Zbekiston respublikasi


Download 1.96 Mb.
bet7/46
Sana23.08.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1669450
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   46
Bog'liq
04 09 2019 ЎзИИГЯнги мажмуа лотинча4 курс

shu jumladan:




QQR

3,2

416,1

0,55

2,6

128,5

0,45




viloyatlar:

1.

Andijon

7,6

629,4

0,83

9,1

285,2

1,00

2.

Buxoro

6,1

800,9

1,06

5,0

245,8

0,87

3.

Jizzax

2,7

520,6

0,69

2,2

178,6

0,54

4.

Navoiy

4,1

1012,4

1,34

2,9

266,0

0,94

5.

Namangan

6,1

577,3

0,76

5,5

198,0

0,68

6.

Samarqand

7,5

507,6

0,67

8,9

225,7

0,80

7.

Sirdaryo

1,9

566,6

0,75

1,2

136,1

0,47

8.

Surxondaryo

6,0

610,8

0,81

2,8

109,3

0,38

9.

Toshkent

11,0

904,4

1,19

6,1

189,5

0,66

10.

Farg‘ona

8,8

606,5

0,80

7,7

197,6

0,70

11.

Xorazm

4,3

579,7

0,76

3,9

195,3

0,69

12.

Qashqadaryo

6,1

497,4

0,66

4,8

145,5

0,51

13.

Toshkent.sh

24,6

2670,5

3,08

30,1

1085,0

3,85

Pullik xizmatlarda ham shunga o‘xshash tafovutlar ko‘zga tashlanadi; o‘rtacha bir kishiga 320,6 ming so‘mlik pullik xizmatlar bajarilgan holda, bu xususdagi indeks Toshkent shahrida 3,76, Andijon viloyatida respublika darajasida. Boshqa mintaqalarda, ayniqsa Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Sirdaryo, Qashqadaryo va Jizzax viloyatlarida pullik xizmatlarning rivojlanganlik darajasi ancha past.


2. Ta’lim tizimi.Har qanday mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasining eng muhim ko‘rsatkichlaridan biri ta’lim tizimidir. Bu soha xususan hozirgi sharoitda, intelektual omillar kuchli bo‘lgan davrda katta ahamiyatga ega. SHu bois, respublika rahbariyati kelajakda barkamol avlodni, bizdan ko‘ra dono, bilimli, zukko yoshlarni tarbiyalashni alohida ta’kidlaydi.
O‘zbekiston ta’lim tizimining rivojlanishi mamlakatimizda 1992 yilda va 1997 yilda qabul qilingan va bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” to‘g‘risidagi qonun doirasida olib boriladi. Bu murakkab ijtimoiy soha maktabgacha ta’lim, umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalarini o‘z ichiga oladi.
Ma’lumki, so‘ngi ikki yilda ta’lim sohasiga har qachongidanda ko‘proq e’tibor berildi. Oqibatda mamlakatimizda ta’lim sohasini rivojlantrish uchun Prezidentimiz va hukumatimizning Farmon, qarorlari qabul qilindi. Xususan, Maktabgacha ta’lim tizimi Halq ta’limi vazirligi tizimidan ajratilib o‘zi alohida vazirlik bo‘lib tashkil etildi. Mamlakatimizda ushbu Farmon va qarorlar natijasi islohatlariga ko‘ra xatto xususiy maktabgacha ta’lim muasasalari tashkil etila boshlandi va umumta’lim maktablari va oliy o‘quv yurtlari ham faoliyat ko‘rsatilishi belgilanmoqda.
Respublikamizda jami 6135 ta maktabgacha bo‘lgan muassasalar mavjud va hozirda hususiy maktabgacha ta’lim muassasalari ham faoliyat ko‘rsatib boshladi.
Umumta’lim maktablari hozirda 9718 ta. O‘quvchilar soni 5 2713000 dan ortiqo‘quvchi mavjud; 1 nafar o‘qituvchiga 12 nafar o‘quvchi to‘g‘ri keladi. Har bir maktabga o‘rtacha 500 nafar o‘quvchi bor. Bu ko‘rsatkich hududlarning demografik vaziyati, aholi soni, uning o‘sishi va joylanishi, yosh tarkibi kabi omillar ta’sirida bir xil emas. CHunonchi, yirik maktablar Toshkent shahrida joylashgan bo‘lib, ularning har birida o‘rtacha 990 o‘quvchilar ta’lim oladi. Viloyatlar miqyosida yuqoriroq ko‘rsatkichlar demografik sig‘imi yuqori, aholi punktlari ancha katta bo‘lgan Farg‘ona vodiysida ko‘zga tashlanadi (600 kishi). Ayni paytda xo‘jaligi ko‘proq tog‘ yoki cho‘l sharoitlariga moslashgan mintaqalarda, masalan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Jizzax va Sirdaryo viloyatlaridagi umumta’lim maktablarida o‘quvchilar soni 400 kishiga ham etmaydi; eng past ko‘rsatkich Qoraqalpog‘istonda -350 nafar o‘quvchi.
Maktablarda o‘quv jarayonining olib borilishi, uning hududiy tashkil etilishi joylar aholisining milliy tarkibini hisobga olgan holda shakllantirilgan.
O‘tgan yillarda mamlakatimizda 140 ta akademik litseylar mavjud edi va 10-11- sinf o‘quvchi qayta tashkil etilishi sababli ayni kunda ular soni keskin kamayib bormoqda. Ularning ko‘p soni Toshkentda; Samarqand, Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida. Jizzax, Navoiy va Sirdaryo viloyatlarida esa litseylar soni atigi 1tadan. Akademik litseylarning bir qismi oliy o‘quv yurtlari-universitet va institutlar qoshida tashkil etilgan bo‘lib, bu erda ta’lim tizimining ikki bosqichi, ya’ni o‘rta maxsus va oliy ta’lim o‘zaro uyg‘unlashgan ko‘rinishda olib boriladi. Har bir akademik litseyida o‘rtacha 760 nafar talaba ta’lim oladi. Bu borada Xorazm viloyati litseylari alohida ajralib turadi – 1000 talaba. SHuningdek, Namangan, Navoiy, Jizzax viloyatlarida ham bu ko‘rsatkich 920-950 kishini tashkil qiladi. Toshkent shahri litseylarining har birida 670 nafar talaba bor, eng oz raqamlar Buxoro va Toshkent viloyatlarida qayd etiladi (520-540 kishi).
Kasb - hunar kollejlari, ularning hududiy tashkil etilishi ko‘proq joylarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish xususiyatlari, xo‘jaligining ixtisoslashuviga bog‘liq. Odatda, pedogogika va tibbiyot kollejlari o‘rta va katta shaharlarda mavjud. Ixtisoslashgan savdo, iqtisodiyot, statistika, neft-gaz, turizm, mashinasozlik kabi kollejlar alohida joylarda tashkil etilgan.
O‘zbekistonda jami 1556 dan ortiq kasb hunar kollejlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Kollejlar soni bo‘yicha Samarqand viloyati birinchi o‘rinda – 156 ta, ikkinchi o‘rinda Farg‘ona – 141 ta. SHuningdek, Qashqadaryo (125 ta), Andijon va Toshkent viloyatlari ham (mos holda 117 va 113) bu jihatdan birmuncha ajralib turadi.
Respublikamizda jami 72oliy o‘quv yurtlari va 19 ta ularning filiallarimavjud bo‘lib, (ularning7 tasi xorijiy mamlakatlar oliy o‘quv yurtlarining filiallari: 1. Vestministr halqora universiteti(BB),2. Singapur menedjmentni rivojlantirish instituti (Singapur), 3. Inxo universiteti (J.Koreya), 4. M.V.Lomonosov nomidagi MDU, 5. I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti, 6. G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyoti universiteti, 7. Turin politexnika instituti(Italiya)) ularda 297 689 ming talaba tahsil oladi. Hozirda Toshkent shahrida 37 ta yoki jami oliygohlarning yarmi joylashgan. Viloyatlar darajasida Samarqand (7 ta) va Andijon (4 ta) oldinda.
O‘tgan o‘quv yilida birgina Surxondaryo viloyatida 3 ta oliy o‘quv yurtining filiallari ochildi. YOki hozirda Urganch, Nukus, Buxoro, Navoiy, Qarshi, Termiz, Jizzax, Andijon, Qo‘qon, Namangan, Farg‘ona va boshqa shaharlarda Toshkent shag‘ridagi ko‘plab yetakchi oliy o‘quv yurtlarining filiallari ochildi.
Birgina Toshkent shahrida 130 mingdan ko‘proq oliy o‘quv yurtlari talabalari bor, Samarqandda 24,0 ming, Farg‘ona viloyatida (Farg‘ona va Qo‘qon shaharlarida) 21 ming talaba va h.k. Eng past ko‘rsatkich Guliston va Termiz universitetlariga tegishli – 4,5 va 7 ming nafardan talaba o‘qigan.
Jami oliy o‘quv yurtlarining 25 dan ortiqrog‘i universitetlardir. Ularda 155 mingdan ziyod talaba tahsil oladi. Eng yirik universitetlar I.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent iqtisodiyot universiteti, Jahon tillari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetlari, Samarqand davlat universiteti va boshqalar.
Hozirgi vaqtda deyarli barcha viloyatlarda universitetlar tashkil qilingan. Faqat Jizzax va Navoiy viloyatlari bundan mustasno, xolos. Pedogogika institutlari Nukus, Qo‘qon, Jizzax, Navoiy va CHirchiq shaharlarida joylashgan. SHuningdek, Tibbiyot akademiyasi, temir yo‘llar va avtomobil yo‘llar, moliya institutlari ham poytaxtda faoliyat ko‘rsatishmoqda.
3. Sog‘liqni saqlash tizimi. Ta’lim tizimi va sog‘liqni saqlash har qanday jamiyatning ikki asosiy tayanchidir. Darhaqiqat, jamiyat holati aholining ma’lumotlilik darajasi, bandligi, uning umumiy o‘lim ko‘rsatkichlari, bolalar va onalar o‘limi, o‘rtacha umr ko‘rish kabilar bilan tavsiflanadi.
“Sog‘lom tanda sog‘lom aql bo‘ladi”, deyishadi. Bu xaq gap, chunki inson uchun, uning barkamol rivojlanishi uchun eng avvalo sog‘liq kerak. Ko‘rinib turibdiki, salomatlik va ta’lim, ma’lumot olish o‘zaro bir-biri bilan chambarchas bog‘liq.
Hozirda O‘zbekistonda jami ambulatoriya-poliklinika muassasalari 600 dan ortiq bo‘lib, ularning umumiy quvvati (bir smenada qabul qilish imkoniyati) 422,5 ming kishi yoki har 10 ming kishiga 145,1 taga teng bo‘lgan. Bu jihatdan Toshkent shahridan tashqari Sirdaryo viloyati keskin ajralib turadi. Ularda har 10 ming aholiga ambulatoriya-poliklinika quvvati 219,1 va 219,7 ni tashkil qiladi. Ushbu ko‘rsatkich Toshkent hamda Buxoro viloyatlarida ham yuqori, Surxondaryo viloyatida esa eng past, ya’ni 100 ga ham etmaydi. SHuningdek, ambulatoriya-poliklinika muasssalari bilan ta’minlanish Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida ham qoniqarli darajada emas.
Respublikada jami 1200 ga yaqin shifoxonalar mavjud; har 10 ming aholiga 48 bemor o‘rinlari (koykalari) to‘g‘ri keladi. Toshkent shahrini hisobga olmaganda, mintaqalar o‘rtasidagi farq 1,58 ni tashkil etadi. Boshqacha qilib aytganda, shifoxonalar bilan ta’minlanishda juda katta hududiy tafovutlar ko‘zga tashlanmaydi; eng past ko‘rsatkich Surxondaryo viloyatida (har 10 ming kishiga 36,1 ta o‘rin) va eng yuqori daraja Namanganda – 54,3.
Ko‘rilayotgan davrda mamlakat aholisiga 120 mingdan ortiq vrachlar xizmat ko‘rsatishgan. Har 10 ming kishiga 32 nafar vrach to‘g‘ri keladi yoki har bir vrach o‘rtacha 360 kishiga xizmat ko‘rsatadi. Vrachlar bilan ta’minlanganlik Toshkent shahrida 88 kishi, Buxoro viloyatida 33, Navoiyda 30 kishi va h.k. SHu bilan birga, mazkur vaziyat Jizzax va Surxondaryo viloyatlarida yaxshi emas-har 10 ming aholiga atigi 18 tadan vrach (Toshkent shahrida – 88).
O‘rta tibbiyot xodimlari bilan ta’minlanganlik respublika bo‘yicha, har 10 ming aholiga, 110 kishi yoki har bir bunday xodim 95 kishiga tibbiy xizmat ko‘rsatadi. O‘rta tibbiy xodimlar bilan har 10 ming aholiga hisoblaganda Toshkent shahrida – 143, Navoiyda – 131, Buxoro viloyatida – 124 va h.k. SHu bilan birga past ko‘rsatkichlar Jizzax, Surxondaryo viloyati hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida qayd etiladi.
Respublika sog‘liqni saqlash tizimiga hozirda ham katta e’tibor qaratilmoqda. Hozirga vaqtda yuqori malakali vrachlar Toshkent tibbiyot akademiyasi hamda Andijon va Samarqand tibbiyot institutlari( Urganch filiali)da, o‘rta tibbiyot xodimlari respublikamizdagi qator tibbiyot kollejlarida tayyorlanmoqda.
Odatda, sog‘liqni saqlash tizimining geografiyasi 3 asosiy yo‘nalishga ajratiladi. Bu: sog‘liqni saqlash muassalari geografiyasi, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish geografiyasi va aholi kasallanishi geografiyasi yoki nozogeografiya.
Birinchi va ikkinchi yo‘nalishlarni hududiy tashkil etishda aholi joylashuv tizimi asos qilib olinadi va tibbiy xizmat ko‘rsatish muassasalari pog‘onasimon joylashtiriladi. Bu xususda ayniqsa qishloq vrachlik punktlarining ahamiyati katta, chunki aynan shu muassasa aholiga “yaqin” turadi.
SHuningdek, sog‘liqni saqlash tizimi farmatsetika sanoatini rivojlanishini ham talab etadi. Binobarin, sifatli dori-darmonlarni tayyorlash, mavjud imkoniyatlardan foydalanish zarur bo‘ladi. CHunonchi, Surxondaryo, Namangan, Toshkent va Samarqand viloyatlarida dorivor o‘simliklar ko‘p. Birgina Surxondaryo viloyatida bunday o‘simliklarning taxminan 36-38 foizi joylashgan. Mahalliy dorivor o‘simliklardan foydalanish, shu bilan birga, an’anaviy xalq tabobatining rivojlanishi ham sog‘liqni saqlashda ahamiyatli hisoblanadi. Ayni vaqtda mahalliy dorivorlar asosida dori-dormon tayyorlash maqsadida erkin iqtisodiy zonalar belgilanda va bu hududlarda endilikda katta moydonlarda turli dorivor o‘simliklar ekiladi va undan dori-dormon xam-ashyosi olinadi (Jizzax viloyatida “Zomin-farm”, Surxondaryoda “Boysun-farm”, Toshkent viloyatida “Bustonlik-farm” va “Parkent-farm”, Namangan “Kasansoy-farm”, Sirdaryoda “Sirdaryo-farm” va QQR “Qo‘ng‘irot-farm” tashkil etildi).
4. Rekreatsiya va turizm sohasi.Rekreatsiya, ya’ni salomatlikni tiklash va, umuman, charchoqni chiqarish, dam olish, sog‘liqni saqlash tizimi bilan bog‘liq. SHu bilan birga, bu sohaning rivojlanishiga aholining bo‘sh vaqti, moliyaviy holati kabi omillar ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 2 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi va undan so‘ng qo‘shimcha Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilindi. Ushbu Farmon va qarorlardan so‘ng mamlakatda turizmni rivojlantirish bo‘yicha tub burilishlar bo‘lmoqda. Jumladan, tashqi va ichki turizmni rivojantirish bo‘yicha chora tadbirlar belgalandi va chet ellardan mamlakatimiz hududiga keluvchilar soni yanada ortib bormoqda.
Respublikamizda rekreatsiya imkoniyatlaridan foydalanish imkoniyatlari ancha keng. Ayniqsa, Toshkent viloyatining Oqtosh, CHorbog‘, CHimyon, Xumson, Namangan viloyatining CHortoq, Farg‘ona viloyatining Oltiariq, CHimyon, Rapqon, Buxoroning Sitorai Mohi Xossa, Samarqand viloyatining “Nagornaya”, Qashqadaryoning Qashqadaryo va Miroqi, Surxondaryoning Xo‘jaikon, Omonxona, Toshkent shahrining CHinobod, Turon, Semashko va boshqa qator sihatgohlari katta ahamiyatga ega.
Mamlakatimizda davolanish imkoniyatlariga ega bo‘lgan 100 ortiq sihatgoh va pansionatlar mavjud. Bolalar sihatgohlari (sanotoriyalari) 40 ga yaqin, sanotoriya-profaktoriyalar 50 dan ortiq, dam olish uylari va pansionatlar 20 dan ziyod. Ushbu imkoniyatlardan keng miqyosda foydalanish, tegishli infratuzilma va reklamaning rivojlanishi yaxshi natijalar beradi.
Rekreatsiya bilan turizm bir-biri bilan yaqindan bog‘liq; sayohat qilib dam olish, hordiq chiqarish ham, dam olib turib qisqa muddatli sayohatlar qilish ham kishiga ma’naviy boylik, xush kayfiyat va tani sihatlik bag‘ishlaydi. O‘zbekistonda maxalliy va xalqaro turizmni rivojlantirish uchun imkoniyatlar katta. Samarqandning SHohi Zinda, Registon, Go‘ri Amir, Bibixonim madrasasasi, Buxoroning Labi Havuz, Ark, Minorai Kalon, Baxovutdin Naqshbandiy, Ismoil Somoniy madrasa va ziyoratgohlari, Surxondaryoning at-Termiziy, Sulton Soadat, Qirqqiz va boshqa qadimiy joylari, ToshkentningXasti - Imom masjid va Ko‘kaldosh madrasasi, diniy va hozirgi zamonaviy hashamatli binolari, Samarqand viloyatining Imom Buxoriy majmuasi, Toshkent viloyatining Zangi-ota maqbarasi, Xivaning Ichan-qal’asi, SHahrisabzning Oqsoray, Qoraqalpog‘istonning Sulton Uvays-bobo majmuasi kabilar diniy turizm rivojlanishining muhim ob’ektlari sanaladi.
Bunday sharoitlar Qo‘qon, Marg‘ilon, Andijon, Namangan, Qarshi va boshqa shaharlarda ham mavjud. SHuningdek, respublikamiz qishloq joylarida agroturizm va ekoturizmni keng miqyosda rivojlantirish mumkin. Ajoyib tog‘ va cho‘l landshaftlari, voha va vodiylar, ko‘plab qadamjo va ziyoratgohlar, baliq ko‘llar, chinorlar (Masalan: Urgutdagi CHorchinor), g‘orlar (YAkkabog‘ hududidagi Amir Temur g‘ori) va boshqa jonli va jonsiz tabiat mo‘jizalari har qanday sayyohni befarq qoldirmaydi. Bunday joylar mamlakatimizning ko‘pgina qishloq tumanlarida bor. Asosiy maqsad-bunday boy imkoniyatlardan samarali foydalanish, respublikamizning bu boradagi immijini ko‘tarish, milliy iqtisodiyotimizga katta daromad keltirish, uni jahon hamjamiyatida ma’lumu – mashhur qilishdan iborat bo‘lmog‘i zarur.



Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling