1. Din, dinshunoslik, din falsafasi, teologiya, teosofiya xudojo‘ylik


Download 41.97 Kb.
bet1/12
Sana06.11.2023
Hajmi41.97 Kb.
#1751926
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
11 семинар Din, dinshunoslik, din falsafasi, teologiya, teosofiya


№: 11-mavzu. Din, dinshunoslik, din falsafasi, teologiya, teosofiya xudojo‘ylik tushunchalarining ma’nosi va ularning o‘zaro aloqasi.(2-soat)


1.Din, dinshunoslik, din falsafasi, teologiya, teosofiya xudojo‘ylik tushunchalarining ma’nosi va ularning o‘zaro aloqasi. Din paydo bo‘lishining psixologik omillari, ob’ektiv va sub’ektiv sharoitlari. Qadimgi Misr dinlarining axloq tarbiyasidagi roli.
2.Milliy dinlar: zaroastrizim, induizm, jaynizm, sikxizm, parsizm, konfutsiychilik, daosizm, sindo, iudaizm. Milliy dinlarning zamonaviy ko‘rinishlari. Din, din falsafasi va dinshunoslik tushunchalarining ma’nosi. Dinshunoslikning kategoriyalari. Dinning strukturasi: diniy ong, faoliyat, diniy munosabat. Diniy e’tiqod va ratsionallik. Quronda vijdon erkinligi haqidagi dastlabki g‘oyalar tasnifi. Dunyo mamlakatlari va O‘zbekistonda Vijdon erkinligi xaqidagi qonun qabul qilinishining ijtimoiy madaniy ahamiyati. Dinning siyosiylashtirish oqibatlari. Diniy amaliyotning o‘ziga xos xususiyatlari.
3.Buddaviylik dinining paydo bo‘lishi tarixi, asosiy ta’limotlari. Buddaviylik oqimlari: janubiy buddizm (xinayana), axayana, Vadjrayana. Buddizimda rohiblik. Buddizm manbalari. O‘rta asrlarda Dzen buddizm ta’limoti. Hozirgi davrda buddaviylikning rivojlanishi.
4.Xristianlikning paydo bo‘lishi va asosiy yo‘nalishlari: pravoslav dini, katolitsizm, protestansizm.Xristian dini konfessiyalari, ta’limotlari. Xristian dini manbalari. Xristian dinining asosiy jihatlari. Xozirgi davrda xristian dinining rivojlanishi va dunyo davlatlaridagi o‘rni.

  • Din (arabcha: دين — „ eʼtiqod“, „ishonch“, „itoat“) jamoat tomonidan shifrlangan qadimiy yozuvlar, mifologiya va rituallarga qatʼiy amal qilingan holda bajariluvchi harakatlar toʻplamidir; shuningdek, shaxsiy e’tiqod hamda mistik kechinmalardan iborat boʻlishi ham mumkin. „Din“ atamasi ham jamoat eʼtiqodiga oid shaxsiy amaliyotlarni, ham guruh tomonidan bajariluvchi rituallarga qoʻllanadi.

Din — xudo yoki xudolar, gʻayritabiiy kuchlar mavjudligiga ishonish. Din muayyan taʼlimotlar, his-tuygʻular, toat-ibodatlar va diniy tashkilotlarning faoliyatlari orqali namoyon boʻladigan, olam, hayot yaratilishini tasavvur qilishning alohida tarzi, uni idrok etishning oʻziga xos usuli. Dinning paydo boʻlishi haqida yagona fikr yoʻq. Islom dini taʼlimotiga koʻra, din — Alloh tomonidan oʻz paygʻambarlari orqali bashariyat olamiga joriy etilajagi zarur boʻlgan ilohiy qonunlardir. Tabiat va insonni yaratgan, ayni vaqtda insonga toʻgʻri, haqiqiy hayot yoʻlini koʻrsatadigan va oʻrgatadigan ilohiy qudratga ishonchni ifoda etadigan taʼlimotdir.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling