‘zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi
|
de
IHamme et d u Citoyen. 1789. 2 Revolutions de France et de Brabont. 1790, N»7. Dushm anlar darvozam iz ortida turishibdi, vazirlar, bizning hududimizdan bemalol o ‘taverishingiz m um kin, degan vaj bilan ularga chegafalarimizni ochib berishdi. E htim ol, hozir ular shahdam qadam lar bilan biz tom on yaqinlashib kelayotgandirlar. Turli yoshdagi va turli mavqedagi fuqarolar, Millat majlisi to m o n id an ko'rilgan chora-tadbirlar bizni halokatdan qutqarib qololmaydi; agar q o ‘lga qurol olmasangiz, Fransiyani 14-iyul va 5-oktabrda ikki m arta saqlab qolgan qahramonlxk fazilatlarini o'zingizda nam oyon etm asangiz, u hoida hammangiz qirilib bitasiz*. Marat qirol oilasini qamoqqa olishga, vazirlar va ulaming gumash- talarini hibs qilisliga, o ‘zlarini saqlab qolmoq uchun shaliar hukmdorlarini qamoqqa tashlashga, ko'plab qurol va aslaha xonalarini qo'lga tushirishga chaqirdi. Mohiyat jihatidan u plebeylar inqilobiga, hokimiyatni xalq o ‘z qo‘liga olmog'i uchun kurashga d a’vat etgaiidi. Bu pamflet yuzasidan millat majlisi qabul qilgau qaroiga ko‘ra, qirol prokurori xalqni qonuniy hokimiyatga qarshi chiqishga, qon to'kishga va konstitutsiyaga bo'ysun- maslikka undovchi m ualliflam i, noshirlami va gazeta taiqatuvchilarni ta ’qib ostiga olishga ijozat beruvchi buyruq chiqarishga haqli edi. G azetalar ta ’sirini susaytirish maqsadida matbuotga, birinchi navbatda, dem okratik nashrlarga qarshi choralar ko'rildi. Masalan, gazetani ko‘o*alarda yopishtirishni taqiqlaydigan qonun chiqarildi. Bulling ketidan faqat hukum at farmonlarigina oq qogkozga bosilishi to ‘g‘risida maxsus qaror qabul qilindi. Jirondchilar bilan yakobinchilar o ‘rtasidagi kurash. 1792-yil 10-av- gustdan 1793-yil 2-iyunga qadar bo‘lgan m uddatni qamrovchi ikkinchi bosqich shu bilan farq qiladiki, bu davrda royalistlar matbuoti barham topdi, lekin jirondchilar bilan yakobinchilar o ‘rtasida shiddatli kurash davom etdi. Bu yerda M arat, Eber, Robesper va Pryudom gazetalarining rolini qayd qilib o ‘tish m uhim dir. K. Demulen tom onidan nashr qilingati risolalaming ham aham iyati katta b o id i. 1792-yil 10-avgustda ko‘tarilgan qo'zg'olon monarxiya tuzumini tugatdi va xatq qo‘ygan poydevor ustiga o ‘matilgan Respublikaga asos soldi. Milliy konvent Fransiyada qiroUik hokimiyati bekor etilganligi to‘g‘risida yakdillik bilan qaror qabul qildi va 1792-yil 20-sentabmi Respublikaning birinchi kuni deb e’lon qildi. D eputatlar bu tarixiy qaromi «Yashasin millat!» degan hayqiriqlar va davomli gulduros qarsaklar bilan qaishi oldilar. 1792-yiigi voqealar m atbuotga juda katta ta ’sir ko‘rsatdi. Inqilobning qariyb uch yili davom ida aksilinqilobiy nashrlar to ‘liq matbuot erkinligi shioridan foydalanib, inqilobiy gazetalai-ga va demokratik arboblarga hisob- siz bo'htonlar yog‘dirdi, inqilob g'alabalarini yo‘qqa chiqarishga ochiqdan- ochiq da’vat etdi. M onarxiya ag'darib tashlanishi oqibatida royalistlar matbuoti ham tugadi. 1792-yilning 11-avgustida qirolga yon bosgan ko‘p- chilik gazetalar chiqishdan to'xtadi. Monarxiya ag^darilgandan keyin jirondchilar asosiy rolni o ‘ynay boshlashdi. Hatto, «Monitor» gazetasi ham jirondchilar ta ’siriga tushib qoldi. Bu gazetaning e ’tiborli chiqishiga erishmoq maqsadida jirondchilar hukumati turli yo'llar bilan gazeta xodimlariga pinhoniy tarzda pul berib turishdi. Xalq qo‘zg‘olonida ishtirok etmagan va hatto zimdan qo‘zg‘o- longa qarshilik ko‘rsatgan jirondchilar hokimiyatni riyokorlik bilan q o ig a kiritib olganliklari uchun ham shunday b oldi. Konventdagi birdamlik uzoqqa cho‘zilm adi. G ora bilan Jironda to'qnashuvi m uqarrar bo4lib qoigandi. 1792-yil 25-sentabr kuni jirondchilar Maratni diktaturaga intilishda aybladilar. Bir oydan so‘ng ayni shunday ayb Robesperga ham to'nkaldi. Fraiisiya qo'shinlaríning xuddi mana shu jirondchilar ig‘vosi bilan boshlangan urushdagi harbiy talafotlari, shu- ningdek, iqtisodiy sohadagi qiyinchiliklar jirondchilar hukumatini xalqning ishonchidan mahrum etdi. Jironda jam oatchilik fikriga o ‘tkazib kelgan ta ’sirini tikJash va o ‘zini saqlab qolish maqsadida zodaganlaming ham, aksilinqUobchilaming ham xizmatini bajo keltira boshladi, royalistlarga yon bosdi, demokratik matbuotga zarba berishga ahd qiidi. Jirondchilar asosiy kuchlarini Maratga qarshi yo'naltirishdi, uni talon- torojlarga va qotillikka undashdi, Milliy konventga tuhm at qilishda, xalq mustaqiiligiga qasd etishda ayblashdi. Bu qalbaki ayblarga Robesper, Danton, Demulen va boshqalar qarshi chiqdilar. Jirondchilar Maratni favqulodda tribunal sudiga berishga harakat qildilar. Ammo bu urinish jirondchilarning mag'lubiyati va M aratning glalabasi bilan tugadi. Shundan keyin Demulenga yopisharkanlar, Konventda uning «Bris- sochilar tarixi yoxud inqilobning sirli tarixidan parcha» nomli asarini keskin tanqid qiUb chiqdilar. Jirondchilar bilan m ontonyarlar o ‘rtasidagi kurash keskin tus oigan ayni paytda K. D em ulenning risolasi kuchli ta ’sir ko‘rsatdi. Jirondchilar Konventi risolani qoralagan bo‘lsa-da, ammo Demulenning o ‘ziga qarshi chora ko‘rilmadi. 1793-yilning m artida Konventning asosan jirondchilardan tuziigan tergov kampaniyasi «Dyushen ota» gazetasida brissocliilar, jirondchilar, rolandchilar va boshqalarga qarshi qaratiigan m aqolalar chop qilinganligi uchun hukumat uning muharriri Ebemi qam oqqa olish haqida farmon chiqardi. Parij Kommunasi Kommuna prokurorining o'riubosari bo‘lgan Ebemi qamoqdan chiqarishni talab qildi. 28-m ay kuni Eber qamoqdan ozod qilindi. 1799-yilning 31-may — 2 iyun kunlari sodir bo'lgan voqealar shunga oüb keldiki, xalq ommasining siquvi bilan Konvent 29 nafar ji ro ndchi deputatni qamoqqa olishga qaror qildi. Bu Jironda hukmron- ligining inqirozini anglatar edi. Qonun chiqaruvchi majlis davridan buyon G ora bilan Jironda o ‘rtasida davom etib kelayotgan olishuv shu yo‘sinda yakun topdi. 2-fasl. Yakobinchilar diktaturasi davridagi matbuot 1793-yil iyun oyüiing boshidan 1974-yilning 27-iyuligacha bo‘lgan muddatni qamrovchi uchinchi bosqich shu bilan farqiandiki, bu davrda yakobinchilar, keyinroq esa termidorlar, kordelerlar juda murakkab ichki kurashni boshlaridan kechiidilar. Fransiya Respublikasining tashqi ahvûli esa juda og‘irlashdi. Bu paytda Robesper tomonidan am alga oshirilgan siyosatni hamma ham darhol fahmlay olmadi. Hayot taqozosi bo‘lgan inqilobiy terrom i ko‘pchilik beshafqat tadbir sifatida qabul qildi. Eber ham, Demulen ham Robesper hukum atiga nisbatan xatoga yo‘l qo‘yishdi. Yakobinchilar diktaturasiiiiiig xatolari vaziyatni to ‘g‘ri tushunishni qiyinlashtirdi. 1973-yilning iyunida demokratik m atbuot boshiga katta musibat tushdi-M arat q a tl etildi. Uzoq muddat davom ida inqilobiy demokratik m atbuotning karvonboshisi bo‘Iib kelgan, butun um rini vataniga bag‘ish- lagan otashqalb inqilobchining yuragi urishdan to'xtadi. Bu davrda E b er tom onidan chiqarilayotgaii «Dushen ota*, gaze- tasiniiig aham iyati oshib ketdi. Eber o‘z jirondcha uslubiga am al qilib, inqilob dushm anlarini ham m a yerdan izlashda va beomon fosh qilishda davom etdi. U sinfiy kurashning iqtisodiy aham iyatini, inqilobning o ‘sha bosqichdagi m anfaatlari qarama-qarshiiigini fahmlab etmadi. Bular uning, ayniqsa, 1793-yilning oxiri va 1794-yilning boshida ko‘zga yaqqol tashlangan kamchiliklari edi. Avgust oyida Eber qo‘qqisdan o ‘z gazetasida xalq tom onidan qo‘llab-quw atlangan Konvensiyani amalga oshirish to ‘g‘risidagi talabni va yangi saylovlar o ‘tkazish zarurligini yoqlab chiqdi. U m um xalq urushi olib borish zarurligi haqidagi masalani ko‘tararkan, bunga iqtisodni ham moslashtirish kerakligini uqtirdi. Siyosiy va iqtisodiy m uam m olar mamlakatni milliy mudofaa qilish muammosi bilan cham barchas aloqada ekanligini his qilgan holda oziq-ovqat masalasini birinchi o'rin g a qo‘ydi, kambag'al om m a tarafida turib savdogar va boylarni keskin tanqid qildi. «Savdogarlar bevosita kishilardir, ular inqilobni nafi tekkuncha qo‘llaydilar», deb yozgan edi u. Xalq tazyiqi bilan Konvent 1793-yil sentabr oyining boshida shubhali odam lar to ‘g‘risida maxsus dekret q.abul qildi. Bu bilan terror yana kun taitibiga chiqdi. B iroq endi belgilangan chora birinchi galda ichki aksilinqilobiy kuchlarga qarshi yo'naltirilgan b o ‘lib, buning uchun inqilob Eber va boshqalarning tashviqotidan m innatdor bo‘lmog‘i kerak edi. Eber m u am m olam i ko‘tarib chiqsa-da, ulam ing mohiyatini ochib berishga intilm asdi. U oziq-ovqatlar narxi balandligi to ‘g‘risida matbuotda muntazam yozar edi, biroq gazetxonlarda bu ahvol uchun Respublika aybdordir, degan fikr hosil bo‘lardi. D anshon boshchiligidagi «muruv- vatchilar* deb atalm ish guruh inqilobiy hukum at uchun jiddiy xavf tug'dirdi. Bu guruh safida D em ulen va boshqalar ham bor edi. U lar inqi lobiy hukum at siyosatini «tiyish»ga, repressiyalami yumshatishga, terrordan voz kechishga intildilar, nihoyat, rahm-shafqat qo‘mitasini tuzishda jo n - bozlik qildilar. K. D em ulen o'zining «Qo‘hna kordeler» o ‘z gazetasida ommaviy terrorga va yakobinchilar hukumatiga qarshi maqolalar yozdi. Uning tarixga m urojaat qilishi hech kimni chalg‘ita olmasdi. Demulen tarix pardasi bilan berkitm oqchi bo‘lgan haqiqiy hayot hammaga m a’lum edi. K. D em ulen inqilob tugadi, demak, terrorni ham to ‘xtatish kerak, deb hisoblagan b o ‘lsa, Eber uni tanqid qilib, inqilob tufayli kambag‘allar (plebeylar) om m asi nim aga erishdi, degan savolni o ‘rtaga qo.‘ydi. Bu biian u xalq m anfaatlari inqilobni yanada rivojlantirishni taqozo qiladi, deyishi mumkin edi. A m m o Dem ulen bilan kurashda Eber o ‘z manfaatlarini himoya qilishdan yuqoriga ko‘tarila olmadi. 0 ‘ta so‘[laming hujumi kuchayib, Robesper hukumati o ‘z faoliyatida tayanib kelgan ijtimoiy muvozanal tahlika ostida qolganida, Ijtimoiy qutqaruv qo'm itasining o ‘zi hujumga o*tdi. 1794-yilning 13-m artidan 14- martiga o ‘ta r kechasi kordelerlaming rahbarlari yoppasiga qam oqqa olinib, inqilob sudiga topshirildilar, ular orasida Eber ham bor edi. U lam ing barchasi gilotinada qatl qilindi. Shundan keyin navbat dantonchilarga keldi. 1794-yil aprcl oyi boshida ulam ing boshlari tanalaridan ju d o qilindi. Bu ikki guruhning to r- mor qilinishi inqilobiy hukumat mavqeyining mustahkamlanishiga olib keldi. Yakobinchilar diktaturasining b o ‘hroni liam bartaraf qilinm agan edi. Dem ulen va Eber o ‘limidan so‘ng ulam ing gazetalari chiqishdan to'xtadi. 1794-yilning fevralida Pryudom tom onidan nashr qilinayotgan «Parij inqilobi» gazetasi ham chiqmay qoldi. Yakobinchilar bosh b o ‘lgan diktaturaning oxirgi kunlariga qadar aw algi demokratik gazetalardek rol o'ynaydigan bironta gazeta qolm adi. Inqilobning o ‘zi ham pasayib bormoqda edi. Sen-Jyust bu holatni ju d a aniq ifodalab, «inqilob qotib qoldi», deb yozdi. Robespeming va unga maslakdosh bo'lganlaming halokati inqilobning ham halokati bo'ldi. Termidorni to ‘ntarishdan (1794-yil 3-oktabr) besh hafta o ‘tgach, murakkab siyosiy vaziyat hukm surayotgan bir davrda Babyof «Erkin matbuot gazetasi»ni chiqardi. 1790-yildan keyin «Pikard muxbiridan* so‘ng u eski orzusini ro'yobga chiqarish uchun o ‘z gazetasiga muharrirlik qilishga m usharraf bo'ldi. 23-sonidan gazeta «Xalq jarchisi yoxud huquq va xalq posboni» degan yangi nom ostida chiqishda davom etdi. Gazetaning dastlabki sonlari Robespem ing gumashtalari va yako binchilar klubiga qarshi qaratildi, am m o oradan ko‘p o ‘tm ay, Babyof Robespeming qulashi kutilgan natijalarga olib kelmaganligiga, aksincha, buijuaziya hukmronligi mustalikamianishiga xizmat qilib, xalqning ahvoli yomonlashuviga sabab bo'lganligiga am alda ishonch hosil qildi. Ko‘p o 'tm ay Babyof dastlabki tutgan yo‘li xato ekaniigini o ‘zi e ’tiro f etib, shunday yozgandi: «Inqilobiy hukum atni Robesper, Sen-Jyust va boshqalar yomonlab chiqqanligi uchun o ‘zim dan-o‘zim achchiqlanayot- ganimga chin ko‘ngildan iqrorman. Qolgan inqilobchilaming barchasini qo'shib hisoblaganda, men bu kishilar ulardan yuqori turadilar, ulam ing diktatorlik idora usuli juda puxta o ‘ylangan, deb hisoblamayman! Robesper bir o ‘zi inqilob g'ildiragini inqilobning haqiqiy maqsadi sari jildirishga qodir ekanügi bilan faxrlanishga tam om ila haqli edi. Robespemi qo'llab- quw atlashga undash respublikaning barcha serg'ayrat vatanparvarlarini, ular bilan birgalikda xalqni ham oyoqqa turg‘azmoq dem akdir. Ro- besperizm — demokratiya dem akdir, bu ikki so‘z mutlaqo bir xildir, binobarin, robesperizmni tiklash bilan siz demokratiyani tiklayotganingizga amin bo'lishingiz mumkin»1. Keyinroq F. Buonarotti o ‘z kitobida Robesper faoliyatiga yuksak baho berib, jum ladan, shunday yozgan edi: «Tenglik yo'lida azob chekkan bu i Ba6ë4) T. C om . M.: 1982,4-jk., 170-172-betlar. m ashhur insonga behisob b o ‘hton qilishdi, uning pok nom ini tiklash har b ir vijdonli yozuvchining burchidir»1. Babyof gazetasini «Xatq jarchisi yoxud inson huquqlarining posboni» degan yangi nomda chiqarish chog‘ida yangicha g‘oyalar tug'iidi. Dastlabki paytlardagi xomxayollar barham topdi. Fikrlash, xalqni chinakamiga ozod qilishning maqbul yo'llarini betinim axtarish natijasida Babyof «Plebeylar manifesti» nomli nazariy dastur yaratdi. «Xalq minbari» gazetasining 35-sonida e ’lon qilingan bu hujjat «Tenglik yo‘lidagi fitna* asari uchun asos bo‘lib xizmat qildi. Babyof kom m unistik qarashlam i ochiqchasiga bayon ctdi, u fitna - xalq omma- sining loqaydligini yo‘qotishning birdan-bir vositasi deb hisobladi va «H ozir sustkashlikka y o ‘l q o ‘yib bo'lmaydi, deb yozdi u. Qulay fursatni kutish b e’manilikdir. Jam oatchilik fikri etilishi kerak, deb aytmoqdalar. U allaqachon etilgan, xalq chidab boim aydigan darajadagi ofatlardan aziyat chekm oqda, endi u ortiqcha toqat qila olmaydi. Unga yordam berishning eng maqbul yo‘li — uni azob-uqubatlarga duchor qilayotgan dushmanlarga qarshi kurashga boshlashdir*. Xususiy mulkchilikni tanqid qilish Babyof muhokamasi uchun asosiy nuqta bo‘ldi: «Siz xalqning baxtiyor bo'lishini chin ko'ngildan istaysizmi? U ning xotiijam yashashini xohlaysizmi? Uning taqdiri inqilob g‘alabasi, Respublikani o ‘rnatishdek buyuk ish bilan chambarchas bog‘liq bo'lishini istaysizmi? Uning tahlikadan, ichki iztiroblardan qutulishini xohlaysizmi? B ugunoq mulkchilik- huquqini cheklash Fransuz Respublikasi Kons- titutsiyasining asosini tashkil qiladi, deb e'lon qiling, qani sinab ko‘rsinki, y o lim izg a g‘ov solishga u qodirm ikan. Xalqning yo‘lboshchilari yo‘q, deb aytm oqdalar. Ular topilsin, shunda xalq oyog‘iga urilgan kundalarni darhol parchalab tashlaydi va o ‘zi uchun hamda avlodlari uchun nonga ega b o ‘ladi*2. 1796-yilning 31-m art kuni Babyof tashabbusi bilan «Ijtimoiy qutqaruv bo'yicha maxfiy direktoriya* nomli tashkilot tuzildi. «Tenglar» harakatining Parij tashkiloti 12 bo'Iimga ajratilib, har bir bo'limga bittadan maxfiy vakil (agent) boshliq qilib belgilandi. Keyinroq harbiy qo‘mita tuzildi. «Tenglar» harakati zaruratga ko‘ra yashirin suratda ish olib bormog'i kerak bo‘lsa-da, lekin u om m a bilan mustahkam bog‘langanligi bois bunday qilolmasdi. Tashkilotning maqsadi kuchli xalq q o ‘zg‘olonini tay- yorlashdan iborat edi. Xalq om m asining bu safargi ko‘tarilishi o ‘z ko‘lami jih atid an inqilobning dastlabki yillarida Parijda b o lib o'tgan qo'zg'olon- lardan qolishmasligi m o ‘ljalIandi. «Men ochiqdan-ochiq jangga tayyorla- nayapm an, — deb yozgan edi Babyof «Xalq manbari» gazetasining so‘nggi sonlaridan birida. Bundan buyon biz qo‘qqisdan zarba berish yo‘li bilan em as, balki xalq uchun m unosib bo‘lgan boshqacha usulda g‘alaba qozonishim iz m um kin va lozim . M en qo‘lda qurol bilan ochiqchasiga jang qilishni nazarda tutayapman». 1 Буонаротги Ф. Заговор во им я равенства. М.: 1963, 1-ж., 96-bct. 2 Babyof G . 0 ‘sha manba, 3-j., 481-bet. «Maxfiy direktoriya» atigi 40 kun yashadi. Politsiya tashkiiot iziga tushib, uni fosh qildi. Ko‘p o‘tmay Babyof va boshqa rahbarlar qamoqqa olindi. Tarafdorlari qamalislii natijasida maxfiy tashkiiot a ’zolaritiing jumalistik faoliyati va aholi orasida olib borgan targ‘iboti liam to ‘xtab qoldi. Buyuk fransuz inqilobi barcha siyosiy partiyalar va guruhlar uchun matbuotning muhimligini isbot qilib ko‘rsatdi. Hozîrgi m a’nodagi om m a- viy siyosiy matbuot xuddi rnana shu yillarda tarkib topdi. Demokratik matbuot sharoitga moslashishni xohlamasdi, ikkiyuzlamachilik qilmasdi. 0 ‘z faoliyatining boshidanoq u vatanparvarlam i jipslashtirish, qirol saroyini, zodagonlami va boshqa aksilinqilobchilami rahmsiz foslt qilish bilan shug'ullandi. Inqilobiy matbuotning xatti-harakati zoe ketmadi. U xalq ommasiga do'st-dushm anlam i tanishga yordamlashdi. Demokratik matbuot orqali om m a inqilobning ko'pgina rahbarlari qiyofasini bilib oldi. Inqilob matbuoti fransuz. tili rivojiga ham katta ta ’sir ko‘rsatdi. Marat va Eber xalq bilan uning tilida gaplashdilar, o ‘z maqolalarini unga tushunarli va yaqin kalimalarda yozdilar. Darvoqe, hatto zodagon- laming gazetalari ham oddiy odamlar tiliga murojaat qildilar, demokratik an’analami o ‘zlashtirib olishga intildilar. Inqilob yillarida matbuot aholining juda katta qismini fransuz tili boyligidan bahramand qildi. Matbuotning ta ’siri shu qadar kuchll ediki, hatto Konvent davrida askarlaming gazetalari paydo bo'ldi. Shuuga qadar bironta qo'shinda harbiy harakatlar chog'ida gazeta chiqqan em asdi va qo‘mondonlik askarlarga bag'ishlangan nashrlarni tarqatishga hech qachon yordamlash- magan edi. Bonapart askarlar uchun m o‘IjaIlangan gazetalam i chiqarishni qo‘llab-quwatladi, dastlabki vaqtlarda o'zi ham shunday gazetalarda hamkorlik qildi. Lekin demokratik matbuotning asosiy xizmati shundaki, u matbuotning inqilobdan ko‘zlagan maqsadlari inqilobning bosh qahramoni — uni hamisha oig‘a siljitib ketgan keng xalq om m asi orzu-umidlari bilan mushtarak edi. Bu matbuot xalq ommasini inqilobnt harakatga keltiruvchi asosiy kuch deb bildi va hamisha uning manfaatlariga posbonlik qildi. Inqilob va dem okratik matbuotning rivojlanishi. Fransiyaning 1814— 1830-yillardagi ijtimoiy-siyosiy hayotida mafkuraviy kurash katta o ‘rin tutdi. Faoüyatdagi partiyalar o ‘z siyosiy dasturlarini asoslash uchun tarixiy konsepsiyalardan foydalandilar. Ko‘pchilik XVIII asr inqilobini «Buyuk inqilobiy jinoyatlar» deb atadi, yangi inqilob ro ‘y berishi mumkinligi to ‘g'risida tashvishlanib gapirdi. 0 ‘sha davrdagi publitsistlar parlamentlar tarixiga va ulaming qirol absolutizmiga qarshi olib borgan kurashiga katta e ’tibor bilan qaraganliklari Fransiyadagi siyosiy vaziyatning xususiyatlari bilan izohlanadi. Tiklanish davridagi mafkuraviy kurashda iste’dodli liberal publitsist Pol Lui Kure tom onidan dvoryanlarga va klerikallarga qarshi yozilgan pamfietlar katta ahamiyatga ega bo'ldi. U ingliz gazetalaridan ko‘chirib bosilgan «Diplomatiya hujjati» sarlavhali pamfletida Fransiyadagi mavjud siyosiy tuzumni mohirük bilan hajv ostiga oldi. Pam flet Lyudovik XVIII ning Ispaniya qiroliga yozgan maktubi shaklida yozilgan (aslida, maktub muallif to m o n id an t o ‘qilgan) cdi. Unda ushbu so'zlam i o qish mumkin. «Vakillar idora usulini hech narsa bilan qiyoslab bo lmaydi, men, snub- hasiz, uni boshqa usuldan afzal ko‘raman. U menbop usuldir, faqat xalq deputatlarini ham isha men tayinlasam bas, baxtimizki, mamlakatimizda biz shunga erishdik, m en sizga aytsam, azizim , m ana shunday vakiliik idora usuli bu o ltin sochmalarining naq o ‘zginasidir... Siz erkinlik, oshkoralik, vakolat kabi balandparvoz so‘zlardan aslo cho'chim ang. Bu- ning ham m asi te a tr tomoshasidan bo‘lak narsa emas. Bu tomoshadan tushgan pul katta darom ad keltirayapti. U ndan foyda ko‘rsak ko‘ramizki, ziyon ko‘rm aym iz. Inqilob mana shu ko‘yga tushib qolgan, maynavoz- chilikka aylangan, u fuqarolarimiz uchun uzluksiz davom etadigan kar- naval xizm atini bajo keltirishi m um kin1. . Pol Lui K ure inqilobchi bo‘lmasa-da, siyosiy pamfletlarmng inqilobiy ahamiyatini yaxshi anglardi. «Hamma davrlarda, pamfletlar dunyo qiyo- fasini o ‘zgartirgan* - deb yozgan edi u. Kure hukumat ma m urían tom onidan bir n echa b o r quvg‘in qilindi, hibsga olindi va sudga benldi. «1814—1830-yillarda davriy matbuot siyosiy kurashda sezilarli rol o ynadi. Liberal yo‘nalishdagi gazetalaming adadi muttasil ortib borib, hukumat lage- riga mansub gazetalardan o‘zib ketdi. 1824-yilda so‘l yo'nalishdagi gazetalar biraina Parijning o ‘zida 41330 mushtariyga ega bo‘ldi. Hukumat gazetalan mushtariyiarining soni bor — yo‘g‘i 14344 kishini tashkil etardi. Bu davrda siyosiy risolalami nashr qilish ishlari rivojlanib ketdi*2. Hukum at liberal va demokratik matbuotga qarshi choralarm ko risnga intildi D em okratiya ko‘rinishlariga chek qo'yishni ko'zlagan Buibonlar qiroli Karl X a hm oqona qaysarlik va befahmlik bilan go‘yo uning o zt inqilobni yaqinlashtirm oqchidek ish tutdi. Burbonlar sulolasimng taqdin uchun qayg‘urayotgan ziyrak legitimistlar qirolni to ‘xtatisliga behuda unnib ko‘rdilar. H atto rus podshohi Nikolay I ham fransuz qirohm bunday «be’mani dushm anlik siyosatidan* ogoh qilgan edi. 1830-yil 26-iyulda hukumat farmonlari (ordonanslar) e Ion qihndi. U larda deputatlar palatasini tarqatib yuborish, m atbuot erkinligini butunlay tugatish, saylovchilar sonini qisqartirish ko‘zda tutildi. Mohiyat e tib o n bilan bu fecxial absolut tuzum ini tiklashga qaratilgan davlat to ntanshi edi. Biroq kechqurunga borib namoyishlar boshlanib ketdi va 27-iyul kum ommaviy xalq q o ‘zg‘oloniga aylandi. Mana shu ikki kun Buibonlar sulolasi taqdirini hal e td i, y a’ni, ular yo‘q qilindi. Shu bilan Y evropa qirollarining «M uqaddas ittifoqi* o nglanmas zarbaga uchradi, butun Yevropa qo‘zg‘a!di. G azetalam ing Fransiyada inqilob bo‘lganligi to ‘g‘risidagi xabarlari ham m a yerda «qog‘ozga o raigan oftob nuri* (H . H eyne) sifatida qarshi olindi. 1830-yil 9-avgust kum Lui Filipp «Fransuzlar qiroli* deb e’lon qilindi. M oüya oligarxiyasi taxtga o z gumashtasini o ‘tqazib, xalq qo‘lidan g‘alabani tortib oldi. 1 Курье П .П . П амфлеты . М.: 1957, 260-264-с. 2 И стория Ф ран ц и и . М.: 1873, 2-ж., 204-bet. Yangi hokimiyat senzurani vaqtincha bekor qildi. Lekin politsiyachilar va tp'rachilik asosiga qurilgan davlat apparati hech bir o'zg^rishsiz saqlab qolindi. Ishchilarga qarshi qaratilgan shafqatsiz qonunlar ham o ‘z kuchida edi. 1830-yilda yuz bergan inqilob poyoniga yetmay qolgan inqilob namunasidir. Bu davrda, ayniqsa, hajvjy nashrlar katta dovruq qozondi. Ulaming sahifalaridan Lui Filippni, semiz buijuaziyani masxara qiluvchi hajvjy rasmlar arimas edi. Qachonki, hajviy jum allarda kamavalda q a t- nashuvchi semiz, beso‘naqay va ovsar h o ‘kiz haqidagi so‘zlar atayin hadeb takrorlanavcrar ekan, har kirn gap Lui Filipp to ‘g‘risida borayotganligini darrov payqab oladigan bo‘lib qoldi. 40-yillardagi ishchilar orasida sotsialistik g‘oyalar keng tarqala boshlaganligi matbuotda ham o‘z ifodasini topdi. Ishchilar siyôsiy kitoblami, 1783— 1794-yillar inqilobi haqida yozilgan asarlarni, Marat va Robespeming pamflet va nutqlarini zo‘r qiziqish bilan o'qirdilar. Buonarrotiniug «Tenglik yo'lidagi fitna* asari ham katta muvaffaqqiyat qozondi. Bu yillarda Fransiyada «tenglar» ta ’limotiga qiziqish qayta tiklandi. Bunga F. Buonarottining «Babyof fitnasi nom i bilan ataluvchi tenglik yo‘lidagi fitna* asari turtki bo‘ldi. Babyofning g‘oya va kurashlarini to ‘liq shaklda dem okratik matbuotda ko'rish m um kin edi. Masalan, «M oniter repyubliken* va «Lem Libr* gazetalari diqqatga sazovordir. Ular yashirin suratda «Demokratik falangalar» nom i bilan yuritilgan harbiy jam iyat tom onidan jiashr qilinardi. Bu gazetalardan birinchisi !837-yil tioyabrdan 1838-yilning iyuliga qadar nomuntazam ravishda chiqarilib, hammasi bo‘lib 8 ta soni dunyo yuzini ko‘rdi. Ikkinchisi 1838-yilda (1838-yilning avgust-sentabr oylarida) atigi 3 marta chiqqan. Gazetaning 4—soni m at- baaga tushishdan oidin polisiya tom o-nidan musodara qilindi Shu son uchun tayyorlangan maqolalardan birida gazetaning asosiy maqsadi quyidagicha bayon qilingan edi: «Biz Babyof istagan yoxud qariyb unikiga o ‘xshagan jam iyatni talab qilamiz. Biz ham xuddi Babyof kabi, garchi magiubiyatga uchrab, yaramas m onarxiyaning qurboniga aylangudek bo‘lsak ham, o ‘z prinsiplarimizni hech b ir chekinm ay va to ‘xtamay targ‘ib qilaveramiz. Xalq q o ‘liga qurol olib, o ‘ziga tegishli narsani qaytarib berishni talab qiladigan fursat aniqlanm oqda. Kambag‘allar boylar to m o - nidan talandilar*1. Bu davrda qonun talabiga bo‘ysungan yangi babuvchi gazetalar ham nashr etildi. Ular ifodasida bosqinchilikka m oyüük boiib, ko‘proq ijtimoiy munosabatlami tahlil qilish bilan mashg'ul bo‘ldilar. Bunday gazetalardan «Трибуне де пепле*ш misol qilib ko‘rsatish mumkin. Piyo nashr qilgan bu gazeta o ‘z hajmi, shuningdek, yozish uslubiga ko‘ra pamfletga o ‘xshardi. Mulkdorlar (buijua) orasida ham muxolifat kuchaya bordi. «Н ацио нал» gazetasi tevaragiga uyushgan respublikachilarning ham ta ’siri oshdi. A. Marrest boshchiligidagi bu gazeta tahririyati imperiyaga qarshi bosma urushni avj oldirdi. So‘l demokratlar yoxud sotsialistlar va respublikachilar «Reforma* gazetasi atrofiga uyushgan edilar. U m um iy saylov huquqi va 1 История философии. Соч., 22-ж., 190-191-с. ijtimoiy o ‘zgarishlar u ch u n kurash oüb borgan bu gazeta nafaqaî mulk- dortar, balki ishchilar orasida ham muvaffaqiyat qozondi. 1847-yilning oxirida Fransiyada inqilobiy sharoit pishib yetildi. Ja~ miyatning barcha qatlam larida Lui Filipp amalga oshirayotgan ichki va tashqi siyosatga nisbatan norozilik kuchaydi. Poytaxtda chiqarilgan gazetalarda ham xukum atni tanqid qiluvchi m aqolalar ko'plab bosila boshladi. Lui Filippning hokimiyatdan ag'dariüshi va Respublika e’ion qilinishi ishchilar, respublikachilai>va demokratik m atbuot qariyb yigirma yil davomida olib borgan kurashning mantiqiy yakuni bo‘ldi. Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling