Zamon shakllari


Download 0.61 Mb.
bet15/33
Sana18.06.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1597692
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   33
Bog'liq
rules for all tenses (pdf.io)

- ed qo’shish qoidalari



1
- e harfiga tugaydigan fe’llarga d harfi qo’shiladi.

2
undosh+y ga tugaydigan fe’llarda y tushib qoladi va ied qo’shiladi.

3
Unli+y ga tugaydigan fe’llarga ed qo’shiladi.

4
Agar fe’l bir bo’g’inli bo’lsa, yoki urg’u oxirgi bo’g’inga tushsa va osha bo’g’inda ikki undoshning o’rtasida bitta unli kelgan bo’lsa, -ed qo’shilganda oxirgi undosh ikkitaga ortadi.

5
-l harfiga tugaydigan fe’llarga ed qo’shilganda l harfi ikkitaga ortadi.

Dance-danced

Try-tried

Play-played

Plan-planned

Travel-travelled










Lekin: open-opened (chunki, bu yerda urg’u birinchi bo’g’inga, ya’ni o harfiga tushadi.)





Qisqa javoblar (Short answers)



Yes,+personal pronoun+did.

No,+personal pronoun+didn’t.


Did you buy a gift for your mother? Yes, I did./No, I didn’t. Onangga sovg’a oldingmi? Ha./Yo’q.

15

Ishlatilishi

1. O’tgan zamonda aniq bir paytda sodir bo’lgan ish-harakatlarga nisbatan. Ish-harakatning sodir bo’lish vaqti aytiladi yoki allaqachon undan oldin kelgan gaplardan ma’lum bo’ladi yoki boshqacha usulda nazarda tutiladi. Nima bolganda ham when-qachon degan savolga javob bo’ladi.

They spent their holidays in Switzerland last winter. Ular otgan qishda ta’tilni Shvetsariyada o’tkazishdi. (bu gapda vaqt aytildi last winter)


They had a great time. Ular maza qilishdi. (vaqti allaqachon ma’lum. Qachon? O’tgan qishda Shvetsariyaga borishganida)

2. O’tgan zamonda birin-ketin darhol sodir bo’lgan ish-harakatlarga nisbatan.

First, he read the message. Then, he called his boss. U avval xabarni o’qidi. Keyin, boshlig’iga telefon qildi.

3. O’tgan zamonda sodir bo’lib turgan, lekin hozirda boshqa sodir bo’lmaydigan odatlar yoki holatlarga nisbatan. Bunday gaplarda used to birikmasini ishlatish ham mumkin.

People travelled/used to travel by carriage in those days. Odamlar osha kunlarda aravalarda yurishardi. (hozir unday emas, hamma mashinada yuradi)

4. Vafot etgan odamlarning hayotlari, ularning qilgan ishlari haqida gapirganda.

Marilyn Monroe starred in a number of successful films. Merilin Monro bir qator mashhur filmlarda bosh ro’lni o’ynagan.


Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling