Œзбекиcтон Республикаси Олий ва ¢рта махсус


-§. O’quvchilarning geometrik tasavvurlarini rivojlantirishning


Download 39.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/37
Sana21.06.2023
Hajmi39.03 Kb.
#1641521
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   37
Bog'liq
kasb-hunar kollejlarida stereometriya masalalarini yechishda oquvchilarning fazoviy tasavvurlarini rivojlantirishning ilmiy-metodik asoslari

 
1.3-§. O’quvchilarning geometrik tasavvurlarini rivojlantirishning 
asosiy yo’nalishlari 
Geometrik tasavvurning psixologik va pedagogik strukturasi haqidagi 
fikrlar oldingi paragrafda ko’rsatib o’tilgan edi. Geometrik tasavvurning 
umumtahlim maktab o’quvchilaridagi rivojlanishi shu darajadaki, anketa 
so’rovlari, test materiallari, olingan yozma ish natijalariga ko’ra, o’quvchini 
mustaqil biror teorema isbotining to’liq keltirishi, o’rta va undan yuqoriroq 
qiyinlik darajasidagi masalani mustaqil to’liq yechishi maktab darajasidagidek 
bo’lmaydi. Shu bois, olib borilgan tajriba-sinov natijalari umumta’lim maktab
o’quvchilari geometrik tasavvurini rivojlantirishni talab darajasiga olib chiqish 
masalasi dolzarb muammolardan iborat ekanligi ayon bo’lib qoldi. Shuning uchun 
ham o’quvchilarning geometrik tasavvurini rivojlantirishni quyidagi 
yo’nalishlarda olib borishni lozim topdik;
1. Hayotiy tajribaga suyangan holda hamda hayotiy geometrik o’yinlar o’tkazishni 
boshqarish orqali tasavvurni rivojlantirish.
Bunda o’quvchilarga boshlang’ich geometrik ob’ektlar nuqta, to’g’ri chiziq, 
tekislik tushunchalar berilganidan keyin, shu asosiy uchta tushunchalar orasidagi 
bog’lanishni ko’plik formasiga olib chiqiladi. Masalan, yettinchi sinfda birinchi 
aksioma «To’g’ri chiziq va unga tegishli va tegishli bo’lmagan nuqtalar mavjud» 
ni qo’yishdan oldin tekislikda cheksiz ko’p nuqtalar borligi haqidagi fikrlar 
berilgandan keyin, ixtiyoriy qog’oz tekisligini olib unda to’g’ri chiziqlarni 
joylashtirish hamda to’g’ri chiziq va tekislik nuqtalari, to’g’ri chiziq tekislikda 
yotgani uchun bu nuqtalar har ikkalasi uchun umumiy ekanligi, shu to’g’ri 
chiziqqa tegishli va tegishli bo’lmagan nuqtalarni o’quvchi o’z tajribasidan kelib 
chiqqan holda aniqlaydi va o’z inhikosiga oladi. Bunda bu bilim tajribaga suyanib 


38 
1-чизма 
11-rasm 
amalga oshiriladigan bo’lgani sababli poydevor bo’lib qoladi. Ana shu sistema 
asosida har bir mavzuni o’quvchilarga tushuntirilib borilsa, Ma’lum qadamdan
keyin o’quvchilarda o’zlarining tajribalariga suyangan holda tasavvuri 
rivojlanadi va asta-sekinlik bilan o’quvchilarda o’qituvchining ayrim fikrlariga 
ehtirozlar qilish ham paydo bo’la boshlaydi. Bu ehtiroz o’z navbatida 
o’quvchining o’qituvchi bilan tortishish, bellashish elementlari bilan bog’liq 
bo’ladi. Tajribalar shuni ko’rsatadiki, har doim shu uslub asosida mavzular bayon 
qilinsa, o’qituvchilarning tajribasiga tushmagan bilimni o’quvchilar qabul qilishi 
va undan amalda foydalanish ancha muammolarni keltirib chiqaradi, shuning 
uchun doimiy shu yo’nalishda yangi mavzuni o’quvchilarga o’rgatishning 
salmog’i har doim ham yaxshi bo’ladi deb aytib bo’lmaydi.
2. Boshlang’ich Ma’lumotlarning sodda kombinatsiyalarini idrok qilish asosida 
o’quvchilar tasavvurini rivojlantirish. 
Bunda o’quvchilar berilgan kichik- kichik geometrik ob’ekt, qonun, 
qoidalarni idrok qiladi va bu idrokni bir yoki ikkitasini kombinatsiyasiga 
ko’chiradi, natijada shu sodda idrokning o’zini Ma’lum darajada 
murakkablashtiradi, bu esa to’g’ridan-to’g’ri uning tasavvuriga ko’chadi. 
Masalan A.V. Pogorelovning «Geometriya» darsligini 3- kesma, 4- 
kesmalarni o’lchash, 8- kesmalarni va burchaklarni qo’yish mavzularini tahlilida 
3-bandda «To’g’ri chiziqning berilgan 
ikki nuqtasi orasida yotgan hamma 
nuqtalardan 
iborat 
qismi 
kesma 
deyiladi». «Har bir kesma noldan katta 
uzunlikka ega. Kesma uzunligi shu 
kesmaning har qanday nuqtasi ajratgan 
qismlari uzunliklarining yig’indisiga 
teng». «Istalgan yarim to’g’ri chiziqqa 
uning boshlang’ich nuqtasidan berilgan


39 
uzunlikda yagona kesma qo’yish
mumkin» degan mulohazalarni qarasak, bunda birinchi jumla kesma nima ekanini 
idrok qilish imkoniyatini bersa, ikkinchi jumla kesma uzunligini kesmachalar 
uzunligi yig’indisiga tengligini tasdiqlasa, uchinchi jumla berilgan uzunlikdagi 
kesmani yarim to’g’ri chiziq boshidan boshlab ketma- ket qo’yish mumkin 
ekanligidan darak berishi bir sodda idrokni keyingi idrokka o’sib o’tishi to’g’ridan 
– to’g’ri kesma haqidagi tasavvurini idrok qilish va uni murakkablashtirish 
asosida rivojlantirishni ko’rsatadi. Shuning uchun ham idrok qilish orqali 
tasavvurni rivojlantirish, kengaytirish ayrim murakkab sharoitda idroklarning 
yig’indisi, kesishmasi sifatida ham yuzaga kelishi mumkin. 
Masalan, 

Download 39.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling