Mavzu: sabzavotlardan taomlar tayyorlash mundarija: Kirish i-bob. Sabzavotlardan taomlar tayyorlash


Download 0.55 Mb.
bet1/10
Sana24.12.2022
Hajmi0.55 Mb.
#1063357
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
SABZAVOTLARDAN TAOMLAR TAYYORLASH


Mavzu: SABZAVOTLARDAN TAOMLAR TAYYORLASH
MUNDARIJA:
Kirish…………………………………………………………………………….2
I-BOB. SABZAVOTLARDAN TAOMLAR TAYYORLASH………………4
1.1.Xushho’r suyuq taomlar tayyorlash uchun zarur hom ashyo maxsulotlari tanlash va ishlov berish…………………………………………………………4.
1.2.Amaliy mashg’ulotda: Milliy taomlardan “Mastava” uchun ketadigan sabzavotlar……………………………………………………………………….20
II BOB. O'ZBEK TAOMLARINI TAYYORLASHDA ISTE'MOL QILINADIGAN MASALLIQLAR………………………………………………25
2.1. Pishirilgan sabzavotlardan tayyorlangan taom va garnirlar
2.2. Suyuq taomlar tayyorlash jarayoniga ko'ra turlari……………………….28
Xulosa…………………………………………………………………………….33.
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………35
Kirish
Suyuq taomlar pazandachiligi inson faoliyatining san'at darajasiga ko'tarilgan eng qadimiy sohalaridan biridir. Bu san'at davr o'tishi bilan takomillashib, iste'molchilar talabiga tobora ko'proq moslashib bormoqda. Pazandalar tayyorlagan yuqori sifatli taomlar xo'randalar ish qobiliyati, sog'lig'i va boshqa jismoniy salohiyatiga samarali ta'sir ko'rsatadi. Taomlar xonaki usulda yoki umumiy ovqatlanish korxonalarida tayyorlanib, tayyorlash va tarqatish usullariga ko'ra sovuq, issiq, suyuq, quyuq yoki umumiy, milliy va hokazo turlarga bo'linadi.
Suyuq taomlari boshqa millat taomlaridan o'ziga xos an'anaviy xususiyatlari bilan farqlanadi. Tabiatimizning saxiyligi, xilma-xil oziq-ovqat mahsulotlariga boyligi va uzoq zamonlardan davom etib kelayotgan O'zbek pazandachiligi xalqimizning ulkan xazinasi va milliy faxridir. O'zbek milliy pazandachiligi, ayniqsa, masalliqqa o'ziga xos ishlov berilishi, taom tayyorlashda o'ziga xos asbob-anjomlar, qurilmalar va boshqa jihozlar ishlatilishi, taomlarni tarqatishda o'ziga xos idish-tovoqlardan foydalanilishi bilan ajralib turadi.
Suyuq taomlarini tayyorlashdan awal ayrim masalliqlarga maxsus ishlov berilib, ularning xushxo'rligi oshiriladi. Bunday usullardan biri go'shtni tilimlab, unga tuz va ziravor bilan ishlov berishdir.
Suyuq taomlarini tayyorlashda xalq ko'p iste'mol qiladigan go'sht, un, sut-qatiq, loviya,no'xat,shuningdek,meva,poliz,ko'kat mahsulotlari va hokazolardan foydalaniladi. Bu masalliqlar taom turlariga qarab o'ziga xos ishlovdan o'tadi. Xonaki usulda taom tayyorlashda qozon va o'choqdan, issiqlik manbayi sifatida esa o'tin, ko'mir, tabiiy gaz va boshqalardan ayrim taomlarni tayyorlashda esa maxsus tandirlardan ham foydalaniladi.
Hozirgi O'zbek pazandachiligi tabiiy,tarixiy va ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar ta'siri ostida shakllangan. Xalqlarning o'zaro madaniy aloqalari orqali O'zbek taomlarini tayyorlashda kam iste'mol qilinadigan masalliqlarni ishlatish imkoniyati yaratilib, milliy taomlar turi kengayib bormoqda.еп5
Sho’rvalar kishi tanasini oziqa moddalari va malum darajada suyuqlik bilan ham ta'minlaydi. Oziq moddalarining ko'p miqdori suyuq oshlarning quyuq qismida bo'lib, ularning miqdori ishlatiladigan masalliq turiga bog'liq bo'ladi.Taomlarning quyuq qismidagi oziqaviy moddalarning ma'lum miqdori issiq ishlov berish natijasida suyuq holatga o'tadi. Shu sababdan taomning suyuq qismida ham 10-30% gacha oziq moddalari bo'lishi mumkin. Suyuq oshlarning quyuq masalliqlariga go'sht, sabzavot, yorma un, un mahsulotlari, dukkaklilar va hokazolar kirsa, suyuq masalliqlariga suv, sut, qatiq, har xil sho'rvalar kiradi. Bundan tashqari, taomlarni tayyorlashda ishlatiladigan yog'lar ham o'ziga xos ahamiyatga egadir.O'zbek milliy suyuq oshlarini tayyorlashda o'simlik yog'lari bilan birga hayvon yog'lari ham ishlatiladi.Hayvon yog'laridan qo'y suyak yog'lari ishlatilishi mumkin.


Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling