Maruza "hayvonlarning tuzilishi va hayot kechirishi" (2-soat)


Download 418.2 Kb.
bet1/13
Sana09.04.2023
Hajmi418.2 Kb.
#1344557
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
1MARUZA

  1. MARUZA "HAYVONLARNING TUZILISHI VA HAYOT KECHIRISHI" (2-SOAT)



Ma’ruza rejasi:

      1. Zoologiya fanlari ssistemasi, obe’kti va o’rganish metodlari.

      2. Zoologiyaning rivojlanish tarixi.

      3. Hayvonlar organizmining tuzilishi xususiyatlari.

      4. Hayvonlarning hayotiy xususiyatlari.

      5. Hayvonlarning kopayishi va rivojlanishi xususiyatlari.

6.Hayvonot dunyosini muhofaza qilish.


Tayanch iboralar: hujayra, to’qima, organ, organlar sistemasi, avtotrof, geterotrof, jinsiz va jinsiy ko’payish, binar namenklatura, zoologik taksonlar.


Zoologiya fanlari sistemasi. Zoologiya (grekchadan zoon – hayvon, logos – ta’limot, fan) hayvonlarning tuzilishi, hayot kechirishi, tarqalishi va yashash muhiti bilan munosabatlari, ularning xususiy hamda tarixiy taraqqiyotini o’rganadi. Zoologiya kompleks fan bo’ lib, bir qancha fanlarni o’z ichiga oladi. Sistematika turlarning xilma-xilligi, o’zaro o’xshashligi yoki bir-biridan farqiga asoslanib turli sistematik guruhlar o’rtasidagi iyerarxik (tobe’lik) munosabatlarini o’rganadi. Morfologiya hayvonlarning tashqi tuzilishi, anatomiya esa ichki tuzilishi, solishtirma va evolyutsion morfologiya turli sistematik guruhlarga mansub hayvonlarning tuzilishi va tarixiy rivojlanishini tekshiradi. Embriologiya hayvonlarning embrional rivojlanishi (ontogenezi), filogenetika hayvonot dunyosi evolyutsiyasini, hayvonlar ekologiyasi ularning tashqi muhit bilan va o’zaro munosabatlarini, etologiya hayvonlarning turq-atvorini solishtirib o’rganadi. Zoogeografiya zoologiya va fizik geografiya fanlarining bir tarmog’i bo’lib, hayvonlarning tarqalishi bilan bog’liq bo’lgan omillarni tekshiradi. Qadimgi geologik davrda yashab, hozir qirilib ketgan hayvonlar paleozoologiya, organizm funktsiyasi fiziologiya fanlari tadqiqot ob′ekti hisoblanadi.

Download 418.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling