Њзбекистон республикаси олий ва њрта махсус таълим вазирлиги


 Servis korxonasini umumiy ish samardorligini aniqlash


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/59
Sana18.10.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1707729
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59
Bog'liq
Kitob 4644 uzsmart.uz

15.2. Servis korxonasini umumiy ish samardorligini aniqlash
Servis korxonasini ish samaradorligi deyilganda, uni faoliyat natijalarini 
xarajatlarga nisbati tushuniladi. Samaradorlikni bunday tiushunilishiga xarajat – 
resursli yondashish akslangan. 
Samaradorlikka maqsadli mo’ljallanishli yondashuv ham maajud. U korxona 
oldiga qo’yilgan birlamchi maqsadlar naqadar bajarilganligini taqqoslash imkonini 
beradi. Bunga o’xshash maqsadlar quyidagilardan iborat bo’ladi:

raqobat jangi sharoitida yashovchanlik;

raqobatchilar bilan bo’ladigan jangda ilg’orlik;

yirik moliyaviy omadsizlik va bonrotlikka yo’l qo’ymaslik;

barqaror ahvol va ijobiy imidjga ega bo’lish;

iqtisodiy potensialini o’sishi;

ishlab chiqarish va sotuv hajmlarini oshishi;

foydani yuqoriligi va xarajatlarini kamligi;

rentabellik va boshqalar.
Bu ikki yondashuv bir-birini to’ldirgan holda o’zaro juda yaqin bog’langan. 
Ko’p hollarda, ular boshqaruv jarayonlarini hamma tushunishlarini qamrab oladi. 
Servis korxonasini ish amaliyotida umumiy samaradorlikni tahlil qilish alohida 
bo’limlar ishi foydasi hisobga olinsada, boshqaruvni yuqori bo’g’ini darajasida 
amalga oshiriladi. Iqtisodiy samaradorlikni hisoblash xarajatlarni iqtisodiy samara 
bilan taqqoslash yo’li bilan amalga oshiriladi. Musbat natija iqtisod qilinganligidan, 
manfiy natijada zarardan dalolat beradi.
159


Ammo oxirgi yillarda iqtisodiy amaliyotda korxona ishi samaradorligini 
tushunishda boshqa mezonlar va jihatlar shakllanmoqda. Natijaviy (natijalar va 
maqsadlarni o’zaro taqqoslash bilan bog’liq) va iqtisodiy (resurs xarajatli) 
samaradorlikni farqlash yetarli emasligi oydinlashmoqda. Korxona faoliyati 
maqsadlarini, shuningdek samaradorlik mezonlarini o’zini tahlil etish zarur bo’ladiki, 
bu esa ushbu muammoni keng ko’rib chiqish darajasiga ko’taradi.
Masalan, jamiyatni rivojlanishi va iqtisodiyotni rivojlanishi maqsadlari 
haqidagi tassavurlarni sekin bo’lsada, ammo doimiy transformasiyalanishi ma’lum. 
Bir vaqtni o’zida samaradorlik mezonlari haqidagi tassavurlar ham o’zgarmoqda. 
Oxirgi yillarda boshqaruvni jahon amaliyotida korxona ishi natijaviyligini baholashni 
yanada keng usullari paydo bo’lmoqdaki, ular uning faoliyatini turli, jumladan, 
odamlar (kadrlar tarkibi va iste’molchilar) bilan bog’liq bo’lgan omil va sharoitlarini 
hisobga olishga yo’naltirilgandir. Samaradorlikni tushinish yuzaga kelgan sharoitda 
natijalar qanday resurslar kombinasiyasi yordamida olinganligi, nimalar nazardan 
qochirilganligi, qanday imkoniyatlardan foydalanilmaganligi, amalga oshirilgan 
tahlilni hisobga olgan holda kelgusida effektivlikni qanday oshirish mumkinligini 
aniqlash bilan bog’lanmoqda.
Servis faoliyatini o’ziga xosligiga to’liqroq javob beruvchi iqtisodiy 
samaradorlikni aniqlashdagi bunday keng yondashuv kompleksli iqtisodiy tahlil 
nazariyasida beriladi. Uning doirasida servis korxonasini samaradorlikgi istiqbolli, 
joriy va tezkor tahlil qilish bo’limlarida ko’rib chiqiladiki, uni asosida erishilgan 
natija baholanadi, shuningdek uni o’zgarishi omillari, foydalanilmagan imkoniyatlar, 
uni oshirish zahiralari aniqlashtiriladi.
Servis korxonasini samaradorligi xarajatlarni shakllanishi, xizmat hajmini, 
foydani rejalashtirish, investision loyihalarni amalga oshirish va boshqalar nuqtai 
nazaridan tadqiqot etilishi mumkin. Shu bilan birga xarajatlarni, ularni taqsimlash 
usullarini, smetalarni tuzish va nazorat qilishni, birlik mahsulot tannarxini 
kalkulyasiyalashni va boshqalarni tahlil qilish zaruriy masalalar bo’lsada, ayni vaqtda 
ular servis korxonasi umumiy samaradorligini tahlil etishning boshlang’ich bosqichi 
hisoblanadi.
160


Bir vaqtni o’zida natijaga ta’sir qiluvchi, ammo iqtisodiy samaradorlikni 
hisoblashda e’tiborga olinmaydigan tashqi va ichki omillarni ham hisobga olish zarur 
bo’ladi. Chunonchi, korxonani faoliyatiga aloqador bo’lgan va uni samaradorligi 
darajasiga ta’sir etuvchi ijtimoiy maqsadlar va turli guruh manfaatlaridan 
abstraksiyalanish hyech ham mumkin emas.
Shunday qilib, boshqaruv samaradorligini ko’rib chiqish bizni ko’p darajali va 
ko’p jihatli munosabatlarni tushunishga undaydiki, ularni rostlashga menejment 
mas’uldir. Boshqaruv subyektlari o’z faoliyatlari bilan servis korxonasiga bevosita 
yoki bilvosita aloqador bo’lgan yuridik va jismoniy shaxslarni bir-biriga qarama-
qarshi, ko’p hollarda ziddiyatli munosabatlarini garmonizasiya qiladi. O’z ishlarida 
ular material-texnik va moliyaviy oqimlarni rostlay turib, faqat foydani 
maksimallashtirish muammosiga e’tibor qarata olishmaydi. Menejment bir vaqtni 
o’zida mijozlarni talablarini tahlil qiladi, personalni kerakli yo’nalishga motivasiya 
qiladi, yetkazib beruvchilar bilan kelishadi. Bu holda rahbariyat servis korxonasi 
ishiga ta’sir etuvchi, ishtirokchilar tarkibi va ularni manfaatlarida akslanadigan 
barcha komponentlarni o’zgarishi faktlarini hisobga olib borishiga to’g’ri keladi.
Umumiy samaradorlikni bunday tushinilishi iqtisodiy ko’rsatkichlardan 
tashqari servis korxonasini keng faoliyatini akslantiruvchi qator qo’shimcha 
ko’rsatkichlardan (tashkiliy, ijtimoiy-guruhli, yakka-ruhiy va boshqalar) 
foydalanishni talab qiladi. Bu holda, korxona, ish samaradorligi haqida quyidagi 
ko’rsatkichlar dalolat beradi:

ishonchli hamkorlarni mavjud bo’lishi;

mijozlar bazasini (doimiy iste’molchilar guruhini) mavjud bo’lishi;

korxonani korporativ – jamiyat tashkilotlariga tegishli bo’lishi;

jamiyat va davlat dasturlarida ishtirok etishi;

firmani obro’i va imidji;

kadrlarni oquvchanligi;

mijozlar bilan bo’lgan shikoyat va sudlar soni va boshqalar.
Servis korxonasi samaradorligini keng tushunish, bu muammo ko’p o’lchovli 
dinamik modelga aylanayotganligi haqida gapirishga imkon beradi. Servis 
161


korxonasini muvaffaqiyatli ishi haqidagi aynan ana shunday tassavurlar servisni 
jahondagi iqtisodiy amaliyotda ishlab chiqilmoqda. Bu holda quyidagi uchta tarkibiy 
tavsiflar muhim hisoblanar ekan:


Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling