Akademiy a isxakov


Download 1.65 Mb.
bet1/89
Sana24.12.2022
Hajmi1.65 Mb.
#1061398
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89
Bog'liq
RIM HUQUQI





O‘ ZBEK ISTO N RESPUBL I KAS I IC HK I IS HLAR VAZ IRL I GI


A K A D E M I Y A

  1. ISXAKOV, V. TOPILDIYEV,

    1. RAX M ANOV



RI M HUQUQI
O‘zbekiston Respublikasi II V tomonidan Vazirlik oliy ta’lim muassasalari uchun darslik sifatida foydalanishga ruxsat etilgan

Toshkent — 2012




O‘zbekiston Respublikasi II V Akademiyasi Tahririyat-noshirlik hay’atida ma’qullangan

T a q r i z c h il a r :




yuridik fanlar doktori, professor I . B. ZOKIROV ; yuridik fanlar nomzodi, dotsent N. T. IS M OILOV; yuridik fanlar nomzodi O. A. KA M OLOV



I 91



Isxakov S.
Rim huquqi: I IV oliy ta’ lim muassasalari uchun darslik /

    1. I sxakov, V. Topildiyev, A.Raxmanov. — T.:O‘ zbekiston Respublikasi I IV Akademiyasi, 2012. 224-b.

Ushbu darslikda rim huquqi tushunchasi, tizimi va manbalari, huquqni himoya qilish shakllari, shaxslar tushunchasi, oilaviy huquqiy munosabatlar, ashyoviy huquqlar to‘g‘risidagi ta’ limotlar, majburiyat huquqi tushunchasi va majburiyatlarning alohida turlari, vorislik huquqi masalalari yoritib berilgan.


Darslik oliy o‘quv yurtlarining huquqshunoslik mutaxassisligi tinglovchi- talabalari hamda stajyor- tadqiqotchi- izlanuvchilarga mo‘ljallangan.


BBK 67.3ya73

2
© O‘zbekiston Respublikasi I IV Akademiyasi, 2012





KIRISH




O‘z kasbini yaxshi egallagan chuqur bili mli, mutaxassis kadrlar tayyorlash va ularning zamonaviy bilimlar asosida ta’ lim olishi mustaqil davlatimiz oldida turgan dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Chunki mamlakatning iqtisodiy taraqqiyot omillari, ijtimoiy-siyosiy va huquqiy sohalardagi islohotlarning jadallashuvi umuman bozor munosabatlarini yanada rivojlanti rish ko‘p jihatdan yuksak malakali, ma’naviy-axloqiy pok kadrlarga bog‘ liq. Yuridik ta’lim tizimida rim huquqi fani alohida o‘rin tutadi.
Shu bois ushbu fan bo‘yicha hozirgi kun talablari asosida o‘zbek tilida darslik yaratish dolzarb vazifalardan biridir.
Rim huquqi bundan XXV asr muqaddam Rim quldorlik davlatida shakllangan bo‘lib, hozirda mavjud bo‘lgan barcha huquq sohalarining negizi sifatida jahon tarixi va huquqiy madaniyatida alohida iz qoldirgan huquqiy xazinalardan hisoblanadi.Bu «Rim huquqi», «Rim fuqaroli k huquqi» va «Rim xususiy huquqi» deb atalishidan qat’ i nazar, uning mazmun va mohiyati o‘zgarib qolmaydi. Chunki qadimgi Rim quldorlik davlatining birdan-bir huquqi fuqaroli k huquqi bo‘lib, hatto dastlabki paytlarda jinoiy jazo bilan bog‘ liq bo‘ lgan xatti-harakatlar ham bevosita fuqarolik huquqiy munosabatlar bilan tartibga solingan.
Darhaqiqat,rim huquqi insoniyat tarixida huquq sohalarini, va umuman huquq tizimining shakllanishi va rivojlanishining asosini o‘zida aks ettirib huquqiy madaniyatning muhim jihatlaridan birini, ya’ni Rim yurisprudensiyasini tashkil etgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov o‘zining
«Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q» nomli asarida ta’kidlaganidek,
«o‘zli kni anglash tarixni bilishdan boshlanadi... Tarix saboqlari insonni hushyorlikka o‘rgatadi, irodasini mustahkamlaydi... Inson uchun tarixdan judo bo‘lish—hayotdan judo bo‘lish demakdir».
Shu ma’noda rim huquqi to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish, uni bilish va o‘rganish tariximizni, xususan huquqiy madaniyatimiz

tarixi hamda hozirda mavjud bo‘ lgan huquq tizimimiz va huquq sohalari negizlarini chuqur anglashimizda muhim ahamiyat kasb etadi.


Mamlakatimizda bu fanning o‘qitilishini takomillashtirishda va o‘quv adabiyotlarini yozishda o‘zbek olimlaridan SH. Z. O‘ra- zayev, O.E. Ernazarov, L. M. Burxanova, Z. Shomuhamedova,

      1. Muhamedov, R.J. Ro‘ziyevlar bir qator ishlarni amalga oshir- ganlar.

Mazkur darslikda rim huquqi tushunchasi, tizimi va manbalari, huquqni himoya qilish shakllari, shaxslar tushunchasi, oilaviy huquqiy munosabatlar, ashyoviy va mulkiy huquqlar to‘g‘risidagi ta’limotlar, majburiyat huquqi, shartnoma huquqi hamda ularning alohida turlari, vorislik huquqi masalalari yoritib berilgan.
Ushbu darslikni yozish jarayonida mualli flar yetuk huquq- shunos olimlarning, jumladan A. I. Kosarev, M. Bartoshek, I. B. Novitskiy, A. I. Chernilovskiy, L. V. Krujalova, D. V. Dojdyov va boshqa olimlarning o‘quv adabiyotlaridan keng foydalandilar.



Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling