Danak mevali daraxtlarning teshik dog’lanish kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari Kirish I. Asosiy qism


Download 42.57 Kb.
bet1/15
Sana16.06.2023
Hajmi42.57 Kb.
#1509081
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Danak mevali daraxtlarning teshik dog’lanish kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari


Danak mevali daraxtlarning teshik dog’lanish kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari
Kirish
I.Asosiy qism;
1.1. Danak mevali daraxtlarning haqida tushuncha
1.2. Danak dog’lanish kasalliklariga qarshi kursh choralari.
1.3 Danak mevali teshik kasalligi
II.Xulosa.
III.Ilovalar.
IV.Foydalanilgan adabiyotlar.

KIRISH
Kasalliklar urug’li meva ekinlarining maxsuldorligi va mevalarining sifatini keskin pasaytirib yuboradi, ular xosilli daraxtlarning, ba’zan butun massivning nobud bo’lishini keltirib chiqarishi mumkin. Mazkur ekinlarning eng xavfli va ko’p tarqalgan kasalliklariga parsha, qora rak, meva chirishi, sitosporoz, un shudring, barglarning dog’lanishi va boshqa bir qancha zamburug’lar qo’zg’atadigan kasalliklar kiritiladi. Ayrim joylarda bakterial, virusli, shuningdek yuqumsiz kasalliklarning (xloroz, rozetkasimonlik va b.) xam tarqalishi kuzatiladi. Olma va nokning parsha (kalmaraz) kasalligi
Kasallik xamma joyda tarqalgan, ammo namligi yuqori xu-dudlarda kuchli
zarar keltiradi. Barg, novda va mevalar kasallanadi. Barglarda yashil-zaytunrang baxmalsimon g’ubor bilan qoplanuvchi dumaloq qo’ng’ir dog’lar paydo bo’ladi Dog’larning o’lchami 2 dan 13 mm gacha o’zgaradi, bu bargning yoshi, navning chidamliligi va ob-xavo sharoitlariga bog’liqdir. Eng yirik dog’lar chidamsiz navlarning yosh barglarida va seryog’in ob-xavoda kuzatiladi. Olmada g’ubor odatda barglarning ustki tomonida, nokda esa ostki tomonida xosil bo’ladi. Zararlangan barglar vaqtidan ilgari quriydi va to’kiladi.
Mevalarda parsha to’q zaytunrang baxmalsimon g’ubor bilan qoplangan, ingichka xoshiya bilan keskin chegaralangan dog’lar ko’rinishida paydo bo’ladi. Mazkur joylarda yuqorigi xujayra qatlami po’kaklashadi, bu esa patogenning to’qimaga chuqurroq kirib borishiga barxam beradi. Biroq zararlangan joyning po’kaklashishi mevaning bir tekis o’sishiga to’sqinlik qiladi va zararlangan joylarda yoriqlar paydo bo’ladi. Xosil tez-tez tuman tushib turuvchi sernam obxavoda yig’ib olinganda mevalarda juda mayda jigarrangqora dog’lar ko’rinishidagi kechki parsha yuzaga keladi. Kasallik ayniqsa saqlashda to’liq yuzaga keladi.
Novdalarning zararlanishi po’stloqda kichik shishlarning paydo bo’lishi bilan ajralib turadi, keyinchalik ular yoriladi va po’stloq mayda to’kiluvchi yoriqlar bilan qoplanadi. Novdalar o’sishdan to’xtaydi va ko’pincha ularning nobud bo’lishi kuzatiladi.
Parsha ko’pincha gul, mevabandi va bargbandida xam rivojlanadi, bu barglar va tugunchalarning vaqtidan ilgari to’kilib ketishini keltirib chiqaradi. Ba’zan olmada parsha kurtak qobiqlarida xam uchraydi.
Kasallik qo’zg’atuvchisi – Dothideales tartibiga mansub xaltali zamburug’lar: olmada – VenturiainaequalisWint., nokda – Ventu-ria pirina Aderh. Morfologik jixatdan mazkur zamburug’lar bir-biridan deyarli farqlanmaydi, ammo biologik xususiyatlari jixatidan ular tor ixtisoslashgan, ya’ni oziqlanadigan o’simligiga moslashgan. Shu bois olma parshasi nokni, nokniki esa olmani zararlamaydi.
Parsha qo’zg’atuvchisining xaltali davri baxorda qishlab chiqqan zararlangan barglarda xosil bo’ladi. Barg mezofillasi-ning zararlangan joyi atrofida kuzdayoq ko’p sonli o’tkir tuk-chalar bilan qoplangan, og’izcha orqali yuzaga chiqib turuvchi psevdotetsiylar shakllanadi. Odatda xar bir parsha dog’i atro-fida bir nechta psevdotetsiy yuzaga keladi. Ularning xar biridan baxorda 120-200 ta to’qmoqsimon-silindrsimon xaltalar, xar bir xaltada esa 8 tadan ikki xujayrali sarg’ish-yashil xaltasporalar xosil bo’ladi.
V.inaequalis da psevdotetsiy diametri 90-120 mkm, xalta va xaltasporalarning o’lchami esa mos xolda 40-70x10-12 va 13-17x6-7 mkm; V. pirina da psevdotetsiy diametri 120-160 mkm, xalta va xaltasporalarning o’lchami esa mos xolda 50-70x10-12 va 14-20x5-8 mkm bo’ladi. Xaltasporalarning etilishi va sochilishi tanaffusli namlik va 7 dan 230S gacha bo’lgan xarorat diapazonida (qulay chegarasi 18-200S) yuzaga keladi. Shunday qilib, xaltasporalar baxorda o’simliklarni zararlovchi birlamchi infeksiya manbai xisoblanadi.
Issiq iqlimli xududlarda xaltasporalarning sochilishi baxor boshida, salqin joylarda esa baxor oxirida sodir bo’ladi. Xaltasporalarning xaltadan chiqishi obxavo sharoitlariga bog’liq ravishda 60 kungacha davom etishi mumkin. Kurtaklarning yozilishi, g’unchalarning rang olishi, gullash va gultojbarglarning yalpi to’kilishi davrida xaltasporalarning sochilishi o’sim-liklarning zararlanishi uchun eng xavfli xisoblanadi. Xaltasporalar xavo oqimi va suv tomchilari bilan tarqaladi.
Xaltasporalar mo’l namlik va 2 dan 300S gacha xaroratda o’sadi. Qulay xaroartda (18-200S) ularning o’sishi 4 soatdan so’ng, quyi va yuqori xaroratlarda (mos xolda 6 va 270S) esa 6 soatdan so’ng boshlanadi. Xaltaspora o’simta xosil qiladi, u o’simlik to’qimasiga kirib, mitseliyning rivojlanishini boshlab beradi.
Zamburug’ yosh barglarni zararlaydi, u 25 kunlikdan katta barglarga kirmaydi.
Kasallikning inkubatsiya davri 8-21 kungacha davom etadi. Xarorat 17-210S bo’lganda u 10 kunni (nokda 1-2 kun kamroq) tashkil etadi. Parshaning birinchi belgilari gultojbarglarning yalpi to’kilishi davrida kuzatiladi. Parsha o’simlikning o’sayotgan a’zolarida konidial davrida paydo bo’ladi. Barg epidermisi ostidagi mitseliyda yalpi chim xolida zaytunrang, to’siqsiz konidiyabandlar xosil bo’ladi.
Ularda yakka, teskari noksimon va tuxumsimon, yashil-sariq konidiyalar shakllanadi. Ular etilganda epidermis yoriladi va konidiyalar shamol oqimi va yomg’ir tomchilari bilan oson tarqaladi va sog’lom o’simliklarni zararlaydi. Vegetatsiya davrida parsha qo’zg’atuvchilari 4-6 dan 9-10 tagacha konidiya generatsiyasini berishi mumkin.
O’simliklar konidiyalar bilan zararlanganda xaltasporalar bilan zararlangandagi kabi inkubatsiya davrini o’taydi.
Olmaning parsha qo’zg’atuvchisi konidial davrida Fusicladium dendriticum Fuck., nokda esa – Fusicladium pirinum Fuck. deb ataladi. F. dendriticum da konidiyabandlarning o’lchami 15-40x4-6 mkm, konidiyalari esa – 13-30x6-12 mkm (38-rasm), F. pirinum da mos xolda 16,5-60x4,5-8 va 13-30x5-9 mkm. Mitseliyning qishlashi va baxorda yangi konidial spora xosil qilishi to’g’risida xam ma’lumotlar mavjud. Demak, parsha qo’zg’atuvchilari xaltali davrida to’kilgan barglarda va ba’zan (ko’pincha nokda) mitseliy ko’rinishida zararlangan novdalarda qishlaydi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, parsha etarlicha namlik sharoitida rivojlanadi, shu bois kasallik respublikamizda katta zarar keltirmaydi.

Download 42.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling