‘zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi
|
X I bob. X V III A SR YEVROPA JURNALISTIKASI
Angliya. Angliya jurnalistikasi nemis jurnalistikasidan kechroq • paydo boMganligiga qaram asdan, keyinchalik undan o ‘zib ketdi. Buni h atto 1702- yili Londonda birinchi kundalik gazeta «Daily Courant* (Deyli kurant)- ning chiqishidan ham bilsa bo'ladi. Birinchi kundalik gazeta Gemianiyada 1730-yilda, Fransiyada esa 1777-yilda chiqa boshladi. Lekin bu ingliz m atbuoti m uam m olardan xo!i edi, degan m a’noni bildirmaydi. Albatta, XVIII asrda ingliz m atbuoti nem is yoki fransuz matbuotiga nisbatan erkinroq boiganligi m a’lum haqiqat. Biroq u ham o ‘ziga yarasha muam- m olari bilan kurash olib bordi. Bu muammolar ko‘proq matbuotning iqtisodiy asoslari bilan bog‘liq edi. Buyuk Britaniyada qirolicha A nna hukmronlik qilgan paytlarda, 1712- yili gazetalarga shtem pel solig‘i joriy qilindi. Ya’ni, gazetaning har Dir varag'idan yarim penni soliq olinadigan bo‘ldi. Uning adadi qancha ko‘p b o ‘Isa, davlatga shuncha k o ‘p soliq to la sh tartibi joriy etildi. Bu esa ingliz m atbuotini ancha tang moliyaviy ahvolga solib qo‘ydi. Ammo tez orada gazetalar mazkur qonunni chetlab o ‘tish yoki hech b olm aganda soliqning og*irligini yengillashtirish yo'llarini izlab topishdi. M atbuotda reklama kuchaytirildi. Yangi gazetalar chiqishi davom etaverdi. XVIII asr boshida m am lakatda ko‘plab kundalik gazetalar paydo b o ld i. Xususan, 1715-yili poytaxtda «London Post* (L ondon post) kun dalik gazetasi chiqa boshladi. D aniel Defoning «Robinzon Kruzo* asari birinchi marta shu gazetada ch o p etildi. Shundan so‘ng «London post* misli ko'rilmagan darajada m ashhur b o iib ketdi. 1726-yili Nikolay Anxerstning hammaga taniqli «Craftsma* (Kraftsmen) gazetasi chiqa boshladi. Ushbu gazeta o ‘sha paytlarda katta tortishuv va bahslarga sabab bo lgan masala — Britaniyada davlat boshqaruvining shakllari haqidagi chiqishlari bilan o'quvchilar e ’tiborini qozondi. Bir yil ichida «Krafts- men*ning kundalik adadi 10 m ing nusxaga yetdi. XVIII asming ikkinchi yarm ida siyosiy-ijtimoiy yo‘nalishdagi bir q ato r boshqa kundalik gazetalarga asos solindi. Ulardan 1760-yili chiqqan «Middlesex Journal* (M iddlseks Jornal) muxolif gazetasi va Mister Vudfelning «Public Advertiser* (Pablik Edvertayzer) gazetalari tadqiqot- chilar tom onidan alohida ta ’kidlanadi. «Middlseks Jornal* saylov huquqi barcha uchun kafolatlanishini yoqlab chiqqan bo'lsa, «Pablik Edvertayzer* 1769-yildan 1772-yiIga q ad ar shov-shuvga aylanib ketgan m ashhur «Yunius maktublari* turkum ini tashkil qilgan maqolalaming 69 tasini chop etdi. M aktublar muallifi qirol G eorg II kirdikorlarini fosh etib, uning ustidan ayovsiz kuldi. Ingliz matbuoti tarixida shu paytga qadar hali hech kim amaldagi hukum at va davlat rahbarini bunchalik ochiq-oydin tanqid qilmagan edi. G archand hukumat gazeta rahbariyatidan maktublar muallifini oshkor etishni talab qilsa-da, u sirligicha qolaverdi. Ushbu erkinlik kuychisi asli kim ekanligi haqidagi tortishuvlar tarixchilar o 'rt asida uzoq yillar davom etdi. Ko‘pchilikning fikricha, piaktublar muallifi ser Filipp Fransis ( 1740— 1778) b o ig a n 1. «Yunius maktublari»ning chop e tilish i‘«Pablik Edver- tayzer»ga ham siyosiy, ham iqtisodiy dividendlar olib keldi. U ning tiraji ikki baravar oshdi. Siyosiy gazetalardan tashqari, XVI [I asr boshida ingliz jum alisii- kasining yana bir tarmog'i — «axloqiy haftaliklar* paydo b o id i. Bu yo‘n a - tish keyinchalik nemis va rus jum alistikasiga ham ta ’sir qildi. «Axloqiy jumalistika» dastlab madaniy va axloqiy masalalar, yaratuvchi haqidagi falsafiy qarashlar hamda mhning abadiyligi muammolaríga keng e ’tib o r qaratdi. U shbu haftalik nashrlar keyinchalik parlament majlislari haqidagi hisobotlami ham bera boshlagach, ingliz pariamenti matbuotga o 'z eshiklarini ochishga majbur bo'ldi. 1709-yilda chiqqan «The Tatler» (T atler — Hamsuhbat) jurnali «axloqiy haftaliklar»ning dastlabkisi edi. 0 ‘z sahifalarida ishqiy hikoyalar, gersog M alboroning harbiy sarguzashtlari, xonim Jenni Distafning otashin qalb sirlari, Nyutonning dunyoqarashlari va hokazolami chop etish bilan ushbu haftalik ingliz jumalistikasida o'ziga xos yangi yo‘nalishni boshlab berdi va mamlakatda eng ommabop nashrga aylandi. «Tatler»ning noshirlari Ricliard Stil va Edison tez orada axloqiy 1 haftalik yo‘nalishidagi yana bir jum al — «The Spectator»ga (Spekteytor— Tomoshabin) asos solishdi. Shu bilan «Tatler» chiqishdan to'xtadi. 0 ‘z salafiga o'xshab tezda ommaviylashib ketgan yangi nashr saviyasi va sifat darajasi ancha yuksakligi bilan farq qiiardi. Endi uning qahramonlari oddiy kishilar emas, balki oliy m a’lumotli, ma’rifatli shaxslar edi. Jum alchilik sohasidagi faoliyatlari muvaffaqiyatidan sarxush bo'lgan noshirlar 1712-yil dekabrda «Spekteytom ii chiqarishdan to ‘xtatib, 1713-yil mart oyida «The Guardian» (G ardian — Q o'riqchi) haftalik jurnalm ing nashrini yo'lga qo'yishdi. Biroq ko‘p o 'tm a y u siyosiy tus ola boshladi va mamlakatdagi eng yirík siyosiy kuch-viglar partiyasining iarafiga o ‘tib olib, ulaming raqibi bo'lgan tori paitiyasi bilan kurashga kirishdi. Haftalik bu safar Richard Stil va Edison kutganchalik muvaffaqiyat keltirmadi. 0 ‘sha yilning kuzida «Gardian» omadsizlikka uchrab, chiqishdan to‘xtadi. Shundan keyin ham London va boshqa shaharlarda «axloqiy haftalik lar» chiqib turdi, biroq ular ingliz jum alistikasi tarixida sezilarli iz qoldira olmadi. Faqatgina 1731 -yilda asos soli/îgan «G sntelm en’s M agazine» (Jentelmens megezin) haftalik jurnali ancha obro‘ qozonishga muvaffaq bo'ldi. Biroq parlament majlislari asosida tayyorlangan hisobotlarini c h o p eta boshlagach, 1733-yilda ushbu haftalik ham taqiqlab qo'yildi. Qizig'i shundaki, jumal parlam entdagi munozaralami real hayotda emas, balki afsonaviy liliputiya davlatida yuz berayotgan voqealar sifatida tasvirlab, deputatlam ing ismlarim o'zgartirib bergan edi. Biroq bunday uslub jurnalning noshiri va muharriri Kaveni ma’muriy javobgarlikdan saqlab qololmadi. Kave parlam ent va deputatlam i masxara qilganiikda ayblandi. Sliunga qaram ay, Kave parlament majlislari haqidagi hisobotlami c h o p etishni davom etdi. Bu esa oxir-oqibatda jum alning yopilishiga olib keldi. Garchand jngliz jurnalistikasi haqiqatgo‘y nashrdan ayrilib qolgan bo'lsa-da, u m amlakat m atbuotining keyingi rivojiga katta ta ’sir ko‘r- satishga ulgurgan edi. Ko*p o ‘tm ay Angliya parlam enti o ‘zining asrlar davomida bahramand b o ‘lib kelgan imtiyozi - o ‘z majlislarini yopiq eshik- lar ortida o'tkazish a n ’anasidan voz kechdi. Shunday qilib, «Jentelmens megezin* ingliz m atbuotiga parlam ent haqtda ochiq va erkin axborotga ega b o iis h huquqini olib berdi. XVIII asrning ikkinchi yarm ida ingliz milliy jurnalistikasi yanada yuqori sur’atlar bilan rivojlandi. Londonda o'nlab umummilliy xarakterdagi nashrlar paydo bo‘ldi. Jum alistika katta kuchga aylanib, mamlakatning ijtimoiy-siyosiy va m a’naviy hayotiga ta’sir eta olish qudratiga erishdi. Bu davrda ingliz m atbuotining q a t’iy uslubi, shakli va o ‘ziga xos xususiyatlari shakllandi. Shu paytda tu g ‘ilgan dastlabki kundalik gazetalaidan «Morning Chronicle» (M orning kronikl) parlamentning har ikki palatasi majlislari haqidagi keng hisobotlam i berib bordi. Gazeta stenografistlarining bevosita parlam entda ishlashlari m am lakat qonun chiqaruvchi hokimiyatining faoliyati haqidagi eng batafsil m a’lumotlarni e ’lon qilib borish imkonini berardi. «Morning kronikl» tezda ommaviylashib, hatto daro.mad man- bayiga ham aylandi. XIX asr boshiga kelib u o ‘z egalariga yiliga 200 ming fiint sterling atrofida foyda keltira boshladi. XVIII asming ikkinchi yarm ida siyosiy nashrlar bilan bir qa.orda ingliz liberal jurnalistikasi ham dunyoga keldi. Bunday nashdarning eng ko‘zga ko‘rinarlisi kundalik «M orning Post» (M orning post) gazetasi edi. Bir necha marta q o ‘ld a n -q o ‘lga o ‘tganligiga qaramay, gazeta o ‘zining yo'nalishi va o'quvchilari doirasini saqlab qola oldi. Biroq, asr nihoyasida gazeta faoliyatida konservatorlar tom on birmuncha og‘ish yuz berdi. 1785-yili unga raqobatchi sifatida «Daily Universal Register» (Deyli yuniversal rejister) gazetasi m atbuot olamiga kirib keldi. Ikki yil ichida bu gazeta o'quvchilarining soni «Morning post»nikidan ham oshib ketdi. «Deyli yuniversal rejister*ning nom i 1788-yili «Times» (Tayms) deb o ‘z- gartirildi. Tashkii etilganiga ikki asrdan oshgan ushbu gazeta bugungi kunda ham nafaqat ingliz, balki jahon jumalistikasida peshqadam nashr- lardan hisoblanadi. Xullas, XVIII asrda G erm aniya va Fransiya gazetalari erkinlik uchun kurash olib borayotgan b ir paytda Angliyada gazetachilik va umuman, m atbuotning siyosiy, ijtim oiy va iqtisodiy asoslari mustahkamlana bordi. M atbuot mamlakatdagi ijtim oiy va siyosiy jarayonlarga ta ’sir qilish qud ratiga ega bo'libgina qolm ay, shu bilan birga darom ad keltiradigan to'la- qonli ishläb chiqarish soiiasiga aylandi. Shunday qilib, XVIII asrda Angliyada matbuot nafaqat siyosiy, balki iqtisodiy mustaqillikka liam erislidi. Germaniya. XVIII asming birinchi yarmida butun G erm aniya davlati singari nepiis matbuoti ham turg'unlik davriui boshidan kechirpyotgan edi. 0 ‘itiz yillik urushning* yaralari ham on bitmagan va m amlakat uning oqibatlarini katta qiyinchiliklar bilan tugatayotgan edi. U rush m am lakatni ham iqtisodiy, ham hududiy jihatdan parokanda holatga keltirib q o ‘ygandi. K o'plab nemis erlari Prussiya tarkibidagi mustaqil hududlarga aylangan, fan va madaniyatning rivojlanishi esa sustiashgan edi. Xalqning moddiy farovonligi pasayib, millatning siyosiy birdamlik tuyg'usi ancha so‘ngandi. Bunday sharoitda, tabiiyki, m atbuotning shahdam qadam lar bilan rivoj- lanishini kutish xomxayol hisoblanardi. Shuning uchun ham bu davrda nemis matbuotining yutuqlari unchalik katta bo‘lmadi. XVIII asming birinchi choragida mamtakatda m atbuotning umumiy rivojlanishi kuzatilar ekan, Berlindagi m uhit birm uncha d iqqat-e’tibom i tortadi. Asming dastlabki ikki o ‘n yilligi davomida shaharda kitob savdogari Iogann Lorensning «Берлинисче Привелигиерте Зеитунг» gazetasi yagona siyosiy-ijtimoiy nashr sifatida faoliyat ko‘rsatdi. Shunga qaramay, u nihoyatda chegaralangan auditoriyaga yetib borar va deyarli ta ’sir kuchiga ega emas edi. 1721-yili Iogann Andreas Ryudiger «Berlinische Priveligierte Zeitung» gazetasiga asos solgandan keyin shaharda ikkita raqobatchi nashr paydo bo‘ldi. Keyinchalik, gazetaning egasi o ‘zgargach, ikkinchi gazetaning nomi «Vossische Zeitung* deb o‘zgartirildi. 1730-yildan shaharda yana bir gazeta-«Berlinische Nachrichten von Staats und Gelehrtensachen* chop etila boshladi. Noshiri Ambrozio G aude bo'lgan ushbu gazeta ham keyinchalik o ‘z nomini «Сперенече Зеитунг* qilib o'zgartirdi. 1730-yildan keyin viloyatlarda q ato r gazetalar chiqa boshladi. Ular orasida Hamburg matbuot muhiti alohida o ‘rin tutar edi. 1710-yili H am burg yaqinidagi Shifbek qishlog'ida «Schiftbeeker Posthorn* gazetasiga asos sotindi. 1731-yUi gazeta tahririyati savdo va siyosiy jihatdan ancha faollashib, Hamburg shahriga ko‘chgandan keyin u «Хамбургиче унпар- теиче корреспондент» nomi bilan chiqishda davom etdi. Kundalik nashrga aylangan gazeta tezda ham burgliklar e ’tiborini qozondi. Uning adadi o ‘z davri uchun rekord ko‘rsatkich — 30 ming nusxaga etdi. Ko‘rinib turganidek, XVIII asm ing ikkinchi choragida G erm aniya m atbuotida ancha jonlanish yuz berdi. 30-yillarda nafaqat Berlinda, balki boshqa shaharlarda ham yangi gazetalar ta ’sis etildi. Biroq ulam ing soni ozchilikni tashkil etishi barobarida, hali mamlakatdagi siyosiy uyg‘onishdan darak bermasdi. Bunday uyg'onish bir o z keyinroq, qirol Fridrix II (1740—1786) hukmronligi davrida amalga oshdi. 1 « 0 ‘ttiz yillik urush* 1618-yildan 1648-yilgacha davom etdi va Vestfaliya shartnomasining imzolatiishi bilan yakun topdi. Urushda Yevropadagi qator mamlakatlar, jumladan, Prussiya, Fransiya, Niderlandiya va Shvetsiya ¡фйгок etdi. janglaming asosiy qismi Germaniya (Prussiya) hududida olib borilganligi uchun ushbu mamalakat hammadan ham ko'proq zarar ko‘rdi. buning ustiga Prussiya urushda g‘oIib chiqmadi va hatto aytim hududlaridan ayrildi. Fridrix II davlat tepasiga kelganidan keyin nemis xalqining o ‘zini o ‘zi milliy anglashi asta-sekinlik bilan namoyon bo‘la bordi. Milliy ongning yuksalishi tez orada davriy m atbuotning mazmuni va xarakterida ham o ‘z ifodasini topa boshladi. Bu jarayon dastlab jum allar faoliyatida ko‘zga tashlandi. Ularda milliy ruh bilan yo‘g‘rilgan tahliliy, ¡lmiy-ommabop m aqolalar ko‘paydi. Biroq gazetalam i erkinlashtirish masalasi oson kech- m adi. Chunki mamlakatda huquqiy jihatdan hamon senzura amal qilishi bilan birga har bir hudud m atbuot sohasida o ‘zining mustaqil siyosatini yurgizar edi. Shuning uchun gazetalardagi erkin fikr ancha chegara- langandi. M avjud vaziyatni yaxshi tushungan Buyuk Fridrix matbuotning m am lakat hayotidagi aham iyatini darrov anglab etdi. Qirol tashqi va ichki siyosatini o ‘zi xohlagan ko’rinishda xalqqa yetkazish borasida matbuotning oldiga tushadigan boshqa biror vosita yo'qLigini yaxshi his qila bildi. Shu bois taxtga o ‘tirgan yili u eng ishongan vaziri Podevils orqali mamlakat harbiy vaziri fon Tulemeyerga «Berlindagi gazetalarga chegaralanmagan darajada erkinlik berishni»1, shuningdek, ulaming materiallarini oldindan senzura qilmaslikni buyurdi. C hunki o ‘sha paytlarda senzura ¡shlari asosan harbiy vazirlik tom onidan am alga oshirilardi. Podevilsning harbiy vazir nom íga yo‘llagan m aktubida, jum ladan, «Hazrati oliylari blindan buyon qiziqarli gazetalar uchun su n ’iy to ‘siqlar qo'yilmasligini xohlaydilar»2, degan so‘zlar bitilgan edi. Shundan so‘ng Berlin va boshqa hududlardagi gazetalarga tom m a’nodagi erkinlik berildi. Ammo bunday chegara lanm agan hur fikrlik ko‘pga cho'zilm adi. Fridrix II mamlakatni birlashtirish va o ‘ttiz yillik urush oqibatida boy berilgan yerlarni qaytarib clish maqsadida qator urushlar olib bordi. Ana sh u harbiy harakatíar davom ida qirol qator xatoliklarga yo ‘1 qo‘ydi va omadsizliklarga uchradi. Xalq bulam ing barchasidan xabar topishi esa hukm dorning obro‘siga putur yetkazish aniq edi. Shuning uchun 1749-yili senzura yana qaytadan joriy qilindi. Matbuot nazorat ostiga olinib, sekinlik bilan Buyuk Fridrixning dastyoriga aylantira borildi. Shunga qaramay, boshqa yerlardan farqli o ‘laroq, Berlin gazetalarida ham on o 'tk ir siyosiy maqolalar va harbiy yurishlarning ikir-chikirlarini aks ettiruvchi tahliliy m ateriallar e ’lon qilib borilardi. Qizíg‘i shundaki, bu gazetalardagi o ‘nlab xabarlar va korrespondensiyalar shaxsan qirol qalamiga m ansub edi. U o ‘zi vazirlari va saroy amaldorlaridan ham tez-tez m atbuotda qatnashib turishni talab qilardi. Aslida, qirol devonxonasidan chiqqan materiallar gazetalarda go'yoki viloyatlardan olingan yangiliklar singan chop etilardi. Berlin gazetalariga qirol saroyidan olingan maqolalarni o'quvchilarga rasmiy ohangda taqdim etm aslik haqida berilgan ko‘rsatma ham shunga un d a r edi. Bundan oddiy va norasmiy maqolalar orqali xalqqa yaqin bo‘lish va pirovardida jam oatchilik ongini shakllantirish ham da harbiy 1 Salom on L. 0 ‘sha manba, 82-bet. 2 0 ‘shajoyda, 82-bct. yurishlarni oqlash maqsadi ko'zlanardi. Qirolning korrespondensiyalari asosan «Shohidning maktublari* rukni ostida chop etilardi. Tabiiyki, maqolalar ostida boshqa imzo turardi. Faqatgina oradan yuz yil o ‘tib nemis tadqiqotchisi Droyzen ushbu korrespondensiyalar Fridrix II qala- miga matisub ekanligini aniqladi1. Dastlab matbuotning qudratidan o 'z hokimiyatini kuchaytirish maqsadida foydalangan Buyuk Fridrix vaqt o ‘tgani sayin undan hayiqa boshladi. 1761-yili mamlakat ichkarisidagi kelishmovchiliklar sababli qirol hokimiyatiga ancha darz yetdi. Turli mish-mishiar oqibatida Berlin ahoiisining kayfiyati keskin tushib ketgan bir paytda, kutilmaganda, qirolning matbuot erkinligiga qarshi yo‘naItirilgan farmoni chiqdi. U nga binoan, «soxta xabarlar va m ish-m ishlarni tarqatuvchilar* Shpandaus qal’asiga qam ab qo‘yiladigan bo'ldi. 0 ‘z mohiyatiga ko‘ra, farm on m atbuotning siyosiy jihatdan erkinlashuviniiig oldini olishga qaratilgan edi. Fridrix II ning vorisi qirol Fridrix Vilgelm II (1786—1797) zam onida ’ matbuotga nisbatan tazyiqlar yanada kuchaydi. 1788-yil 19-dekabrda hukumatning senzurani kuchaytirish haqidagi qarori chiqdi. M azkur qaror nafaqat siyosiy matbuotga, balki ilmiy adabiyotlarga ham qarshi qaratilgan edi. Shunday qilib, XVIII asrning uchinchi choragida nemis m atbuoti, birinchi navbatda, Berlin gazetalari bahram and bo‘lgan erkinlikka uzil- kesil nuqta q o ‘yildi. Matbuot ustidan nazorat Buyuk fransuz inqilobidan keyin yanada kuchaytirildl. M atbuotning obro‘si va ommaviyligi keskin pasayib ketdi. Shu paytdan boshlab nem is ziyolilari, hurfikrii kishilar va oddiy fuqarolar asosiy axborotnt Hollandiya matbuotidan ola boshladilar. Bu paytga kelib holland matbuoti nafaqat Germaniya, balki butun Yevropaning katta axborot manbayiga aylandi. Shuning uchun ham XVIII asr oxiri-XIX asr boshida Hollandiya gazetalari Yevropadagi eng ko‘p tarqaladigan nashrlar edi. Germ aniya matbuoti haqida so‘z ketar ekan, ushbu mam lakatning jumalchiligi tarixiga ham to'xtalib o ‘tish foydadan xoli bo‘!maydi. Xristian Tom aniyaning 1685—1689-yillar oralig‘ida chiqqan «Monabgesprache* jurnali nemis tilidagi ilk jurnal bo‘lib, u insonlarni «tabiiy*, ya’ni azaliy insoniy qadriyatlar asosida yashash to m o n yuz burishga chaqirar va ongni «sog'lomlashtirishni* targ‘ib qilar edi. M a'naviyat va axloq masalalariga ko‘proq e ’tib o r beruvchi ushbu nashr keyinchalik «axloqiy haftaliklar» nomini oigan jum allarning paydo bo'lishi uchun zamin hozirladi. Nem is «axloqiy xaflaltk* jum allari «Tatler», «Spekteytor* kabi ingliz jum allaridan andaza olib shaldlandi. Bu yo‘nalishdagi birinchi haflalik- 1713-yilda dunyoga kelgan «Der Vernunitler»ga omad yor boMmadi. 1718- yili Hamburg shahrida «Die Lustige Fanta* jurnalining chiqishi m azkur sohadagi adabiy jumalchilikning jonlanishiga turtki bo‘ldi. «Axloqiy haftaliklar» o'sm irlam i (arbiyalashdagt kamchiliklami m uhokam a etish bilan birga, katta yoshdagilaming xulq-atvoriga ham jiddiy e ’tibor qaratdi. U la r o ‘z sahifalarida m an-m anlikka berilish, dabdababozlik va ko n- gilxushükka moyillik singari insoniy zaifliklami, m a d a n i^ s iz l^ adash turli ko‘chalarga kirib qolish va turli xatolarga yo 1 qo yish kabi kam chiliklam i fosh etishardi. B unday jum allam i Germ am yam ng deyarli barcha hududlarida uchratish m um kin edi. Turli tanaffuslar bilan butun XVIII asr davomida chiqib turgan Syurixning «Die discourse d e r m ahlem * ( 1 721-1723), Hamburgmng «Der Patriot* (1724-1726), Leypsigning «Die v^ n u n f t > g e n M t e n n c » (1725 1 7 2 6 \ Venaning «Der M a n n ohne Vorurteil* (1765 176 7). Ber mning «Berlinische Monatsschrift* (1783-1811) jum allan ning eng yorqin nam unalari b o ‘ldi. Ushbu j u m a l l a m i n g ko pchiligi atrofida o ‘z zamonasining taniqli yozuvchilari birlashuvidan turli yodiy to garakl va muayyan yo‘nalishdagi adabiy maktablar vujudga ke di. . «Axloqiy haftaliklam iing m a ’naviy hayotm yaxslulash borasidagi dadil chiaishlari nemis jurnalistikasini sifat jihatdan yangi bosqichga ko tardi. Ijtimoiy-ijodty faoliyatning m azkur sohasi oilaviy mojarolar va axloqiy m asalalar kabi to r doiradagi mavzular qobig'mi yonb chiqib, dunyo tam adduni yutuqlariga m urojaat qildi. Jam oatchihknm g qiziqishiU» on adabivotiea birinchi navbatda, fransuz va mgliz adabiyotiga qaratildi. Ispan ham da Sharq xalqlari adabiyotini o ‘rganishga ham e tibor kuc*>fydi- M am lakat shimolida fransuz adabiyotining ixlosmandlan ko proq bo lsa, janubda ingliz adabiyotining ishqibozlari talaygma edi. rw c h e d Fransuz yozuvchilarining muxlislari leypsighk professor Gotshed atrofida uyushdilar, ingliz adabiyotining shinavandalan esa professor Ä Ä g » o 'tib d is h d i. Natijada, aarehi ikki oqim paydo b o ‘!di. Buning hosilasi o laroq 1741 bäte m unozara xarakteridagi ikki ju m al tashkil topdL G otshedj ^ a r i i g i d a g . auruh Levpsigda «Belustigungen des Verstandes und Witzes*, bodm er tarafdorlari esa Syurixda «Sammlung krittischer Schriften zur Verbesserung des Urteils und des Witzes» jurnallarini chop etishdi. Adabiy-ommabop ju m allardan tashqari, sekinük bilan bo Isa-da, S i y o s i i m a l S i k a ham rivoj.anib bordi. Agar X V II: a m u , . b m n d u varm ida mamlakatda fransuz m a’rifatparvarhk adabiyoti va dunyo adabiyotiga qiziqish ustunlik qilgan bo‘lsa, 1770 -yildan keyin badny iumalistikadan siyosiy jum alistikaga o ‘tish jarayoni boshlandi. Bunga ko'proq Shimoliy Amerika xalqlarining ozodlik uchun kurashi, fransuz veym arda dastlab adabiy nashr sifatida tashkil etll^ 1t* «Deutscher Merkur* jurnali tez orada siyosiy tus oldi I^ I®bnir® 2 ‘ovalari haqidagi m ateriallari bilan u qisqa vaqt ichida o quvchilar e ’tiborini qozom f oldi. Shuningdek, 1770-1780-yillar orahg .da ommavi o ‘quvchiga mo'ljallangan «D eutsche Chronik*, «Shronologen*, «Di*; grane UnRehener* va «Hyperboreische Briefe* jum allan eng ommaviy nashrlarga aylandi. Biroq m am lakatda matbuotga, eng aw alo, siyosiy Jul nal!St^ nisbatan tazyiq boshlangach, ko‘pgina jurnallar katta qiymchihklarga duch S aksariyati esa yopib qo'yildi. 1777-yili «Deutscher Chronik* jurnah- ning bosh muharriri turkum maqolalari uchun Vyurtemberg gersogi Karl g‘azabiga uchrab, umrining o ‘n yilini Gogenasperg qal’asining sovuq panjaralari ortida o'tkazdi. Xulosa qilib aylish mumkinki, XVIII asr G erm aniya m atbuoti tarixida adabiy, ilmiy-ommabop va ijtimoiy-siyosiy jurnalistikaning uyg‘onish davri bo‘ldi. Jumalistika katta qiyinchiliklar, quvg'in va siquvlar sharoitida ham rivojlaiiishdan to ‘xtamadi. U o ‘z o ‘quvchilarini qoiiiqtiradigan shakllami topishga intilarkan, erkinlik uchun kurashdan toymadi. Fransiya. XVIII asr boshiga kelib mamlakatda matbuotga oid keng qoiam dagi avtoritar qonunchilik shakllanib ulgurgan edi. Lyudovik XIV zam onida (1643—1715) m atbuotni nazorat qilish borasida boshlangan siyosat Lyudovik XV (1715-1774) davrida o'zining eng yuqori cho'qqisiga chiqdi. 0 ‘nlab maxsus qonunlar, farmon, reglament va ko'rsatm alar qabul qilinib, matbuot va matbaachilik faoliyati qattiq nazorat ostiga olindi. Bosma so‘z ustidan nazorat shu darajaga borib etdiki, hatto 1723-yil 28-fevralda Fransiyada birinchi m arta senzura kodeksi — «Reglement pour la Librarie et rimprimerie de Paris» qabul qilindi. M azkur kodeksning ta ’sir doirasi dastlab Parij shahri hududini qam rab oigan bo‘lsa, o ‘sha yilning mart oyidan e ’tiboran umummilliy qonun aham iyatini kasb etib, butun mamlakatda amal qila boshladi. Kitob va gazeta chiqarishdan tortib ulam ing savdosi va hatto matbaachilikda qanday harflaming qo'llanilishigacha b o ‘lgan tkir-chikirlar 123-moddadan iborat ushbu qonunga asosan muvofiqlashtirilar edi. Unga ko‘ra, barcha nashriyotlar universitetlar hududida joylashib, matbaa korporatsiyalari tasarrufida b o iish i lozim edi. Yakshanba ham da bayram kunlari har qanday bosmaxonaning ishlashi va bosm a mahsulotlarning tarqatilishi mutlaqo taqiqlab qo'yildi. Nashriyot va bosmaxonalaming barcha ishchilari (ulaming soni ham qonunan chegaralangan edi), kitob savdogarlari va gazeta tarqatuvchilarning ismi va yashash manzili mahalliy polislyada ro‘yxatdan o ‘tkazilishi shartligi q a t’iy belgilandi. Bundan tashqari, bosmaxona va nashriyotlar ishi har uch oyda bir marta qirollikmng bosma ishlari bo‘yicha maxsus xizmati — Sindik tomonidan taftish qilinardi. Suiiste’molchilikning oldini olish maqsadida Sindik a ’zolarining o ‘z mansablariga h ar yili qaytadan saylanishlari joriy etildi. Hammadan ham og‘iri — politsiya leytenanti va senzom ing ruxsatisiz birorta kitob yoki bosma mahsulot chop etilmas edi. Oddiy bir kitobni chiqarish uchun oylab ijozat kutishga to ‘g‘ri kelardi. D in, davlat va qirolga, ma’naviyatga nisbatan tanqidiy ruhdagi asarlar, shaxsning obro'si va qadr-qimmatiga putur yetkazadigan kitoblarning c h o p etilishi hamda tarqatilishi qattiq jazolashga sabab bo‘lardi. H a r qanday bosma mahsulotning asl dasxatlari Sindikda saqlash uchun topshirilar va ular o ‘zlarining bosma variantlari bilan to ia mos kelishi lozim edi. Lyudovik XV matbaachilikni, shu jum ladan, gazetalar faoliyatini nazorat qilish borasida faqatgina senzura kodeksi va boshqa o'nlab huquqiy hujjatlami chiqarish bilangina kifoyalanib qolmadi. Bularning bari kamlik qilganday, qirol nashriyotlaming eshiklari ish paytida hech qachon yopib qo'yilmasligi, ulam ing orqadan chiqadigan yo‘llari bo‘lmasligi, eshik va pynalarga esa pardalar osilmasligi to ‘g ‘risidagi farmoyishni imzoladi. Blindan ko'zlangan maqsad — bosm axonalar faoliyatini yattada kengroq nazorat qilish, istalgan vaqtda ulam i tekshirish imkoniyatiga ega b o iish edi. U shbu qoidalam ing buzilishi esa 500 livr miqdoridagi jarim a va olti oyga bosm axonani yopib q o ‘yish bilan jazolanardi. Qoidabuzarlik qayta takrorlangan taqdirda esa, bosm axonaning lisenziyasi bir umrga bekor qilinardi. U m um an, matbaachilik sohasidagi qonunbuzarlik uchun o iim jazosi Fransiyada 1728-yilga qadar saqlanib keldi. M am lakatda m atbuot va matbaachilik shu qadar siquvga ohngan bo'lishiga qaram ay, Lyudovik XV xalqaro hamjamiyat oldida odil hukm dor sifatida ko‘rinishga intilar edi. U «Bosmaxonalar faoliyatini yanada takom illashtirish va sohani rivojlantirish maqsadida» 1739-yili yana bir reglamentga im zo chekib, butun mamlakatdagi bosmaxonalar soni 250 tadan oshm asligini buyurdi. Unga ko‘ra, Parijda 36 ta, Rúan va Lionda 24, Bordo va T uluzada 10, Strasburg va Lilda 6 tadan, qolgan shaharlar uchun esa bittadan bosmaxonaga ega bo'lish me’yori belgilandi. Qolgan barcha bosm axonalar yopib qo'yildi. N ashriyot va bosmaxonalar ustidan nazorat kuchaytinlgam saym qirollik senzorlarining soni liam oshib bordi, agar 1742-yilÍ ular 79 ki- shidan iborat b o ‘lsa, 1774-yilga kelib 119 kishiga yetdi. Mavjud qonun- qoidalarning aksariyati m atbuotning rivojiga to ‘sqinlik qilar edi. Qirolnmg 1773-yilgi buyrug'i esa matbuotga qaratilgan eng og‘ir- moliyaviy zarba bo‘ldi. Shu paytdan e’tiboran matbuot nashri yold kitobni tarqatishga imtiyoz beradigan oltin m uhm i olish uchun 40 livr va gazetaning har sonini chiqarishga beriladigan ruxsat uchun esa 12 livr to ‘lash majburiyati belgihndi. Buning natijasida moliyaviy jihatdan kuchsizroq gazetalar sindi yoki o ‘z-o ‘zidan yopilib ketdi. M atbuotga tazyiq Lyudovik XVI (1774-1793) hukmronhgi davnda ham kamaymadi. Qirol matbuot haqidagi oldingi huquqiy hujjatlaming aksariyatini saqlab qolish bilan birga, qator yangi qonunlarni jo n y etdi. Butun m am lakat hududida matbaa faoliyatini to ‘g‘ndan-to‘g‘n nazorat qiluvchi 20 ta maxsus- sindikal kamera joriy qilindi. Barcha bosmaxo- nalarning ish soatlari qat’iy belgilab qo‘yiidi va ishchilarning har qanday uyushma va birlashmalarga a ’zo boMishlari qat’iyan taqjqlandi. Biroq, shunga qaram ay, aynan shu asrda va aynan Lyudovik XVI zamonida fransuz burjua inqilobi amalga oshdi. Inqilob davrida fransuz matbuoti qanchalik jo n lan ib ketgani haqida maxsus bobda alohida to'xtalamiz. Fransiyaning inqilobgacha bo‘lgan matbuoti XVIII asrda mintaqadagi boshqa davlatlarga nisbatan ancha sekinlik bilan rivojlandi. Buning qator sabablari b o r edi. Lekin ulardan eng asosiysi-xalqning umumiy savod- xonligi darajasining pastligi va mam lakatda joriy qilingan o ‘ta qattiqo ‘1 q o n u n - q o i d a la r e d i. ’ M am lakat poytaxti Parijda chop etiladigan sanoqh gazetalarni hisobga olmaganda, viloyatlarda chiqadigan gazetalar o ‘ta «nursiz» edi. U lar ko‘proq varaqalam i eslatardi. Parijdan boshqa yirikroq shaharlarda bir yoki ikkita gazera cbiqsa, kjchikroqlarida umuman davriy nashm ing o ‘zi yo‘q edi. Bosma nashrlarni chiqarish tannarxining qimmatligi va ularni chop etishga ruxsat olish jarayonining murakkabligi gazetalam ing davriyligiga ta ’sir qilmay qolmadi. Shu bois ular ahyon-ahyonda chiqar, ayrim sonlarining orasi hatto 15—20 kunga ch o ‘zilib ketardi. N ihoyat, 1777-yilga kelib Fransiyada tom ma’nodagi birinchi kundalik nashr — «Journal de Paris» gazetasi chiqa boshladi. Bu mamlakat jumalistikasining o'sha davrda erishgan katta yutug'i edi. JtaJiya. XIX asrga qadar Italiya matbuoti mamlakat tarixida ingliz, fransuz yoki nemis matbuoti singari hech qachon ulkan ahamiyat kasb etgan emas. Butun XVIII asr davomida Italiyada bor-yo‘g ‘i bir nechta gazeta chiqqan, xolos. Buuga, birinchidan, mamlakatning o 'ta tarqoqligi sabab b o isa, ikkinchidan, aholining asosiy ko'pchiligi savodsiz ekanligi zamin bo'lib xizmat qildi. Hatto, XX asr boshida ham Italiyaning 50 foiz aholisi o'qish va yozishni bilmas e d i1. Garchand Italiya hududida yangiliklami bosma davriy nashr orqali tarqatishga J604-yilda birinchi urinish 2 bo'lgan bo‘lsa-da, Rimning ilk haftalik gazetasi «Cracas» faqatgina 1716-yilga kelib chiqa boshladi. G azeta kichik o'lcham da bo'lib, unda asosan arxeologiyaga oid xabarlar, Rim axloqi va udumlarining xronikasi chop etilardi. Ikkinchi gazeta oradan o 'ttiz yildan ko'proq vaqt o'tib , 1750-yilda G enuyada chiqarildi. U dastlab oyda ikki marotaba, keyinchalik esa haftasiga ikki gal — chor- shanba va shanba kunlari chiqib turdi. Chorshanba kungi sonlari xorijiy yangiliklarga. shanbalik soni esa mamlakat hayotiga oid ichki xabarlarga bag'ishlanardi. Chet el yangiliklariga qiziqish kuchli bo'Iganligidan gazetaning chorshanbalik sonlarining narxi ikki barobar qim m at turardi. Italiyadagi navbatdagi gazeta «Gazetta di Geneva» qariyb yarim asrlik tanafTusdan so‘ng-1798-yildan chiqarila boshlandi. Shu bilan, nihoyat, Italiya o'zining ilk kundalik siyosiy gazetasiga ega bo'ldi. A m m o «Gazetta di Geneva* va undan keyin Venesiya, Turin va Florensiyada chiqqan gazetalaming ko'pchiligi nihoyatda kam sonli bo'lib, q a t’iy nazorat ostida edi. Italiyada senzura qatag'oni va matbuotning erksizligi XIX asrning 3 0 - 40-yillarigacha-mamJakatda miJJiy uyg‘onish davri boshiangunga qadar davom etdi. Hollandiya. XVIII asr Hollandiya gazetalari uchun misli ko'rilmagan o ‘sish va gullash davri bo'ldi. Bu holat ko'proq o'sha davrda Yevropadagi davlatlar o'rtasida o'ziga xos siyosiy va huquqiy munosabatlarning shakllanganligi bilan bog'liq bo'lib, Hollandiya bu paytga kelib qit’ada o'z ovozi, so'zi va o'm iga ega edi. Yuqorida ko'rib o ‘tganimizdek, Yevropadagi ko'pgina davlatlar, xususan, Fransiya va Germaniyada katolik reaksiya va absolut monarxiya oqibatida matbuotning faoliyati to r doiraga solib qo'yildi. Bu davlatlardagi 1 Salomon L. O'sha joyda 149-bet. Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling