Anorganik kimyo 3-daraja X tuzini suvda eritganimizda M


Download 0.85 Mb.
bet1/11
Sana17.06.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1544286
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Zeyfman(Hoshimov H)


ANORGANIK KIMYO 3-DARAJA
1. X tuzini suvda eritganimizda M+ kationi hosil bo’ladi. Bu usul bizga M+ ni ko’proq konsentrlangan eritmalarini olishga yordam beradi. Ammo bu tuzlar beqaror va sekin avtokatalitik tarzda parchalanadi(qizdirilganda tezroq). Bunda cho’kma hosil bo’ladi. Lekin gaz ajralib chiqmaydi. Yangi hosil bo’lgan eritmadagi metalni X ishqor bilan reaksiaga kiritsak, metalning oksidlanish darajasi o’zgarmagan holda cho’kma tushadi. Lekin, IK-spektroskopiya tekshiruvi aniqlqshicha, cho’kma Me,H,O dan tashkil topgan. Lekin, MeOH hisoblanmaydi. Bu cho’kmani qizdirish natijasida oksidlanish-qaytarish reaksiyasi keyib, MeO, H2 va H2O hosil boldi. MeOni 1500oC da Mo ampulali vakumda qizdirsak, tarkibida 24.6% Mo bo’lgan moddani haydalishiga olib keladi. Hosil bo’lgan tuzda 59% Me, u qizil rangga bo’yaladi. Metalni toping, reaksiyani yozib tushuntiring. (avo’katalizning sababini va tarkibida Mo bo’lgan moddani uchuvchanligini)

Yechish: Bu masalani yechishni orqa qismidan boshlaymiz. So’ngi moddani tahminan Me2(MoO4)x deb olishimiz mumkin. X=1bo’lsa, tuz massasi 390gr(96:0,246) gat eng bo’ladi. U holda metal massasi


115gr(390x0.59:2) ga teng bo’ladi. Bu metal:In. Mo ampulali vakumda reaksiyaga kirishgan modda In2O3 ekan.
MoO + In2O3 = In2MoO4 Dastlabki tuz In ning biror gaz bo’lmagan galogenidi bo’lishi mumkin. Uni InBr deb olsak, quyidagi reaksiya ketgan: tuz tarkibidagi metal In edi. Demak, ishqor tarkibidagi metal ham In ekan.
2InBr +4In(OH)3 = 3In(In(OH)4) + Br2
Haqiqatdan ham cho’kma tarkibida faqat In, H, va O bor. Uning parchalanishi quyidagicha:
In(In(OH)4) = In2O3 +H2O + H2
Javob: InBr

2. Ikki modda aralashmasining 3.84 grami 50 ml suvda eritildi va hosil bo’lgan eritmaga sekin qattiq holdagi NaHCO3 qo’shildi. Birinchi 1.68gr NaHCO3 qo’shilganda gaz ajralmadi. Keyin 3.36gr NaHCO3 qo’shilganda 1.568litr gaz ajraldi. Gaz ajralish davomida tarkibida 12.04% Na va 47.12% kristalizatsio’n suvi bo’lgan cho’kma hosil bo’ldi. Reaksiya oxirida Na2CO3 va cho’kmaga tushgan ozgina tuzdan boshqa eritmada hech nima qolmadi. Moddalarni toping va reaksiya tenglamalarini yozing.

Yechish: Cho’kmaga tushgan kristalgidratning tahminiy fo’rmulasini tuzamis. 12.04/23 : 47.12/18 =
0.5234:2.617 =1:5 u holda NaA * 5H2O yoki Na2A x10H2O bo’ladi. Birinchi holatda A ning massasi:
23gr--------12.04%
Xgr--------- 40.84%(100-59.16) x=78gr. Ikkinchi holatda A ning massasi:

46gr--------12.04%


Xgr--------- 40.84%(100-59.16) x=156gr. Bizni ikkinchi holat qoniqtiradi: Na2B4O7 x10H2O

Na2B4O7 hosil bo’lishi uchun NaOH bilan bo’rning biron bir kislotasi reaksiyaga kirishishi kerak.


Ikkinchi modda 0.04 mol NaHCO3 bilan reaksiyaga kirishib NaOH va 0.07mol gaz ajratgan desak, u modda NaO2 bo’lishi mumkin.
4NaO2 + 4NaHCO3 + 2H2O = 8NaOH + 4CO2 + 3O2
220gr 336gr 89.6litr + 67.2litr=156.8litr
Xgr 3.36gr x=2.2gr x=1.568litr
Ikkinchi modda NaHCO3 bilan 1:1 nisbatda reaksiyaga kirishgan bo’lsa, uning massasini quyidagicha topamiz:
0.02mol--------------1.64gr(3.84-2.2)
1mol------------------xgr x=82gr bu modda: NaBO3
Demak kislota HBO3 bo’lgan.
NaBO3 + NaHCO3 = Na2CO3 + HBO3 bu reaksiyada haqiqatdan ham gaz ajralmaydi.
2NaOH + 4HBO3 = Na2B4O7 + 3H2O + 2O2
Javob:0.02mol NaBO3 0.04mol NaO2
N2B4O7 x 10H2O

3. X xlorid Mg bilan dioksan eritmasida Y gazi atmosferasida bosim ostida qizdirib reaksiyaga kirishganda Z(ω(c)=31.17%) modda va MgCl2 1:3 nisbatda hosil bo’ldi.Agar bu moddani efirda eritib, hosil bo’lgan eritmadan HCl o’tgazilganda, efirli eritmada MgCl2 va Z1(c)=32.88%) qoladi ( z1 moddani eritmani konsentrlab ajratib olish mumkin). Bundan tashqari reaksiyada yutilgan HCl hajmining yarmiga teng bo’lgan H2 ajralib chiqadi. Z1 moddasi efirda eritilib, 00C da yuqori bosim ostida qayar holda H2 ni biriktirib oladi va Z2 moddani hosil qiladi. Kamroq qizdirilganda Z1 moddasi Y gazi va P oddiy moddaga parchalanadi. Bunda 1gr Z1 moddadan 0.233gr P modda hosil bo’ladi. Moddalarni toping va reaksiyalarni yozing. Z1 moddadagi kimyoviy bog’lar tabiatini tushuntiring.

Yechish: X xlorid tarkibida C bo’lmagan Z1 modda tarkibida esa, C bor. Demak, Y gazi CO yoki, CO2 bo’lgan. Bizga CO to’g’ri keladi. Berilgan nisbatdan foydalanib X ning valentligini aniqlaymiz:
2XClx+ aMg + 2bCO = Mga(X(CO)b)2 + 3MgCl2 o’ng tomonda oltita xlo’r bor. Demak, X 3valentli ekan. Keyingi reaksiyani quyidagicha yozish mumkin:

Mga(X(CO)b)2 + 2aHCl = aMgCl2 + aH2 + 2X(CO)b Demak, Z1 modda X(CO)b ekan.


Uning parchalanishi quyidagicha:

X(CO)b = X + bCO CO ning ekvivalentidan foydalanib, X ning ekvivalentini topamiz:

X(CO)b = X + bCO
0.233gr 0.767gr
xekv 28ekv x=8.5ekv 8.5x6=51gr Bu modda V ga to’g’ri keladi.

Haqiqatdan ham Mg(V(CO)6)2 tarkibida 31.17% C bor.(144:462x100=31.17)


V(CO)6 tarkibida esa 32.88% C bor.(72:219x100=32.88)

Javob: X – VCl3 Y – CO Z – Mg(V(CO)6)2


Z1 – V(CO)6 Z2 – H2(V(CO)6)
P - V

4. 7.36gr binar modda X suv bilan ishlanganda sekin qaytmas gidrolizga uchraydi. Gidroliz mahsulotlari A cho’kma va B eritma. B eritmani avval bug’latib, keyin qizdirsak, 1.336gr X oksidini beradi. A moddani qizdirsak, 6.68gr X oksidi hosil bo’ladi. B eritmani konsentratsiyasi 1M ga olib keluvchi suv miqdorini olsak, hosil bo’lgan moddalarni nisbati shunday bo’ladi. Agar suvni kamroq olsak, B eritmani bug’latganimizdagi chiqqan oksiddan kamroq oksid chiqadi. Binar moddani toping va reaksiya jarayonlarini yozing.


Javob: Mo6Cl6

5. Ikki modda A va B suvda erimaydigan sariq-limon rangli kukun hisoblanadi. A va B moddaga bir xil miqdoriga HCl ta’sir ettirilganda bir xil hajmda gaz ajraladi. Bu gazlar bromli suv bilan cho’kma hosil qiladi. Shunday miqdordagi A va B moddaga konsentrlangan H2SO4 ta’sir ettirilganda SO2 ajralib chiqadi. A moddadan chiqqan SO2, A moddaga HCl ta’sir ettirganimizda hosil bo’lgan gazning hajmidan 3 marta ko’p. B moddadan chiqqan SO2 B moddaga HCl ta’sir ettirganimizda hosil bo’lgan gazning hajmidan 4 marta ko’p. Moddalarni toping va jarayonlarni tushuntiring.

Yechish: B modda Beketov qatorida H2 dan chapda turgan metallardan birining sulfidi bo’lishi mumkin. Quyidagi reaksiyalar ketadi:

Me2Sx + 2xHCl = 2MeClx + xH2S


Me2Sx + 4H2SO4 = Me2(SO4)x + 4SO2 + H2O ko’rinib turibdiki, valentligi 1 yoki 2 bo’lsa, nisbat 1:4 bo’lmoqda. Sulfidlar ichida CdS sariq rangda. Demak, B modda CdS ekan.
A moddaning reaksiyasida 4mol SO2 ning 1moli SeO2 ga o’tib ketishini hisobiga nisbat 1:3 bo’lib qolmoqda. Shuning uchun A moddani ZnSe deb olishimiz mumkin.

ZnSe + HCl = ZnCl2 + H2Se


ZnSe + 4H2SO4 = ZnSO4 + 3SO2 + SeO2 + 4H2O

Javob: A-ZnSe B-CdS

6. Bir litr anorganik gaz parchalanganda 3litr H2 va 3.214gr qattiq qoldiq hosil qildi. Bu qoldiq ishqor eritmasida qizdirilganda 3litr H2 va anorganik tuz hosil qiladi. Moddalarni toping.

Yechish: Avval bu gazning Mr ini topamiz. 3litr H2 0.268gr(3/22.4x2). 3.214+0.268 = 3.482gr


3.482gr------------1litr
Xgr----------------22.4litr x= 78gr. Bu gaz (SiH3)2O
Reaksiyalarni esa quyidagicha yozish mumkin:
2(SiH3)2O = 3Si + SiO2 + 6H2
44.8litr 144gr 134.4litr
1litr xgr ylitr x=3.214gr y=3litr

2NaOH + Si + H2O = Na2SiO3 + 2H2


22.4litr 44.8litr
1.5litr X litr x=3litr

Javob: (SiH3)2O

7. Metodikani aniqlang: 2ta Na li tuzning konsentrlangan eritmalari aralashtirildi. Olingan eritmani HCl ta’sirida oksidlab, eritmani asbest qavatida kamroq miqdordagi iviqsimon cho’kmadan filtrlandi. Hosil bo’lgan eritmadan moddani efirga ekstraksiya yordamida efirga issiq havo berib, efir bug’latildi. Efirni yo’qotgandan keyin moddani eksikatrda CaCl2 ustida quritildi. Moddani analizi: 10gr moddani 4600Cda qizdirdik. Qoldiq 9.255gr. Shu temperaturada qoldiq ustidan quruq holdagi HCl o’tkazildi. Bunda ko’p qismi uchuvchan bo’lib ketdi va 0.313gr qoldiq qoldi. Shu qoldiqni 1ml konsentrlangan H2SO4ga ta’sir ettirib, 5000Cda aralashmani quriguncha bug’latildi.0.311gr oq kristal modda qoldi. Reaksiya mahsulotlarini HCl bilan sovutsak, 12.36gr suv bilan gidrolizlanadigan modda hosil bo’ladi.
Javob: H4O40Mo12S x 6H2O

8. Ca(OH)2 xona temperaturasida suyuq X modda bilan reaksiyaga kirishganda tarkibida 28.57% Ca bo’lgan cho’kmani hosil qildi. Bu modda saqlashga chidamsiz. 2000C gacha qizdirilganda bu modda 50% massasini yo’qotib, ko’proq turg’un bo’lgan Y moddaga aylanadi. Chuqur vakumda xona temperaturasida bu moddani parchalanishi juda qiyin. Bunda ikki komponentli qoldiq qolib Ca ning miqdori 44.7%, Ca(OH)2 ning miqdori 40%. Bu usul ikkinchi komponentni olishning eng zo’r usuli hisoblanadi(ikkinchi komponent qo’ng’ir rangli). Ammo uni Ca(OH)2 dan ajratib olish bir qancha qiyinroq. Anologik sintez Sr da kechganda Sr yemirilib ketadi. Ba va Mg ishlatganimizda, butun boshli moddani izi qoladi. Moddalarni toping. Boshqa ishqoriy-yer metallari bilan reaksiyadagi omadsizlik sababini tushuntiring. Reaksion massani ajratib olish uslubini taklif eting.


9. X metal asetati suvli eritmalardan digidrat holida kristallanadi. Bu digidrat 1000C da suvsizlanadi. 150-2000C orasida aseton va suvsiz asetatning 86.07% iga teng massali qoldiqqa (individual birikma) parchalanadi.Bu qoldiq 2000C dan yuqori temperaturada parchalanmasdan haydaladi. Haydalishdan tozalangan modda tarkibida 22.86% uglerod bor.Metalni toping. Reaksiyalarni yozing.


Yechish: Ikki valentli metal asetatini parchalanishini quyidagicha yozish mumkin:


4Me(CH3COO)2 = Me4O(CH3COO)6 + CH3C(O)CH3 + CO2

Quyidagicha tenglama tuzamis: 4x+370/4x+472 = 0.8607 x = 65gr bu metall Zn ekan

Zn4O(CH3COO)6 bu modda tarkibida haqiqatdan ham 22.86% (144*100 /630) uglerod bor.

Javob: X – Zn

10. A va B elementlari A1va B1 oksidlarni hosil qiladi. Bu oksidlar xona temperaturasida bir xil agregat holatda turadi va bir xil valentlik namoyon qiladi. Ikkala oksid ham ortiqcha miqdordagi suv bilan qaytmas reaksiyaga kirishadi. Bu elementlar valentligi bir xil bo’lgan A2 va B2 oksidlarni hosil qiladi. Bizga ma’lumki, suvli eritmada bu moddalar quyidagi nisbatda reaksiyaga kirishadi:
a) A1+10B2= b)A2+B1=…
Bu eritmalarni vakum ostida astalik bilan bug’latsak, har xil boddalar (individual birikma suv saqlamaydi) hosil qiladi. Bu moddalarda A elementni miqdori 24.77% va 21.65% gat eng. Elementlarni topib, reaksiyalarni yozing. Bug’latish atmosfera bosimida o’tkazilganda qanday hodisa yuz beradi?

Yechish: Elementlardan biri metall. U o’zgaruvchan valentlik namoyon qilyapti. Demak uni D-elementlardan biri deb olamiz. Oksidlarni shartli ravishda A2Ox ; B2Ox va A2Oy ; B2Oy deb olamiz. X va Y ga 4 va 7 raqamini bersak va A elementini foizi bo’yicha hisoblasak, Mn va Cl ga to’g’ri keladi. Oksidlar Mn2O7; Cl2O7; MnO2;ClO2 ekan. Reaksiya tenglamalarini quyidagicha yozish mumkin:

Mn2O7 + 10ClO2 = Mn(ClO3)2 + Mn(ClO4)2 + 3Cl2O3 + 2O2
MnO2 + Cl2O7 = Mn(ClO4)2 + 1/2O2

Mn(ClO3)2 tarkibida 24.77%; Mn(ClO4)2 da esa,21.65% Mn bor.


Javob:A-Mn A1-Mn2O7 A2-MnO2
B-Cl B1-Cl2O7 B2-ClO2

11. Och pushti X modda havosiz joyda saqlanganda yashilsimon ranga kiradi, qizdirilganda parchalanadi. 3.6gr X modda qizdirilganda 1.94litr gaz hosil bo’ladi (2000C normal bosim).00C gacha sovutsak hajm 224ml gacha kamayadi va havo ta’sirida 3000C gacha qizdirsak, uchuvchan bo’lib ketadigan, vakumda qizdirsak 67.7% massasini yo’qotadigan 2.6gr jigarrang qattiq modda hosil bo’ladi. X moddani toping va kimyoviy o’zgarishlarni ta’riflab bering. Saqlanganda rangning o’zgarishi nimaga bog’liq?


Yechish: Hosil bo’lgan gazning mol miqdorini topamiz. 101.325*1.94/8.314*473=0.05mol. 00C da 0.01 mol modda qolmoqda. Demak, 0.04 mol suv bo’lgan. X moddani 0.01 mol desak, 360 gr bo’ladi. bunday modda yo’q. Uni 0.02mol desak, 180 gr bo’ladi Bu modda NH4TcO4 ga to’g’ri keladi. Uni parchalanishi quyidagicha:


2NH4TcO4 = N2 + 4H2O + 2TcO2

Vakumda qizdirsak, quyidagicha reaksiya ketadi:


7TcO2 = 2Tc2O7 + 3Tc
Javob: X – NH4TcO4

12. X gazi yuqori bosim ostida M metali bilan H2 ga nisbatan zichligi 273.5 oson suyuqlanadigan uchuvchan B modda hosil qiladi. Ushbu sharoitda reaksiyaga kirishgan X gazining hajmi B bug’ining hajmidan 4 marta ko’p.Bizga ma’lumki, 1mol B modda yuqori bosim ostida qizdirilganda 7mol F2 bilan reaksiyaga kirishishi mumkin. Moddalarni toping va reaksiyalarni yozing.


Yechish: Reaksiyani quyidagicha yozish mumkin:


4X + M = B

B ning massasi 547(273.5*2)gr. Bu modda Pt(PF3) 4 ga to’g’ri keladi. U quyidagicha hosil bo’ladi:


4PF3 + Pt = Pt(PF3)4

U haqiqatdan ham 7 mol F2 bilan reaksiyaga kirishadi.


Pt(PF3)4 + 7F2 = 4PF5 + PtF6
Javob: X- PF3 M- Pt B- Pt(PF3)4

13. Quyidagi reaksiya tenglamalarida M-metall, A,B-metalmaslar. Qaysi o’zgarishlar haqida gap bormoqda?


MA3+ABCl=MCl+BA4 (beqaror)
BA4=BA2+A2
MA3+BA2=MB2+A2
MB2+ABCl=MCl+AB3 (beqaror)
AB3=AB2+B2

Yechish: A va B metalmaslar A2 va B2 holida ajralmoqda. Demak, ular N2, O2, H2, yoki galogenlar bo’lishi mumkin. Bizga N2 va O2 to’g’ri keladi. Metalni esa, biron bir ishqoriy metal, masalan, K deb olishimiz mumkin. Quyidagi reaksiyalar ketadi:

KN3 + NOCl = KCl + ON4
ON4 = N2O + N2
KN3 + N2O = KO2 + N2
KO2 + NOCl = KCl + NO3
NO3 = NO2 + O2
Javob: A – N B – O M – K

14. Massasi 3gr bo’lgan(metalning massa ulushi 38.24%) A tuzi suvda eritilganda sekin qaytmas reaksiyaga kirishib, 7.9litr gaz va B tuzini hosil qiladi. B tuzi hosil bo’lgan eritmani dastlab bug’latib, so’ngra qizdirganimizda hosil bo’ladi. uning massasi 6.53gr. Metalning massa ulushi 17.57%. Tuzlarni toping va reaksiya tenglamalarini yozing.


Yechish: A tuzi gidrolizlanganda metalning massasi o’zgarmagan holda B tuzi va gaz modda hosil bo’lmoqda. Demak, A tuz tarkibidagi H2 suv tarkibidagi O2 bilan almashingan va H2 ajralib chiqqan. Quyidagicha reaksiya ketgan:

A + H2O = B + H2
7.9L H2 ning 1/3 qismi tuz tarkibidagi H2 2/3 qismi suv tarkibidagi H2.Tuz tarkibida bitta H bo’lsa, u 0.2351mol(7.9*0,333/11.2). Uning Mr i esa, 13gr(3/0,2351). Bunday tuz yo’q. Agar tuz tarkibida 8 ta H bo’lsa, u 0,0293 mol(0,2351/8). Uning Mr i esa, 102 gr (3/0,03). Undagi Me ni topamiz, 102*0,3824=39gr. Bu: K. Tuz esa, KB5H8 ekan. Quyidagicha reaksiya ketadi:

KB5H8 + 8H2O = KB5O8 + 12H2


Haqiqatdan ham 7,9L H2 ajralib chiqadi.
Javob: A – KB5H8 B – KB5O8

15. 2ta anorganik A va B gazlarining aralashmasi suvsiz V Na li tuzi ustidan o’tgazilganda gazlarning hajmini 33.33% ga o’zgartiradi. Lekin zichligi o’zgarmaydi. Agar shu gazlar aralashmasini yetarli miqdorda olingan G oddiy modda bilan reaksiyaga kiritsak, hajmi 33.33% ga ortadi. Zichligi o’zgarmaydi. Dastlabki aralashmani Zn bilan qizdirsak reaksiyaga kirishib, hajmi reaksiya uchun olingan gazlarning 66.66% iga teng bo’lgan gaz hosil bo’ladi. Zichligi judayam kamayib ketadi. Agarda ushbu gazlar aralashmasini yopiq idishga solib, gazlar aralashmasining hajmini 16.666% iga teng hajmli O2 kiritsak, idishdagi bosim sekinlik bilan tushib, minimum darajaga yetadi. Aralashmani miqdoriy va sifatiy tarkibini aniqlang.


Yechish: Hajm o’zgarib, zichligi o’zgarmasligi uchun A va B gazlarning Mr lari teng bo’lishi kerak va Na li tuz qo’shilganda biri sarflanib, ikkinchisi hosil bo’lishi kerak. Oddiy modda bilan ham huddi shunday holat. Zn te’sirida esa, gaz tarkibidagi metalmas Zn bilan birikib, H2 ajralib chiqadi. O2 ta’sirida gaz tarkibidagi H2 suv bo’lib chiqib ketadi va metalmasning o’zi qoladi. Bu ta’riflarga H2Se va HBr to’g’ri keladi. U holda Na li tuz Na2Se ; oddiy bodda esa, Br2 bo’ladi. Quyidagicha reaksiyalar ketadi:


2HBr + Na2Se = 2NaBr + H2Se
Gaz hajmi 1/3 qismga kamaymoqda.

H2Se + Br2 = 2HBr + Se


Gaz hajmi 1/3 qismga ortmoqda.

Zn + H2Se = ZnSe + H2


Zn + 2HBr = ZnBr2 + H2
Gaz hajmi 1/3 qismga kamaymoqda.

Demak, dastlab 1:2 nisbatda H2Se va HBr bo’lgan ekan.

2H2Se + O2 = 2Se + 2H2O

Javob: 1:2 nisbatda H2Se va HBr

16. A va B kaliyli tuzlari o’zaro reaksiyaga kirishib Br2 ajratib chiqaradi va V kaliyli tuzi hosil bo’ladi. Bu usul V olishning preparative usuli hisoblanadi. Bu uchta tuz orasida V tuzi eng kichik molyar massaga ega. Ikkala A va B kaliyli tuzlar ushbu usul yordamida bitta modda X kaliyli tuzidan sintez qilinadi. Quruq X tuzini ustidan reaksiya tugagunga qadar A1 va B1 oddiy modda bug’lari o’tgaziladi. Bunday reaksiya suvli eritmada ham kechadi. Lekin nojo’ya ta’sirlar tufayli reaksiya unumi 70% dan oshmaydi. A, B, V tuzlarini qizdirilganda bug’ holatdagi A2,B2,V2 moddalari ajraladi, sovutilganda kondensatlanadi. A va V tuzlari parchalangandagi qattiq qoldiq bir biriga o’xshaydi. Lekin B moddaning qoldig’iga mos kelmaydi. A2, B2, V2 moddalar tarkibida Y elementi mavjud. Uning massa ulushi 54.39% dan 78.15% gacha. Moddalarni toping.

Yechish: A, B, va X tuzlar tarkibidagi kislota qoldiqlarini galogenlar deyish mumkin.


F2 – Cl2 – Br2 – J2 qatorida reaksiyaga kirishish qobiliyati pasayib borishini hisobga olib, X tuz tarkibidagi kislota qoldig’ini J2; A tuz tarkibidagi kislota qoldig’ini Cl2; B tuz tarkibidagi kislota qoldig’ini esa, Br2 deb olamiz. A va B tuzlar o’zaro reaksiyaga kirishib, Br2 ajratib chiqarmoqda va Mr i kichik bo’lgan V kaliyli tuzini hosil qilmoqda. Demak, ular: KCl4 va KBr4. V tuzi esa, KCl2. U holda X tuziga KJ4 to’g’ri keladi. Quyidagicha reaksiyalar ketadi:
KCl4 + KBr4 = 2KCl2 + 2Br2
KJ4 + 2Cl2 = KCl4 + 2J2
KJ4 + 2Br2 = KBr4 + 2J2
Javob: A – KCl4 B – KBr4 V – KCl2 X – KJ4
A1 – Cl2 B1 – Br2

17. Ikkita kaliyli tuzlar aralashmasining mo’l nisbatlari 1:3, 1:1, 3:1 nisbatda bo’lgan va massasi 10gr dan ortiq bo’lgan uchta na’munasi bor. Bu uchala aralashma qizdirilganda O2 ajralib chiqadi. 1:1 nisbatdagi aralashma qizdirilganda 690ml, qolgan aralashmalar 617ml va 883ml O2 hosil qiladi. Qizdirishdan hosil bo’lgan qattiq qoldiqlar ham ikki komponentli aralashma hisoblanadi. 883ml O2 ajrtgan aralashma qolganlaridan moddiy jihatdan ajralib turadi. Qolganlaridan farq qilib, suvda to’liq eriydi va 721ml O2 hosil qiladi. Aralashma tarkibini toping.


Javob: K2Cr2O7 va KO2

18. Ikki oddiy modda bir biri bilan har xil sharoit va nisbatlarda molekulyar nisbatlari 1:1,85:2,78:3,86 bo’lgan 4ta binar birikma hosil qilishi mumkin. Bu binar birikmalardagi bir elementning massa ulushi mos ravishda 1:3,24:4,32:5,18 bo’lib, mahsulotlarni toping.

Yechish: Bu oddiy moddalar C va Cl2 ga to’g’ri keladi. Moddalar esa,

CCl4 C6Cl6 C12Cl8 C20Cl10


Mr= 154gr 285gr 428gr 595gr
W(c)= 7,792% 25,26% 33,64% 40,33%
Javob: C va Cl2
CCl4 C6Cl6 C12Cl8 C20Cl10

19. Massasi 2,2gr X xlorid eritmasiga mo’l miqdorda AgNO3 ta’sir ettirilganda 3,93gr cho’kma tushdi. Massasi 2,2gr bo’lgan AgNO3 eritmasiga mo’l miqdordagi X xlorid qo’shilganda 1,4gr Cho’kma tushdi Xloridni toping. Agar massalari 2,2gramdan bo’lgan X xlorid va AgNO3 eritmalarini bir idishga quysak, necha gr cho’kma hosil bo’ladi?


Javob: SmCl2

20. Ikkita element 8000C da ikkita gazga parchalanadigan va vodorodga nisbatan zichligi 30; 26; 25,08; 17,2 ga teng bo’lgan 4ta binar birikmani hosil qiladi. Moddalarni toping.

Javob: P va N

21. C tuzi havoli sharoitda suvli eritmada saqlashga chidamsiz. Ochiq idishda C tuzi eritmasini uzoq vaqt saqlaganda suvda erimaydigan K cho’kma hosil bo’ladi. Eritmada hech qanday boshqa modda qolmaydi. C tuzi eritmasi O2 ga chidamli. 3gr C tuzi uzoq vaqt havoda qoldirilsa, 2gr K cho’kma hosil bo’ladi. Bu cho’kmani kuchli B kislota bilan reaksiyaga kiritsak, C tuzi hosil bo’ladi va gaz ajralib chiqadi. Moddalarni toping. reaksiyalarni yozib, tushuntirib bering.


Yechish: K cho’kmasi ishqoriy-yer metalining karbonatiga to’g’ri keladi. Agar bu cho’kmani BaCO3 deb olsak, uning miqdori 0.0101mol(2/197) . U holda C tuzining Mr i 297gr (3/0.0101) bu tuz : BaBr2 ga to’g’ri keladi. Reaksiyalar quyidagicha:

BaBr2 +CO2 + H2O = BaCO3 + 2HBr

BaCO3 HBr bilan reaksiyaga kirishganda quyidagicha reaksiya ketadi:


BaCO3 + 2HBr = BaBr2 + CO2 + H2O
Javob: C – BaBr2 K – BaCO3 B – HBr

22. Spetsifik sharoitda A va B oddiy moddalarning ta’sirlashuvidan X modda hosil bo’ladi. Boshqa sharoitlarda A va B moddalarning ta’sirlashuvidan V, G, D moddalari hosil bo’ladi. Ularda A moddaning massa ulushi mos ravishda 88,15; 83,22; 84,8 foizga teng. X moddasi B modda bilan reaksiyaga kirishib birikma hosil qiladi. Bu birikmada B ning massa ulushi 8,76 %, A modda mavjud emas. Moddalarni toping. Reaksiyalarni yozing.

Yechish: Oddiy moddalardan birini O2 deb olsak, berilgan foizdan foydalanib, A moddani topamiz:

11.85%­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­ ____________8 ekv


88.15%_________X ekv X= 59.5ekv Bu modda IV valentli U ga to’g’ri keladi. Demak, V modda – UO2 G -UO3 D – U3O8 ga to’g’ri keladi. Spetsifik sharoitda U va O2 orasidagi reaksiya yadro reaksiyasi tarzida boradi.

23892U +168O = 250100Fm + 410n

Javob: A – U B – O2 V –UO2 G – UO3 D – U3O8 X – Fm

23. Qaysi moddaning sintezi haqida gap bormoqda? M metalning 2gr katta qirilmalarini inert gaz atmosferasida ortiqcha miqdordagi 10 M li eritmasiga tushirildi. Bir qancha vaqtdan keyin aralashtirilganda reaksiya ketib, 295 ml H2 va 2,68gr metal kristall modda hosil bo’ldi. Bu moddani filtrlab spirt bilan yuviladi. Suv bilan yuvish, O2 yoki CO2 bilan ta’sirlashish moddani yo’qotishga olib keladi.

Yechish: Ekvivalentlar qoidasidan foydalanamiz:

2gr M metaldan ____________ 295 ml H2 hosil bo’lsa,
X ekv M metaldan _____________11200 ml H2 hosil bo’ladi. X = 76 ekv.
Agar bu modda ikki valentli bo’lsa, Eu ga to’g’ri keladi (76*2=152gr).
Hosil bo’lgan moddaning bir Mr ini topamiz:

2gr Eu ga_____________2.68gr to’g’ri kelsa,


152gr Eu ga ___________ X gr to’g’ri keladi. X= 204gr
Bu modda Eu(OH)2 * H2O ga to’g’ri keladi. NaOH esa, katalizator vazifasini bajaradi.

Javob: M – Eu Hosil bo’lgan modda – Eu(OH)2 *H2O

24. Ikki element 5ta binar stexiometrik birikma hosil qiladi. Bulardan birida og’irroq bo’gan elementning massa ulushi 50 % dan yuqoriroq. Qolgan to’rttasida 30 % dan kamroq. Ogir elementga boy bo’lgan 2 birikma suvda yomon eriydigan qattiq moddalardir. Qolgan moddalar suv bilan oksidlanish - qaytarilish reaksiyasiga kirishadi yoki qaytmas gidrolizga uchraydi. Elementlarni toping.

Yechish:

25. Oq modda X sovuq sharoitda oleumda erib, 1 gr X moddaga 181ml SO2 to’g’ri keladigan darajada ajratib chiqaradi va rangsiz eritma hosil bo’ladi. Y qizil moddasi ham sovuq sharoitda oleumda eridi. Ammo kamroq gaz ajratib chiqaradi va ko’k eritma hosil bo’ladi. Oq eritmani ham, ko’k eritmani ham qizdirilganda katta miqdorda SO2 hosil bo’ladi va sifatiy tarkibi bir xil bo’lgan rangsiz eritmalar hosil bo’ladi. Moddalarni toping va kuzatuvlarni tushuntirib bering.

Yechish: Ekvivalentlar qoidasidan foydalanamiz:

1gr X moddaga ____________181ml SO2 to’g’ri kelsa,
Mgr X moddaga____________5600ml SO2 to’g’ri keladi. M= 31gr. Bu modda P4 ya’ni oq fosfor.
Y qizil moddasi esa, qizil fosfor bo’lishi mumkin. Oleum bilan reaksiya quyidagicha ketadi:

P4 + 2H2S2O7 + 2HSO3F = (P42+)(SO3F)2 + SO2 + 3H2SO4


8P + 2H2S2O7 + 2HSO3F = (P82+)(SO3F)2+ SO2 + 3H2SO4
Haqiqatdan ham bir xil eritma hosil bo’ldi.
Javob: X – P4(oq) Y – P(qizil)

26. X metali oddiy sharoitda konsentrlangan H2SO4 bilan reaksiyaga kirishmaydi. Lekin qattiq sharoitda ularning reaksiyasi natijasida G gazi va ushbu metall sulfati hosil bo’ladi. Ushbu sulfatni eritmadan ajratib olib, suvda eritib, G gazini ohista to’ki o’tkazilganda, G gazi yutilib, yangi eritma hosil bo’ladi. Bu eritma sulfatdagi metalning miqdoricha metalni o’zida erita oladi. Metalni toping va reaksiya tenglamalarini yozing.


Yechish: Ushbu metall ta’rifi V ga to’g’ri keladi. Gaz esa, SO2. Quyidagim reaksiyalar ketadi:

V + 5H2SO4 = (VO)SO4 + 5SO2 + 5H2O
(VO)SO4 + SO2 = VS2O7
VS2O7 + V = VSO4 + VSO3
Javob: X – V G – SO2

27. 2 litr A gazi 300C da 0,5 litr B gazi bilan reaksiyaga kirishib, 0,25 litr V gazi va 4,34 gr G qattiq modda hosil qiladi. G modda qizdirilganda 2 litr A gazi va 0.5 litr D gazi hosil bo’ladi. Moddalarni toping.


Yechish: A gazi B gazi tarkibidagi ma’lum miqdor kislorodni o’ziga biriktirib olib, G moddani hosil qilmoqda. Shuning uchun G modda qizdirilganda A gazining hajmi o’zgarmagan holda ajralib chiqmoqda va 0.5 litr O2 hosil bo’lmoqda.

A + B = G + V G = A + O2
O2 ning mol miqdorini topamiz: nRT=PV n=101.325x0.5/8.314x303 n=0.020111
Agar G modda tarkibidan bitta kislorod ajratgan bo’lsa, uning massasi 108gr(4.34/0.020111). Bu modda N2O5 ga to’g’ri keladi. Demak, A gazi NO2 B gazi esa, ClO2 bo’lishi mumkin. Quyidagi reaksiyalar ketadi:

8NO2 + 2ClO2 = 4N2O5 + Cl2 2N2O5 = 4NO2 + O2

Javob: A – NO2 B – ClO2
V – Cl2 G – N2O5 D – O2

28. Tuzsimon A modda suvda eritilganda katta miqdorda issiqlik va B eritmasini hosil qiladi. B eritmasini bug’latish natijasida qatiq modda hosil bo’lmaydi. B eritmasi AgNO3 bilan ham, BaCl2 bilan ham cho’kma hosil qilmaydi. A moddasi inert erituvchida osongina benzol bilan reaksiyaga kirishib, tarkibida 58,54% uglerod bo’lgan V moddasini hosil qiladi. Moddalarni toping.


Yechish: B eritmasi AgNO3 bilan ham, BaCl2 bilan ham cho’kma hosil qilmagan bo’lsa, unda NO3- ioni bo’lishi mumkin. A moddasi va benzol reaksiyasini almashinish reaksiyasi deb olib, V modda formulasini topamiz:

72gr__________________58.54% bo’lsa,
Xgr___________________100% X=123gr. Bu modda nitrobenzol(C6H5NO2).

Demak, B modda HNO3 ekan. Agar A modda tarkibida metal bo’lganida, qattiq qoldiq qolar edi. Shuning uchun tuzsimon A modda NO2ClO4 bo’lishi mumkin.


Quyidagi reaksiyalar ketadi:

NO2ClO4 + H2O = HNO3 + HClO4


NO2ClO4 + C6H6 = C6H5NO2 + HClO4
Javob: A – NO2ClO4 B – HNO3
V – C6H5NO2

29. Tarkibida 0,300gr tuz bo’lgan eritmani titrlash uchun, 1,465 gr J2 kerak bo’ldi. Hosil bo’lgan eritmani teng miqdorda HNO3 bilan reaksiyasi natijasida 3,921gr cho’kma hosil bo’ldi. Filtrlanishdan keyin olingan eritmani to’liq neytrallash uchun 0,692 gr NaOH kerak bo’ldi. Tuzni toping.


Javob: KH2PO2


30. Qora Ch kukuni va J suyuqligining N1 aralashmasi yopiq idishda 3000C gacha qizdirilganda ikkita sariq kukunlarning N2 aralashmasiga aylandi. Qora Ch kukuni va J suyuqligining N3 aralashmasi ( bunda Ch ning massa ulushi N1 dagidan ko’ra ko’proq) yopiq idishda 4000C gacha qizdirilganda bir necha kun davomida 2 ta to’q sariq-qizil kukunlardan tashkil topgan N4 aralashmasi hosil bo’ldi. Agar ushbu qizdirishni 1 soat davom ettirsak, miqdoriy va sifatiy jihatdan teng bo’lgan to’q sariq-qizil va sariq kukunlardan iborat aralashma hosil bo’ladi. N1 aralashmasi va N3 aralashmasi qisman 70 % li HNO3 da erib, gaz ajralib chiqaradi. N2 aralashmasi 70 % li HNO3 da to’liq erib, gaz ajratib chiqarmaydi. N4 aralashmasi 70 % li HNO3 da qisman eriydi va gaz ajratib chiqarmaydi, cho’kmada qora rangli Ch kukuni qoladi. Qaysi moddalar haqida gap bormoqda? N3 aralashmasining vaqtga qarab qizdirish natijalarini solishtiring. Agar N1 aralashmasini yopiq idishda 4000C da bir necha kun davomida qizdirsak, nima hosil bo’ladi? N1, N2, N3 larning kimyoviy ajratish yo’llarini taklif qiling.

Yechish: Kukun holidagi qora modda PbO2 ga to’g’ri keladi. J suyuqlik esa Hg bo’lishi mumkin. N1 aralashmada moddalar 1:1 nisbatda bo’lsa, N2 aralashma quyidagicha bo’ladi:

PbO2 + Hg = PbO + HgO


Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling