Attraksionlarni identifikatsiya qilish va muomalaga chiqarish qoidalari


Download 275.93 Kb.
bet1/11
Sana23.12.2022
Hajmi275.93 Kb.
#1045857
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
677 28.11.2022




[OKOZ:

1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.09.00 Istirohat va madaniyat bog‘lari]

[TSZ:

1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Madaniyat]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Attraksionlar xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida
“Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq attraksionlar xavfsizligiga qo‘yiladigan talablarni belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Attraksionlar xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament va uni joriy etish sxemasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin:
attraksionlarni identifikatsiya qilish va muomalaga chiqarish qoidalari;
attraksionlarni loyihalashtirish, ishlab chiqarish, montaj qilish va sozlash hamda ulardan foydalanishda xavfsizlik talablari;
attraksionlar muvofiqligini baholash, tasdiqlash, deklaratsiya qilish, sertifikatlashtirish, ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek, ularning texnik holatini baholash va ularni tamg‘alash tartibi.
2. Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda Attraksionlar xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentning maqsadlari, mazmuni va uni qo‘llash tartibi to‘g‘risida aholi, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar hamda tadbirkorlik subyektlarining keng xabardor qilinishini ta’minlasin.
3. O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda 2024-yil 1-iyulga qadar respublikadagi xizmat muddati tugamagan mavjud attraksionlarni sertifitikatlashtirilishini ta’minlasin.
4. Attraksionlar xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab olti oy o‘tgandan keyin amalga kiritilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi:
respublikadagi mavjud attraksionlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasining markazlashtirilgan tartibda shakllantirilishi va yuritilishini;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining geologiya, kon-metallurgiya sohalari va sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi B.F. Islamov, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi raisi B.V. Gulyamov va O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktori D.N. Sattarov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 28-noyabr,
677-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-noyabrdagi 677-son qaroriga
1-ILOVA
Attraksionlar xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik
reglament
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Texnik reglament inson hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish, attraksionlardan foydalanish va ularning xavfsizligi xususida iste’molchilarni chalg‘ituvchi harakatlarning oldini olish maqsadida ishlab chiqilgan.
2. Mazkur Texnik reglament talablari O‘zbekiston Respublikasida va xorijda ishlab chiqarilgan, ilgari foydalanishga topshirilgan va birinchi marta muomalaga chiqariladigan, foydalanishda yo‘lovchilarga yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan biomexanik xavfning I, II, III darajalariga ega biomexanik ta’sir ko‘rsatuvchi vaqtincha o‘rnatiladigan (tashiladigan) va statsionar (poydevorda yoki poydevorsiz o‘rnatilgan) quyidagi attraksionlarga nisbatan qo‘llaniladi:
mexanizatsiyalashgan ilgarilab harakatlanuvchi (shu jumladan suvdan foydalaniladigan) attraksionlar;
mexanizatsiyalashgan aylanma harakatlanuvchi attraksionlar;
mexanizatsiyalashgan murakkab harakatlanuvchi attraksionlar;
avtodromlar va kartinglar;
havo bilan to‘ldirilgan attraksionlar;
mexanizatsiyalashgan suv attraksionlari;
mexanizatsiyalashmagan attraksionlar;
bolalar uchun mo‘ljallangan attraksionlar.
3. Ushbu Texnik reglamentda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
avariya — inson hayoti yoxud sog‘lig‘iga bevosita tahdid soluvchi yoki zarar yetkazuvchi attraksionlar yoki ularning muhim komponentlarini buzilishi;

Download 275.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling