Ibragimov r. Z. Markaziy osiyo arxeologiyasi


Download 0.62 Mb.
bet9/13
Sana06.10.2020
Hajmi0.62 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13

Xorazm. I ming yillikning boshlariga oid yodgorliklari Amirobod madaniyati misolida o'rganadi. Bu davrda alohida kanal bo'ylarida dehqonchilik rivojlanadi. Yodgorliklarda erto'la, yarim erto'la, er usti engil qurilishlari tadqiq qilingan. Mil.avv. VI-V asrlarda vohada atrofi mudofaa devorlari bilan o'ralgan manzilgohlar tarqala boshlaydi. Ulardan Qalaliqir va Kozaliqirlardan qazish ishlari olib borilgan. Manzilgohlar mudofaa devorlari bilan o'ralib, burjlar bilan kuchaytirilgan. Kozaliqirdan yirik imorat hamda uchta minora simon inshoot aniqlangan. Ko'rinishidan bu diniy xarakterga ega bo'lgan. Qalamgirda katta hajmdagi saroy o'rni aniqlangan. Tadqiqotchilarning fikriga ko'ra bu inshoot ahamoniylarning Xorazmdagi vakiliga tegishli bo'lgan.

Xorazmliklarning asosiy xojaligi dehqonchilik bo'lgan. Dehqonchilik Amudaryo va Aqchadaryo chiqarilgan anhor suvlari bilan sugorilgan. Arpa bugdoy, tariq ekilgan. Sopol buyumlari O'rta Osiyoning janubiy hududlariga oxshash, so'nggi davrga oid sopol buyumlari tayyorlanishi va shakliga ko'ra farq qiladi.



Qadimgi ko'chmanchilar. Chorvachilik bilan shugullangan ko'chmanchi qabilalar Avestoda turlar, yunon tarixchilarining asarlarida skiflar va massagetlar ahamoniylar davri yozuvlarida esa ular saklar nomi bilan keltirilgan.

O'rta Osiyoning dasht va togli hududlarida yashagan saklarning yodgorliklari quyi Zarafshon, Amudaryo, Orol bo'yi, Pomir va Tyan-shan toglarida topilgan. Ular asosan mozor qorgonlardan iborat. Topilmalar bronza va temirdan ishlangan harbiy qurollar zeb-ziynat buyumlari, mehnat qurollari va sopol idishlar uchraydi.

Saklarning mozor-qorgonlaridan ot anjomlari uchraydi. Gerodotning ma'lumot-lariga ko'ra saklarning xojaligida yilqichilik asosiy o'rin tutgan.

Qadimgi Yunon va Rim tarixchilarining asarlarida saklarni uch guruhi keltirilgan. Ularning ko'pchiligini saka-tigraxauda, ya'ni o'tkir uchli kigiz qalpoq kiyib yuruvchi saklar. Ular Toshkent viloyati va Janubiy Qozogiston erlarida yashaganlar. Saka-tiay-tara-daraya, ya'ni daryo orti saklari. Ular Sirdaryoning quyi oqimi va Orol bo'yida yashaganlar. Uchunchi guruh saklar Pomir toglari va Fargona vodiysida yashab, saka-houmovarka deb atalganlar.



Tagisken mozor qorgoni. Bu mozor to'rtburchak va xalqasimon qorgon shaklda. Ular ilk va so'nggi davrga oid ikki guruh qabrlardan iborat. Bugungi guruh qabrlar (mil.avv. IX-VIII asrlar) xom gishtdan qurilgan bo'lib, ko'rinishidan qabila qabila oqsoqoliga tegishli bo'lgan. Marhum oltin va bronzadan ishlangan zeb-ziynat buyumlari, bronza paykonlari, qolda va kulolchilik charxida qilingan sopol buyumlari bilan birga qoshilgan. So'nggi davrda qilingan sopol buyumlari bilan birga qoshilgan. So'nggi davrga (mil.avv. VII-V asrlar) oid ikkinchi guruh qabrlarda ham ko'pgina topilmalar uchraydi. Ularning ichida sarmatlarnikiga oxshash qurollar, ot anjomlari, yirtqich hayvon shaklidagi topilmalar mavjud. Sarmatlar bilan yaqin aloqada bo'lganligidan dalolat beradi. Tagisken mozor-qorgoni saklarga tegishli bo'lgan.

Sirdaryoning quyi oqimida qadimgi irmogi Inkar daryo bo'yida Uygarak qabristoni topilgan yodgorlik xalqa shaklida. Kichik mozor-qorgonlardagi oddiy qabrlarda bronzadan yasalgan oq uchlari, sopoldan yasalgan idishlar uchraydi. Katta mozor-qorgonlardagi sak urug va qabila boshliqlarining qabrlarida qurol-yarog anjomlari zeb-ziynat buyumlar topilgan.

Tomdi va Alichur mozor-qorgonlari, (VI-IV asrlar) Sharqiy Pomirdagi Alichur, Tomdi mozor qorgonlaridan temirdan yasalgan harbiy qurollar: qilichlar, harbiy boltalar, xanjarlar, bronzadan yasalgan oqlar topilgan. Oqlar bargsimon, ikki yoki uch qirrali. Bu davrda oqlar bronzadan tashqari temirdan ham yasalgan. Bronzadan zeb-ziynat buyumlari hamda dumaloq tagli sopol buyumlari ham mavjud. Saklarning ot anjomlari va jangovar qurollari skiflarnikiga oxshash bronzadan yasalgan san'at buyumlarida ham katta oxshashlik bor. Ular bir-birlari bilan doimiy madaniy aloqada bo'lganlar.

Ko'chmanchilarning uylari erto'la va chaylasimon shaklda bo'lgan. Ular chorva izidan doimo ko'chib yurganliklari tufayli doimiy otroq hayot ular uchun muhim rol o'ynamagan. Ko'chmanchi sak qabilalarining mozor qorgonlaridagi moddiy topilmalarga ko'ra ularga mulkiy tengsizlik mavjud bo'lgan. Lekin ularda chorva qachon sinfiy jamiyat paydo bo'lganligi noaniq. Olimlarning fikriga ko'ra, mil.avv. VII-VI asrlarda ko'chmanchilar orasida harbiy-siyosiy qabila uyushmalari mavjud bo'lgan.



O'rta Osiyoda qadimgi davlatchilik masalalari. Shunday qilib mil.avv. I ming yilliklarning birinchi yarmi O'rta Osiyo tarixi o'ziga xos jarayonlar bilan belgilanadi. Janubdagi mintaqalar bilan xojaligi va madaniyatiga ko'ra bir-biridan keskin farq qilar edi. Janubda (Janubiy Turkmaniston va Janubiy O'zbekiston) ilk temir davrida mil.avv. II ming yillikning O'rtalarida shimoldan siljigan ko'chmanchi-chorvador qabilalarining ta'sirida madaniyat taraqqiyoti kuzatilib, keyinchalik shahar madaniyati qaror topgan bo'lsa, shimoliy mintaqalarda bu jarayon ancha kech sodir bo'ladi. Bu mintaqalarda dehqonchilik ilgari otroqlikka o'ta boshlagan aholi hududiga ko'chmanchi chorvador qabilalarning ikkinchi bor kelib joylashishi natijasida sodir bo'ladi.

Umuman, O'rta Osiyoning janubiy hududlarida mil.avv. I ming yillikning birinchi yarmida dehqonchilik yanada taraqqiy etib, yirik shahar markazlari qaror topadi. Bunday yirik shaharlar qalin va mustahkam mudofaa devorlari bilan (Erqorgon, Uzunqir, Qiziltepa, Ko'zaliqir va boshqa shaharlar) o'ralgan. O'rta Osiyo shaharlarida qurilish, me'morchilik, ixtisoslashgan hunarmandchilik va savdo ancha rivojlangan. Malakali binokorlar tomonidan aholi yashaydigan uy-joylar, saroylar va diniy imoratlar aniq reja asosida, mahalliy sharoitga moslab barpo etilgan.

Shaharlarda ixtisoslashgan hunarmandchilikning ko'pgina sohalari: kulolchilik, toqimachilik, zargarlik, metalga ishlov berish va boshqalar ancha rivojlangan. Shahar xarobalarida hunarmandchilik ustaxonalari o'rnining topilishi fikrimizni isbotlaydi. Hunarmandchilik buyumlari tovar xarakterida bo'lib, qo'shni vohalar bilan savdo aloqalarini olib borganlar.

Yozma manbalarda keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra O'rta Osiyo mahsulotlari Eron, Messopatamiya va qadimgi Sharqning boshqa o'lkalariga olib borilgan. Masalan, Badahshon Lojuvardi Misrgacha olib borilgan.

O'rta Osiyo hududida eng qadimgi davlatlarning paydo bo'lishi muhim masaladir. Bu masalaga aniqlik kiritishda yozma va arxeologik manbalar muhim rol o'ynaydi. Ayniqsa, Avesto va antik davri avtorlari qoldirgan ma'lumotlardir.

Ktesiyning «Persika» asarida qadimgi Baqtriya davlati haqida bir qancha uzuq-yuluq (istehkom va qalalar, ularning ko'p sonli aholisi hamda Ossuriya podshosi Ninning Baqtriya tuprogiga qilgan yurishlari togrisida) ma'lumotlar keltiriladi.

Olib borilgan arxeologik qazish ishlarining natijalari Ktesiyning ma'lumotlarida toliq tasdiqlangan. Uning ta'kidlashicha Baqtriyaning markazi Baqtro shahri bo'lgan. U mustahkam mudofaa devorlari bilan o'ralgan yirik shahar bo'lgan.

Lekin, O'rta Osiyoda ilk davlatlarning shakllanish jarayoni ancha ilgari sodir bo'lgan. Bu jarayon O'rta Osiyoning janubiy viloyatlarida bronza davridayoq namoyon bo'la boshlaydi. Mil.avv. 1 ming yillikning boshlarida bu jarayon toliq shakllanadi. Bunday davlatlar ma'lum daryo vohasi doirasida bo'lib, ularning ma'muriy markazlari (Еlkantepa, Еztepa, Qiziltepa, Bandixontepa, Uzunqir) vujudga keladi.

Ko'rinishidan ushbu davlatlar asosida qadimgi Baqtriya va Katta Xorazm kabi yirik davlatlar qaror topgan.

II.Bob. Antik davri
Antik davri xususiyatlari. O'rta Osiyoning Aleksandr Makedonskiy boshchiligidagi yunonlar bosqiniga qadar bo'lgan siyosiy tarixi bevosita ahamoniylar bilan (hozirgi Toshkent va Fargona hududlari bundan holi) bogliq bo'lib, imperiyaning bir necha satrapligini tashkil etgan. Mil. 327 yili O'rta Osiyoning Sirdaryoni o'rta oqimigacha bo'lgan hududlar yunonlar tomonidan bosib olinib, dastlab Aleksandr Makedonskiy davlati tasarrufiga, uning vafotidan so'ng esa (mil.avv. IV asrlar oxirida) selavkiylar davlati tarkibiga kiradi. Mil.avv.. III asr boshlarida Yaksart Sirdaryo) orti, ya'ni Toshkent vohasi ham selavkiylar davlati tarkibiga kiradi.

Mil.avv. III asr o'rtalarida (mil.avv. 250 yil) Janubiy Turkmanistonda Yunon-Parfiya (arshakiylar), O'zbekiston janubida Yunon-Baqtriya davlatlari qaror topadi. Baqtriyaning bu davr ma'muriy manzarasi siyosiy vaziyat taqozosi bilan o'zgarib borgan. Dastlab, Margiyona arshakiylar tomonidan bosib olingan bo'lsa, keyinroq Sogdiyona mustaqil davlat sifatida ajralib chiqadi. O'zaro urushlar tufayli siyosiy tanazulga uchrayotgan Yunon-Baqtriya erlari mil.avv. II asr ikkinchi yarmida (mil.avv. 140/130 yillar) shimol-sharqdan kelgan yuechji qabilalari tomonidan bosib olinib, ular ittifoqi tarkibida dastlab vujudga kelgan Kushon podsholigi va imperiyalari (mil.avv. II-milodiy IV asrlar) tarkibida bo'lgan. Mil.avv. III asrda kushonlar davlati boshqaruvini sosoniy hukmdorlari qoliga o'tadi. Mil.avv. IV asrda ko'chmanchi toxarlar, kushonlar davlatiga barham beradi.

Shimoliy o'lkalari, xususan Xorazm, Fargona vodiysi va ko'chmanchi sak-massaget qabilalari erlari yunonlar ta'siridan chetda qolib, ularning tarixi o'zgacha siyosiy jarayonlar bilan belgilanadi. Toshkent vohasi hamda Sirdaryoning quyi oqimigacha bo'lgan erlar mil.avv. III asrda tashkil topgan Qanguy davlati tarkibiga kirgan bo'lsa, Fargona vodiysi erlarida esa alohida ma'muriy hududni tashkil etib, mil.avv. II asrga oid xitoy manbalarida keltirilgan Davan (Dayuan) davlatlari rivojlangan.

Mazkur siyosiy jarayonlar O'rta Osiyo tarixiy o'lkalari madaniy hayotiga sezilarli ta'sir qilib, u yoki bu xalqlar madaniyatining ta'sirida ko'rinadi. Xususan, O'rta Osiyoning janubiy o'lkalarida ellin madaniyati an'analari: shaharsozlik, qurilish, me'morchilik kulolchilik va haykaltaroshlik sohalariga sezilarli ta'sir qilib, keyinchalik shimoliy o'lkalarda ham ta'siri namoyon bo'la boshlaydi.

Ellin shaharsozligi uchun kvadrat yoki togri to'rtburchak shaklidagi aniq reja asosida kvadrat xom gishtlardan barpo etilgan mudofaa devorlari bilan o'rab olingan shaharlar qurish xos bolgan. Mudofaa devorlari odatda togri to'rtburchak minoralar va ularda joylashgan shinaklar bilan kuchaytirilgan. Devorlar ikki qator bo'lib, ichki tomondan karidor qurilgan. Ichki galareya (uzun xona)da kamonchilar uchun mo'ljallangan shinaklar joylashgan. Kamonchi askarlar uchun mo'ljallangan shinaklar ikki qavatda joylashgan. Bu manzara Afrosiyobning ellinlar davriga oid mudofaa devorida toliq namoyon bo'ladi. Bu davrga oid boshqa shaharlar qurilishida ham ellin me'morchilik usullari keng tarqaladi. Shuningdek, O'rta Osiyoning janubiy o'lkalarining ellinlar davriga oid me'morchiligida imoratlarni palmetta (daraxt bargi oxshash me'morchilik bezagi) va antifiks (shaklan palmettaga oxshash) va kungaralar bilan bezatish an'anasi mavjud bo'lgan.

Sak-yuechji qabilalarining janubiy o'lkalarga ommaviy kirib kelishi ham qisman ko'chmanchilanga xos madaniy ta'sirni o'tkazishi tabiiy hol, edi. Kushonlar davrida mamlakat hududining Hindistonga kengayishi, buddizmning davlat dini sifatida qabul qilinishi hind (Gandhar) madaniyatining O'rta Osiyo janubiga (Baqtriyada koproq seziladi) tarqalish jarayoni kuzatiladi. O'rta Osiyoning shimoliy o'lkalari madaniyatida ellinlar alomatlar qisman me'morchilik va kulolchilik sohalarida kuzatiladi.

Antik davrida ixtisoslashgan hunarmandchilik sohalari taraqqiyotida sezilarli o'zgarishlar sodir bo'ladi. Metallarga ishlov berish hunarmandchiligining barcha sohalari, zargarlik, amaliy san'at, toqimachilik ancha rivojlangan.

Shimoliy Parfiya. Bu hudud O'rta Osiyoning boshqa hududlari kabi Aleksandr Makedonskiy vafotidan bir necha yillar o'tib, vujudga kelgan selevkiylar davlati tarkibida bo'lgan. Mil.avv. 250 yil mahalliy yunon zodogoni Androgor selevkiylar davlatidan mustaqil bo'lib olgandan so'ng mamlakat mil.avv. 247 yili shimoldan kelgan ko'chmanchi dah (dai) yoki dai tomonidan bosib olinib, arshakiylar sulolasi tarkib topadi. Arxeolog olima L.M.Levina Arshak boshchiligidagi dah (dai) qabilalari migraciyasini Sirdaryo deltalaridan birida rivojlangan Chirikrabod madaniyat qurgoqchilik tufayli inqirozi uchrashi natijasi bilan boglaydi. Mil.avv. II asrlarda Parfiya davlatining qudrati yanada kuchayib, mamlakat chegaralari Suriyaga qadar erlarga kengayib yirik imperiyalardan biriga aylanadi. Bu davrda Margiyona ham bosib olinib, Parfiya tarkibiga kiritiladi. III asrning birinchi choragida Eronda tobora kuchayib borayotgan sosoniylar Parfiya davlatiga barham berib, Shimoliy Parfiya va Murgob vohalari bosib olinadi.

Shimoliy Parfiya hududining antik davri yodgorliklarini o'rganish 1930 yildan boshlangan. Vohaning antik davri moddiy madaniyat meroslarini o'rganishning yangi bosqichi 1946 yili Janubiy Turkmaniston arxeologik kompleksi tashkil etilgandan so'ng boshlanadi. O'tgan asrning ikkinchi yarmi davomida M.Е.Masson, A.A.Marushenko, G.A.Kosholenko, D.Durdiyev, V.N.Pilipko va boshqa arxeolog olimlar tomonidan amalga oshirilgan turli darajadagi tadqiqotlar davomida barcha turdagi arxeologik yodgorliklar o'rganilgan.

Eng yirik yodgorliklar sirasiga Yangi Niso, Eski Niso, Kohna Qaahka, Yariqdepa, Husravqala kabi qadimgi shahar xarobalari qala-qorgon, dehqonchilik qishloqlari yoki alohida maqsadlar uchun xizmat qilgan manzilgohlar (Eski Niso, Mansurtepa) aniqlanib, ularda turli darajadagi qazishma ishlari amalga oshirilgan.

Hozirgi Ashgabod shahridan 18 km. garbda joylashgan Yangi Niso kohna shahri xarobasi nisbatan yaxshi o'rganilgan bolib, o'z davrida sun'iy do'nglikda joylashgan ark (4 ga. atrofida) va unga tutash shahar (18 ga.) va shahar atrofdan tashkil topgan qadimgi shaharning uchala qismlari alohida mudofaa devorlari bilan muhofaza qilingan.

Muhim maqsadlarda foydalanilgan manzilgohlar sirasiga kiruvchi Eski Niso ehtimol Mitridat I (mil.avv. 171-138 yy.) hukmronligi davrida barpo qilingan Parfiya hukmdorining qo'riqxona qalasi-Mihrdatkirt (Mitridatokert) yodgorligi markazida saroy-ibodatxona majmuasi va ular uchun xizmat qilgan xojalik hamda yashash xonalari joylashgan. “Kvadrat zal”, “Aylana ibodatxona” va “Minorasimon ibodatxona”lar muhim o'rin tutadi.

Ulardan birinchisi tomonlari (20x20 m. ichki tomondan 8-9 m.) ikki yarusli qilib qurilgan. Birinchi yarus xom gishtdan ko'tarilgan, ikkinchisi esa yogoch ustunlarga tayangan. Ular o'rtasidagi maxsus tuynuklarda haykallar joylashgan. Bu zal bir necha asrlik faoliyati davomida ichki tomondan ko'p bor qayta pardozlangan. Birinchi yarus ustunqoshlar, ikkinchi yarus rang-tasvir bezaklari bilan bezatilgan. G.A.Pugachenkovaning taxminlariga ko'ra bu imorat dastlab dunyoviy maqsadlarda foydalangan bo'lsa, o'z faoliyatining ikkinchi bosqichida ajdodlar ruhiga siginuvchi ibodatxona sifatida foydalaniladi. Ikkinchi imorat aylana ibodatxona (diametri-17 m., balandligi-12 m) ham ikki yarusdan iborat. Uning birinchi yarusi devori ganch bilan oq suvoq qilingan bo'lsa, ikkinchi yarusi maxsus tuynuklarda joylashgan haykallar o'rin olgan. Boshqa bir ibodatxona esa Yangi Niso kohna shahri mudofaa devori yonida joylashgan bo'lib, u ham ikki yarusdan iborat bo'lgan. Yogoch ustunlar odatda togri burchakli yoki aylana shakldan iborat marmarsimon toshlardan yasalgan tagliklarga tayangan tepasi akant shakl bezaklar bilan jihozlangan.

Ayrim oldindan rejalashtirish asosida aniq o'lchamda barpo qilingan shahar turidagi manzilgohlar odatda qalin mudofaa devorlari bilan muhofaza qilinib, togri to'rtburchak burjlar bilan ta'minlangan. Shuningdek, aylana yoki kvadrat o'lchamga asoslangan manzilgohlar qala vazifasini bajarib, ularning atrofi odatda zichlangan tuproq devorlar (val) muhofaza qilingan. Bu davrda asosiy qurilish ashyosini tuproq tashkil etib, odatda xom gisht va paxsa sifatida foydalanilgan. Xom gishtlar togri to'rtburchak va kvadrat o'lchamlardan iborat. Ayrim ko'tarma devorlar pishgan gishtdan barpo qilingan. Imorat tomlari asosan yogoch bolar asosida tekis, ayrim hollarda esa gumbaz qilib, aylana moratlar chodirsimon shaklda yopilgan.

Shimoliy Parfiyaning asosiy xojaligi sugorma dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik shakllaridan iborat bo'lgan. Hunarmandchlikda birinchi navbatda dehqonchilik ish qurollari yasash asosiy o'rin egallagan. Bu davrdagi harbiy qarama-Qarshilik qurol-yaroglar ishlab chiqarishga bo'lgan talabni kuchaytirishi tabiiy, edi. Qazishmalarda bronza va temirdan ishlangan kamon oqlari so'nggi Parfiya davrlari madaniy qatlamlarida saqlanib qoladi. Ogir qurollangan parfiyalik otliq harbiylar qo'shinlarning asosiy quroli yirik nayza hisoblangan. Ilk Parfiya davrida kalta qilich-aqinakdan foydalanilgan bo'lsa, keyingi bosqichda yirik uzun qilichlar ko'payadi. Eski Nisodan jangavor bolta, yirik sekira, turli shakllardagi sovutlar topilgan.

Shimoliy Parfiyaning nisbatan yaxshi o'rganilgan hunarmandchilik turlaridan biri-kulolchilik sopol parchalari, xumdonlar ko'plab yodgorliklarda o'rganilgan. O'rganilgan xumdonlar aylana shakldagi ikki yarusdan iborat. Angob berish va pardozlash keng qollanilgan antik davri sopollari yuqori sifati bilan ajralib turgan. Bu davrda kosalar, piyolalar, ko'zalar va bokalsimon idishlardan foydalanilgan. Antik davrining oxirlarida angob berish va pardozlash susayadi. Angoblar qizil, qizil-jigar va jigar ranglaridan iborat. Bu davrda ayniqsa, tagli bokalsimon idishlar urf bo'lgan.

Shimoliy Parfiya san'at yodgorligi namunalari nisbatan Eski Niso qazishmalari davomida o'rganilgan moddiy topilmalar orqali yaxshi ma'lum. Ular marmar toshlardan yasalgan ellin haykallari, fil suyagidan yasalgan ritonlar va mo'jaz haykalchalardan “Niso mabudasi”, “Rodoguna”, Afrodita haykali boshi, Artemida-ning marmardan ishlangan haykali oyoq qismi muhim ahamiyat kasb etadi. Niso ma'budasi xiton kiygan. Bu haykal ellin haykaltaroshligining arxaik yo'nalishiga tegishli, ishlanish usuliga ko'ra u so'nggi klassik davri attika san'ati maktabi an'analari bogliq ekanligining guvohi bo'lish mumkin. Rodogunaning tepa qismi oq, pastki qismi qizil marmardan ishlangan. Bu san'at asari ellin davri haykaltaroshlik maktabi mahsuloti sanalib, ishlanish usuliga ko'ra Aleksandriya maktabiga tegishli bo'lib, mil.avv. III-II asrlar bilan sanalgan. Afinaning kumushdan ishlangan kichik haykalchasi Eronning kumushdan yuqori darajada ishlangan erkak bosh qismidan iborat predmet va Yunonistonda ishlanib, import qilingan san'at namunalaridan sanaladi. Mahalliy Parfiya san'atiga taalluqli namunalar Eski Niso saroyi va ibodatxonasidan topilgan erkak va ayol tasviridagi haykallardan iborat bo'lib, ular arshakiylar sulolasi xudolari yoki iloanchashtirilgan sulola vakillarining tasvirlari sifatida taxmin qilinadi. San'atning boshqa bir turi kumushdan turli hayvonlar ayrim afsonaviy hayvonlar tasviri ko'chmanchilar madaniyatidan dalolat beradi. Boshqa bir namunasi fil suyagidan ishlangan ritonlar karnizi 12 olimp xudolari tasviri tushirilgan. Shuningdek, muhrlarda yunon xudolarining tasvirlari berilgan, fil suyagidan mebellar yasashda foydalanilgan.



Margiyona. Margiyona O'rta Osiyoning antik davri yirik tarixiy madaniy o'lkalaridan biri bo'lib, Margiyona Turkmaniston Respublikasining Murgob vohasi hududida joylashgan.

Ma'lumki, mil.avv. 521 yil Frada boshchiligidagi qo'zgalon Doro I buyrugi bilan Baqtriya podshosi Dadarshish tomonidan bostirilgandan so'ng Margiyona o'lkasi Baqtriya satrapligi tarkibiga kiritilib, mil.avv. II asr o'rtalarida o'lka Parfiya davlati tomonidan bosib olingunga qadar Yunon-Baqtriyasi podsholigi tarkibida bo'lgan. Keyinchalik esa II asrning birinchi choragida Parfiya davlati vorisi sifatida vujudga kelgan sosoniylar davlatining tarkibida rivojlanadi.

O'lkaning Aleksandr Makedonskiy bosqinidan keyingi tarixiga oid qisqacha ma'lumotlar yunon-rum mualliflarinig asarlari va keyichalik xitoy manbalarida uchraydi. Pliney Iskandar Margiyona Aleksandiyasiga asos solganligini va keyinchalik shahar vayron qilinib, selevkiylar hukumdori Antiox qayta tiklab, o'z nomi bilan yuritganligi togrisida ma'lumotlar qoldirgan bo'lsa, boshqa bir yunon muallifi Strobon ma'lumotlarida Antiox shahar barpo etish bilan birgalikda voha atrofini mudofaa devori bilan o'rab olganligigi togrisida xabar beradi.

Kvint Kurciy Rufning yozib qoldirgan ma'lumotlarda “Aleksandr Oh va Oks daryosiga yaqinlashib, Margiyona shahrini zabt etadi va uni o'zining nomi bilan nomlaydi” (Qarshiliksiz olinganligi tufayli bu shahar vayron bo'lmagan). Keyinchilik vayron etilgan bu shahar, salavkiylar hukmdori Antiox tomonidan qayta tiklanganligi togrisida ham ma'lumotlar mavjud. Kvint Kursiy Ruf ma'lumotlarida esa antik davrida oltita muhofazalangan manzilgohlar qurilganligi keltiriladi.

Margiyonaning antik davri moddiy madaniyati XIX asrning oxiri va XX asrning boshlaridagi arxeologiyaga havasmand olimlarning diqqatini o'ziga jalb qilib kelgan. O'lka arxeologiyasini ilmiy jihatdan o'rganish ishlari ikkinchi jahon urushidan keyin Janubiy Turkmaniston arxeologik kompleks ekspeditsiyasi (JTAKE) tashkil etilgandan so'ng boshlanadi. O'rta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi O'zMU) “O'rta Osiyo arxeologiya” kafedrasi ilmiy jamoasi 30 yildan ortiq davr mobaynida vohaning antik davri markazi bo'lgan Gaurqala va Erkqala yodgorliklarida keng ko'lamdagi arxeologik qazishmalarni olib boradilar. Mazkur tadqiqot ishlarida kafedra arxeolog olimlaridan M.Е.Masson Z.I.Usmanova, M.I.Filanovich va boshqalarning xizmatlari katta. Mahalliy arxeologlardan D.Durdiyev va antikshunos arxeolog olim G.A.Kosholenkolar ham vohadagi boshqa bir arxeologik yodgorliklarni o'rganishga o'z hissalarini qo'shishgan.

O'lkada saqlanib qolgan antik yodgorliklar arxeologik belgilariga ko'ra qadimgi shaharlar va qadimgi dehqon jamoalarining qishloqlarini tashkil etadi. Vohaning antik dariga oid manzilgohlaridan Gaurqala, Erkqala, Kohna Kishman, Jintepa, Takirjatepa, Durnali va Devqala kabi yodgorliklar arxeologik jihatdan yaxshi o'rganilgan.

Ular orasida hozirgi Bayramali shahrining shimoli qismida joylashgan Erkqala va harbiy qismida unga tutash joylashgan Gaurqala yodgorliklari muhim o'rin egallaydi. Ushbu manzilgohlar o'z davrida bitta shahar majmuasinining tarkibiy qismlarini (birinchisi-ark, ikkinchisi-shahriston) tashkil etib, mil.avv. I ming yillikning o'rtalarida shakllangan. Ularning umumiy maydoni taxminan 90 ga.dan iborat. Arxeologik qazishmalar natijalariga ko'ra antik mualliflari ma'lumotlarida qayd etilgan ikki buyuk sarkardalari tomonidan vayron qilinib, qayta barpo etilgan shahar aynan mana shu yodgorliklar bo'lganligini tasdiqlaydi. Shaharning tashqi muhofaza devori mil.avv. III asrning boshlarida ellin o'lchamidagi gishtlardan qayta qurilish ishlari amalga oshirilganligi arxeologik jihatdan tasdiqlangan.

Togri to'rt burchak shakldan iborat manzilgohni ikkita o'zaro kesishgan markaziy ko'chalar shaharning to'rt tomonidagi darvozalarga tutashgan.

Shaharni o'rab olgan mudofaa devori mil avv. I ming yillikning o'rtalarida paxsadan barpo qilingan. Devorda keyingi bosqichlarda bir necha marotaba (mil.avv. III asrning birinchi yarmi, mil.avv. II-I asrlar, milodiy II va IV asrlarda) qayta qurish va ta'mirlash ishlari bajariladi. Ilk marotaba unda antik davri o'lchamidagi kvadrat (38x38x10, 42x42x12) gishtlardan foydalanilgan. Bu bosqichda togri to'rtburchak burjlar bilan kuchaytirilgan qalin muhofaza devorlari bilan o'rab olingan. Devorlari antik davri standartidagi xom-gishtlardan barpo qilingan. Gaurqalada shaharlikliklar mahallalaridan tashqari, tegirmonchilar mahallasi, kulolchilik xumdoni, temirchilik ustaxonalarining o'rni aniqlangan. Yodgorlikda buddaviylik ibodatxonasining o'rni ochib o'rganilgan. Uning hovlisida stupa joylashgan. Shaharda hayot ilk o'rta asrlar davriga qadar davom etadi.

Boshqa bir yirik shahar markazlaridan Ko'hna Kishmana ham yaxshi o'rganilgan. U ahamiyatiga ko'ra vohada Marvdan keyingi (may.112 ga.) shahar markazi hisoblanadi. Margiyonaning antik davri imoratlari togri to'rtburchak (50x30x10) kvadrat (40x42x10) gishtlar va paxsadan barpo qilingan.

Qadimgi Margiyonaliklarning asosiy mashguloti sugorma dehqonchilik bo'lgan. Qadimgi Xitoy yozma manbalarida bugdoy, guruch, uzum, yunon va sopol buyumlari tez aylantiradigan charxda ishlangan. Yodgorliklardan temirdan ishlangan ro'zgor anjomlari, Mehnat qurollari va qurol yaroglar yasalgan. Shuningdek, zeb-ziynat buyumlari, ayol va ma'buda tasvirlari berilgan terrakotik haykalchalar qadimgi Margiyonaliklarning boy moddiy madaniyatidan dalolat beradi


Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling