R2e-2ad boʼladi va (2.10b) dan yutilish koeffitsienti quyidagicha aniqlanadi:


(2.11)
Аgar sindirish koʼrsatkichlari bir biridan farq qilsa, plyonka (parda) taglikdan iborat strukturani plyonkada yutilishini aniqlash uchun plyonka havo va plyonka taglik, taglik bilan havo chegaralaridagi yorugʼlikning qaytishini hisobga olish kerak. Аgar taglikda kuchsiz yutilish sodir boʼlsa, yupqa qatlamda yutilish koeffitsienti quyidagicha hisoblanadi:


(2.12)
Bu yerda: Rv12,Rv2,Rv1 plyonka taglik, taglik-havo, plyonka-havo chegaralaridagi qaytish koeffitsientlari. Tajribadan yarimoʼtkazgichlarda yutilish koeffitsientini qaytish va shaffoflik koeffitsientlari natijalari boʼyicha aniqlash uchun quyidagi bosqichlardan oʼtiladi. Dastlab namunaning sirtiga sayqal beriladi, uning qalinligi ad1 shartiga javob beradi. Bu bilan namunaning ostki sirtidan yorugʼlikning qaytishi taʼsiri yoʼqotiladi va mumkin boʼlgan toʼlqin uzunligi sohasida turli temperaturada va boshqa tashqi taʼsirlar ostida Rv oʼlchanadi, bu yorugʼlikning sirtdan bir karra (marta) qaytishi koeffitsientini beradi. Soʼngra namunaning qalinligi kamaytiriladi: ad1 yoki (1-Rv)/(1+Rv)>Tv>10% shaffoflik sohasida yorugʼlikning oʼtish intensivligini tekshirilayotgan sohada aniq oʼlchash mumkin boʼlsin. Bu holda T ni oʼlchash imkoni vujudga keladi. Yutilish koeffitsiyentini shaffoflik koeffitsienti qiymati boʼyicha aniqlashda T>10% bo‘lganda (2.10b) va T<10% bo‘lganda (2.12) tenglamadan foydalaniladi. Yutilish koeffitsiyentini aniqlashda faqat shaffoflik koeffitsiyentini o‘lchash bilan ham chegaralanish mumkin, buning uchun qalinliklari d1 va d2 bo‘lgan bir xil kristalldan namunalar tayyorlanadi, ularning qalinligi shunday bo‘lishi kerakki (ad2>1 va ad1>1 bo‘lib), shaffoflik koeffitsiyentlari Tv1 va Tv1 10% bo‘lsin, u holda tekshirilayotgan namuna- ning yutilish koeffitsiyenti


(2.13)
bilan hisoblanadi. Bu yerda Iv1 va Iv2 mos ravishda qalinligi d1 va d2 bo‘lgan namunalardan o‘tgan yorug‘lik intensivligidir. Agar tadqiqotchi ixtiyoridagi namuna kichik bo‘lsa, uni qalinligini yupqalashtirish bilan o‘lchash mumkin.
Yutilish koeffitsiyenti a ni hisoblash tenglamasi (2.12) ning tahlili T<10% va R=35% bo‘lganda, shaffoflikning 103 marta o‘zgarishi yutilish koeffitsiyentining faqat 6 marta o‘zgarishiga olib keladi. Demak a ning qiy mdtini katga oraliqsa o‘lchash uchun bitta materialdan yasalgan har xil qalinlikdagi namunalar to‘plami bo‘lishi kerak. Masalan, yarimo‘tkazgichlarda yorug‘likning xususiy yutilish chegarasida yutilish koeffitsiyenti (a)102 dan to 104 sm-1 gacha o‘zgaradi. Qalinligi d — bo‘lgan har bir namuna uchun yutilish koeffitsiyentining maksimumi amax shaffoflik minimumi qiymati bo‘yicha aniqlanadi. amin tajribada a ni aniqlashda kuzatiladigan eng katta xatolikka erishish bilan baholanadi. Yutilish koeffitsiyentini o‘lchashning nisbiy δa = xatoligi (2.13) uchun
(2.14)

bilan aniqlanadi. Agar a ni uni tashkil etuvchilarining xatoliklari yig‘indisidan (δR+δd+δT) katta bo‘lmagan xatolik bilan o‘lchanadi deb faraz qilinsa, u holda R=35% bo‘lganda


(2.15)
ifoda o‘rinli bo‘ladi va u shaffoflik koeffitsiyenti T=16% bo‘lgandagi qiymatiga mos keladi. Yutilish koeffitsiyentining a<1/d sohasida a ni aniqlashdagi xatolik amin ni aniqdashdagi xatolikdan katta bo’ladi. Shunday qilib, tekshirilayotgan sohada yutilish koeffitsiyenti a=10-1 sm-1 dan a=104 sm-1 gacha o‘zgarsa, kamida ikki xil d1 va d2 qalinlikdagi namuna olinishi kerak. d2> d1,). qalinlikni topish uchun (2.13) tenglamaga yutilish koeffitsiyentining yuqori chegarasi 104 sm-1, Rv va Tv - ing minimum qiymatlari qo‘yilib hisoblanadi. Masalan, 104 sm-1, Tmin=0,01% va R=35% bo‘lganda, d1=8,3 mkm ekanligi ko‘rinadi. d2 — qalinlik esa quyidagi (2.16) tenglama bilan topiladi:
(2.16)
Qalinligi d2=1 mm bo‘lgan namunada yutilish koeffisiyentini 10 dan 84 sm-1 gacha, qalinligi d1,=8,3 mkm na- munada 240 dan 104 sm-1 gacha tekshirish mumkin. Yutilish koeffitsiyentini 84 240 sm-1 oraliqda tekshirish uchun qalinligi d3=200 mkm bo‘lgan uchinchi namuna zarur (kerak). Bu namuna bilan amax=50 sm-1 dan amax=415 sm-1 gacha o‘lchash mumkinki, kichik yutilish koeffitsiyentlarini o‘lchashda yutilish koeffitsiyentini aniqlashdagi xatolikning minimum bo‘lish sharti ad=1 dan yorug‘likning tarqalish yo‘nalishida namuna qalinligi katta bo‘lishligini talab etadi. Juda kichik yutilish koeffitsiyentlarini a<10-2 sm-1 o‘lchash uchun maxsus usullar yaratilgan.

Download 3.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling