O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
“Psixologik maslahat va kouching" fanidan
“Psixologik maslahatni tashkil etishda artterapiyaning o‘rni” mavzusidagi
KURS ISHI
Bajardi: PP 302- guruh talabasi Sh.J. Bahramova
Rahbar: Psixologiya kafedrasi o`qituvchisi E. A. Asrorxonova
Toshkent - 2023
MUNDARIJA
KIRISH ................................................................................................................... 3
I BOB. PSIXOLOGIK MASLAHAT ………………………………………….. 5
1.1 Psixologik maslahatninng maqsad va vazifalari ……………………………… 5
1.2 Psixologik maslahatni tashkil etish va artterapiyaning o‘rni va ahamyati ….. 12
II BOB. PSIXOLOGIK MASLAHAT TEXNIKASI VA UNDAN FOYDALANISH USULLARI …………………………………………………. 25
2.1 Psixik taraqqiyotini tuzatishda artterapiyadan foydalanish metodi ................. 25
2.2 Psixologik maslahatlarini tashkil etish jarayonida o‘yin orqali davolash metodi …………………………………………………………………………………… 36
Xulosa…………………………………………………………………………… 45
Foydalanilgan adabiyotlar rо‘yhati…………………………………………… 46
Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Psixologik maslahat — bu psixolog kasbiy mutaxassislik faoliyatida nisbatan yangi soha hisoblanib, mamlakatimiz fan taraqqiyotida psixologiyaga oid ilmiy îadqiqot ishlari psixologiya fanini o‘qitish, psixologik korreksiya va psixodiagnostika kabi an’anaviy amaliy ish shakllari bilan bir qatorda mustaqil faoliyat sohasi sifatida yaqinda ajralib chiqdi. So‘zsiz bu faoliyat mutaxassisdan m axsusjuda chuqur bilim hamda kasbiy tayyorgarlikni talab etadi. Bu tayyorgarlikni oddiygina tashkil etish, yuqorida sanab o‘tilgan bilim sohalari va malakalar bilan almashtirish mumkin emas, biroq psixologmaslahatchi uchun mazkur bilimlarning barchasi ham juda zarur.
Psixologik maslahatlarsohasidagi bilimlar faqat amaliy psixolog bo‘lishni xohlovchilar uchun emas, balki ijtimoiy xizmat xodimlari va defektologlar (maxsus psixologiya sohasidagi mutaxassislar) uchun ham majburiy hisoblanadi. Hozirgi kunda mutaxassislarni tayyorlashda barcha oliy o‘quv yurti dasturlariga psixologik maslahat fani kiritilgan va yaqin kelajakda amaliyot bilan shug‘ullanuvchi psixologlar soni bo‘yicha respublikamiz dunyoning rivojlangan mamlakatlariga tenglashib oladilar, deb hisoblashga barcha asoslar mavjud. Bunday mutaxassislarni oliy o‘quv yurtlarida aynan psixolog-rnaslahatchi sifatida tayyorlash boshlandi.
Ushbu kurs ishimda psixologik maslahat nima ekanligi, u qanday tashkil etilishi va olib borilishi, psixologik maslahat tashkil etishda artterapiyaning o‘rni to‘g‘risida asosiy, keng qamrovli va tushunarli bayon etilgan ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |