Korxonaning kuchli va zaif tomonlari aniqlash yo’llari


Download 133.1 Kb.
bet1/22
Sana09.02.2023
Hajmi133.1 Kb.
#1180927
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Strategik boshqaruv yakuniy nazorat javoblar


  1. Korxonaning kuchli va zaif tomonlari aniqlash yo’llari

Kuch - bu shunday xususiyatki, kompaniyaga qo’shimcha imkoniyatlar beradi. Bu kuch maxoratda, sezilarli tajribada, qimmatli tashkiliy resurslarda yoki aniq imkoniyatlarda, Korxonaga bozorda ustunlik yaratib beruvchi yutuqlarda bo’lishi
mumkin. Kuch shuningdek, bozorda raqobatchilikni kuchaytirish tajribasiga ega bo’lgan boshqa bir kompaniya bilan qo’shilishi yoki sherikchilik qilish yo’li bilan xam yaratilishi mumkin.
Zaiflik - bu kompaniya faoliyati uchun zarur bo’lgan nimaningdir yetishmasligi, kompaniya qila olmaydigan qandaydir ish yoki kompaniyani noqulay vaziyatga solib qo’yadigan sharoit. Kompaniyaning kuchli va zaif jixatlari aniqlangach, xar ikkala ro’yxat o’rganilishi va baholanishi lozim28. Buning uchun SWOT tizimi qo’llaniladi (tahlil, xarajatlar tahlili, imkoniyatlar va boshqalar tahlili). Bunda kuch va zaiflik balansi to’ziladi. Kompaniyaning eng muxim yutugi - bu raqiblariga nisbatan
kompaniya yaxshi bajara oladigan ishdir.

  1. Strategik boshqaruvda uzoq va qisqa muddatli maqsadlar

Maqsadlarni qo’yish - biznes missiyasining maxsus maqsadlar qatoriga aylanish jarayonidir. Ayni paytda tashkilotning xar bir bo’linmasini kerakli tomonga yo’naltirish jarayoni ham ana shunday boshlanadi. Maqsadlar menejer muvaffaqiyatga erishish uchun muxim deb xisoblagan xar bir muxim natija uchun zarurdir. Maxsus muhim natijalar odatda tarmoqning miqyosi va darajasini, ishning rivojlanishi, investitsiyalarning qaytarilishini, dividendlarning o’sishini, bozorning o’lchamlarini,
sifatli mahsulotning yoki texnologik peshqadamlikning obro’sini,
beqaror iqtisodiyotda ishlay olish qobiliyatini, diversifikatsiya darajasini, moliyaviy qudratni, istemolchilarga xizmat ko’rsatishni, qiymat bo’yicha raqobatlasha olish qobiliyatini o’z ichiga olishi mumkin. Mashxur kompaniyalarning maqsadlariga misol keltiramizn:
Federal Express: Dunyodagi eng katta va eng yaxshi transport kompaniyasi bo’lish
Alcan Aluminum: Eng arzon alyuminiy ishlab chiqaruvchi korxona bo’lish.
General Electric: Dunyodagi eng qudratli raqobatchi bo’lish, kompaniya biznesining har bir sohasida bozordagi ulush bo’yicha birinchi yoki ikkinchi o’rinni egallash.
Black and Decker: yangi mahsulotlar chiqarishni va biznesni globallashtrishni davom ettirish


  1. Download 133.1 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling