Fundamental va elementar zarrachalar


Download 53.62 Kb.
bet1/19
Sana20.11.2023
Hajmi53.62 Kb.
#1789262
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Modda tuzilishi tayyorgarlik 11 (2)


  1. Fundamental va elementar zarrachalar.

Atom tuzilishi haqida klassik talimoti. Atom yunoncha soz bolib, bolinmas manosini anglatadi. Lekin atomning murakkab sistema ekanligini M.G.Pavlov 1819-yildayoq aytib otgan edi. XIX asrning 80yillarida B.N. Chicherin atom xuddi Quyosh sistemasi kabi tuzilgan va uning markaziga musbat zaryadli yadro joylashgan deb, tariflagan edi. A.M.Butlerov 1886-yilda atomlar bizga malum kimyoviy jarayonlarda bolinmas bolib qolsada, keyinchalik kashf etiladigan jarayonlarda albatta bolinishi kerak. degan edi 1896-yilda A. Bekkerel radioaktivlikni kashf qildi. 1904-yilda Dj.Tomson atomning barcha qismini musbat zaryad band etadi va uni manfiy zaryadli zarra-chalar, elektronlar orab turadi, degan fikrni aytdi. Ingliz olimi Ernest Rezerford tadqiqotlari natijasida atom tuzilishi haqida planetar nazariya vujudga keldi. Atom-ga quyidagicha tarif berish mumkin: Modda juda mayda zarrachalardan tuzilganligi haqidagi fikr qadimgi yunon olimlari tomonidanoq aytilgan edi. Ular ana shu zarrachalarni atomlar deb atashdi. Qadimgi yunonlar atomlar muntazam koʻpyoqliklar shakliga ega, deb faraz qilganlar: Kub („Yer atomlari“), Tetraedr („Olov atomlari“), Oktaedr (Havo atomlari), Ikosaedr („suv atomlari“). Moddaning atomlardan tuzilganligi gʻoyasining eksperimental isboti olingunga qadar yigirma asrdan ortiq vaqt oʻtdi. Bu gʻoya fanda kimyo va kinetik nazariyaning yutuqlari tufayli XIX asrning ikkinchi yarmida qatʼiy qaror topdi. XX asr boshiga kelib, fiziklar atomlarning oʻlchamlari 10 −10 m va massasi 10 −27 kg atrofida boʻlishini bilar edilar. M.Lomonosov zarrachalarni ikki turga boldi: atomlarni «elementlar» deb, molekulalarni esa «korpuskulalar» deb atadi. Molekulalar hosil bolishida atomlar bir-biri bilan malum miqdoriy nisbatlarda birikadi.
2.Energiya va massa tushunchasining tarifi.
Materiya massaga ega va fazoda joy oluvchi obyektdir. Materiya (lot. materia — modda) — borliqning moddiy shaklini ifodalovchi umumiy tushuncha.
Materiyaning asosiy ko’rinishlari korpuskulalar, moddalar va maydondir.
Materiya massaga ega va fazoda joy oluvchi obyektdir. Materiya tushunchasining aniq taʼrifi yoʻq. Baʼzi taʼriflarga koʻra, materiya elementar fermionlardan iborat har qanday narsadir (biroq bunda bir qator muammolar tugʻiladi: elementar fermion boʻlmagan, biroq massaga ega bozonlar mavjud; fermiondan iborat neytrinolarning ayrim tiplari massasiz boʻlishi mumkin). Yorugʻlik (fotonlar) va baʼzi bozonlar materiya, deb qaralmaydi.Materiya (lot. materia — modda) — borliqning moddiy shaklini ifodalovchi umumiy tushuncha. Olamda "umuman odam" boʻlmaganidek "umuman Materiya" ham boʻlmaydi, balki materiyaning aniq, koʻrinishlari uchraydi. Shu tarzda fikr yuritgan faylasuflar barcha moddiy obʼyektlarga xos xususiyatlarni umumlashtirib ifodalash uchun Materiya tushunchasini qoʻllashgan. Materiya tushunchasini moddiy olamning substrati (asosi) sifatida Platon va Aristotel ishlab chiqqan, shu bilan birga materiya sof potensiya (yashirin imkoniyat) deb tushunilgan. Materiyani R. Dekart fazoviy koʻlam va boʻlinadigan moddiy substansiya deb taʼriflagan va u 17— 18-asr materializmning asosi boʻlgan. Materiya dialektik materiayaizmyaint asosiy tushunchasidir. Materialist faylasuflar Materiya tushunchasini bir yoklama boʻrttirib, borliq tushunchasi bilan aynanlashtirib talqin etishadi. Tabiat, jamiyat va inson ta-fakkurining asosida yotuvchi va ularni umumlashtiruvchi tushuncha substansiya (mohiyat) deb ataladi. Olamning asosida bitta substansiya yotadi deb hisoblovchi oqim monizm, ikkita substansiya yotadi deb hisoblovchi oqim dualizm, koʻp substansiyalar yotadi deb hisoblovchi oqim plyuralizm deb atalgan.Olamning asosida yotuvchi mohiyatni axtarish tarixi uzok, oʻtmishga borib taqaladi. Qad. Hindiston va Xitoyda, Misr va Bobilda, qad.


Download 53.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling